Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Download 1.43 Mb.
bet82/205
Sana09.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1759310
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   205
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org (1)

G‘arb falsafasiga nisbatan bo‘lgan munosabat mohiyat jihatdan o‘zgarishga duchor bo‘ldi. Agar ilgarilari yevropa falsafasi hind «ruhiga» qarama-qarshi turgan «utilitar pragmatik» sifatida kamsitilgan bo‘lsa, endilikda G‘arbning falsafiy maktablariga yo‘naltirilgan asarlar paydo bo‘la boshladi. Biroq g‘arb «namunasi» tarafdorlari hozirgi zamon Hindiston falsafasining xususiyatlarini ifodalamaydilar. Radxakrishnaning qayd etishicha: «Hind falsafiy doiralarida an'anaviy ta'limotlarga g‘arb tafakkuri ta'sirida kelib chiqqan g‘alayonlar davom etmoqda… Ba'zi faylasuflar hind an'analarini rad etib, G‘arb g‘oyalarini qabul qildilar, ammo … bu faylasuflar na hind falsafasiga, na G‘arb falsafasiga qandaydimr chuqurroq ta'sir o‘tkaza olmadilar»227.
Hind falsafasida aqliy yo‘nalish va insonparvarlik tamoyillari kuchayadi. Ratsionalizmning mustahkakmlanishi 50-nchi yillarning oxiri 60-nchi yillarning boshida sezilarli darajada bo‘ldi. Insonparvarlik tamoyillarining kuchayishiga kelsak, buni B.K.Lal quyidagicha ifodalagan edi: «Hindistonning barcha hozirgi zamon mutafakkirlari «ma'lum ma'noda insonparvardirlar», ularga xos bo‘lgan «bizning kunlardagi insonparvarlik muayyan ma'no kasb etgan – bu ilmiy insonparvarlikdir»228.


Sarvepalli Radxakrishnaning «abadiy din» sistemasi. XX asr Hindiston falsafasining yetakchi faylasuflaridan biri bo‘lgan S.Radxakrishnan (1888-1975) fikricha, Hindiston uchun yangi falsafa kerak edi. U zamon bilan hamnafas bo‘lmog‘i zarur edi.
Yangicha yondashishning belgilovchi qoidasi falsafa bilan dinning, mistitsizm bilan fanning birligi haqidagi qarash edi. Hozirgi zamon yangi falsafasining va fanning bir-biriga muvofiqligi «dinni fan ruhi bilan bir qatorga qo‘yish» ma'nosini angtalar edi.
Radxakrishnan sistemasining markazida – «universal din» qoidasi yotar edi. Faylasufning qayd etishicha, insoniyat jamiyati ham xuddi insoniy mavjudotlarga o‘xshab, e'tiqod bilan yashaydi va u o‘lsa, u ham barham topadi. Shunday savol tug‘iladi: hozirgi zamon dinlaridan qaysi biri «insonning yengib bo‘lmas ehtiyojini» qondirishga da'vo qilishi mumkin? Radxakrishnan fikricha, ularning barchasi taassub va o‘zgarmas aqidalar bilan sug‘orilgan bo‘lib, xurofotni targ‘ib qiladi va dushmanlik to‘siqlari bilan bir-birlaridan ajralgandirlar. Bunday sharoitda xudosizlik (ateizm) aqidasining o‘sishi tabiiydir.
Din vazifasini Radxakrishnan inson shaxsini ulug‘lashda, uning ichki uyg‘unligini qayd etishda, uning his-tuyg‘usini qadr-qimmatiga yetishda ko‘radi. Ayni holda hozirgi zamon diniy aqidalari ichki qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi, ilohiylikni yerdagi hayotga, ruhni badanga qarshi qo‘yib inson hayotini ikkiga bo‘ladi va bu bilan insonparvarlikka nizo soladi. «Universal din» qotib qolgan diniy aqidalarga nisbatan alternativ sifatida xizmat qilishi lozim. «Abadiy din» ning insonparvarligi markaziy o‘ringa inson muammosini qo‘yadi. Radxakrishnan inson tabiati ko‘p qirra ekanligini tan oladi. Mutafakkir fikricha, «har bir odamda qandaydir ilohiylik bor», inson «uning qadriyatlarini tan olish bilan birga – yer yuzidagi ilohiylikning eng muayyan ravishda gavdalanishidir»229.
Radxakrishnan axloq muammosiga muhim ahamiyat beradi. Uning mohiyatini shunday ifodalash mumkin: diniy aqida va insonning hatti-harakati hamisha «hamrohlikda boradi». Bu shunday ma'noni anglatadiki, «universal din»ga «universal axloq» muvofiq kelishi lozim. Uning shakllanishiga jamiyatni turli tabaqalarga, kastalarga bo‘linganligi, milliy va diniy to‘siqlar halaqit beradi. Faqat mehr va muhabbat va zo‘rlik ishlatmaslikni ifodalovchi «ma'naviy zaxira» gina «yangi tur» dagi kishini shakllanishini ta'minlashi mumkin.
«Universal din» ga «universal falsafa» muvofiq keladi. Faylasuf yozgan edi: «mening asosiy bosh vazifam barcha mamlakatlar va madaniyatlarda, Upanishda payg‘ambarlari va Budda, Aflotun va Plotinda topish mumkin bo‘lgan yagona abadiy va umumiy falsafa borligini isbot qilishdir»230. Ushbu falsafaning maqsadi shunga kelib yakunlanadiki, «biz mansub bo‘lgan dunyoni tushuntirish», «mavjudlik asosida yotgan haqiqat» ni topish, koinotni ilm-fanga o‘xshab qismlarini emas, balki butuncha tushunish, va nihoyat, «hayot yo‘ldoshi» bo‘lish va voqyeylikning namoyon bo‘lishining turli jihatlarini uyg‘unlikka keltirish» dir.
Birlamchi borliq sifatida faylasuf ilohiy ruh yoki Braxmanni tushunadiki, unga nisbatan atrofdagi voqyeylik hosila sifatida maydonga chiqadi. Dunyo faqat Mutlaqning ifodasi bo‘lib, Mutlaqning o‘zi yoki uning nusxasi emas. Radxakrishnanning bilish nazariyasida sub'ektning ob'ektga bo‘lgan munosabati haqidagi masala chetlab o‘tiladi. Insonning oliy bilish qobiliyati uch xil ko‘rinishdan tarkib topadi: hissiy qabul qilish, mantiqiy fikrlash va ruhiy intuitsiya. Faylasuf aqlni «ruhning asbobi» bo‘lib xizmat qilishligini nazarda tutib uning vazifasini chegaralab qo‘yadi. U bilish nazariyasining eng muhim tushunchasi sifatida intuitsiyani e'lon qiladi. Intuitsiyani ta'riflab, Radxakrishnan qayd etgan edi: «Zehn ob'ektning tashqi xususiyatlari haqida xabar yetkazgan, aql esa ob'ekti qarshisida undan umumiyroq hodisaning ayrim voqyeasi sifatida namoyon bo‘lsa, u aql qonunini tushuntirib yetadi, intuitsiya esa ob'ektning qanchalik chuqurligi, ahamiyati va xususiyati haqida tasavvur beradi»231.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling