Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Download 1.43 Mb.
bet84/205
Sana09.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1759310
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org (1)

Hinduviylik kommunalizmining mafkurasi. Mustamlakachilik sharoitida diniy shiorlar faqat ozodlik uchun kurashning shakli bo‘libgina qolmasdan, balki diniy nizolar zaminida hind xalqini ajratishning vositasi ham bo‘ldi. Bu omildan mustamlakachilar foydalandilar, va ularning yordamlari bilan Hinduviylik kommunalizmi partiyasi tuzila boshladi. Hinduviylik kommunalizmi – bu hinduviylik asoslari va qadimgi hindiston falsafasi majmuasi bo‘lib, shunday talqinga duchor bo‘ldiki, unda ko‘p hollarda ularga avvaldan xos bo‘lgan ma'no yo‘qolib qolar edi. Masalan, dxarma prinsipi ayrim olingan shaxsning hatti-harakati ma'nosida emas, balki barcha «hindlar» hayot faoliyati qonuni sifatida talqin qilinadi. «Dxarma qonuni» ga muvofiq, hind millatiga yagona Hindiston uchun kurash olib borish ta'kidlanadiki, bu mamlakat faqat hindlarga taalluqli bo‘lishi lozim. Hind xalqi boshiga tushgan barcha bad-baxtliklarni shu narsa bilan izohlash mumkinki, mamlakat barcha hind bo‘lmaganlarning dxarma dushmanlari saltanatiga aylangan. Ular bilan orani ochiq qilish yoki ularni hinduviylik diniga kiritish zarur. Hinduviylik barcha insoniyatga «najot» olib kelishi mumkin bo‘lgan Hindistonning «milliy dini» deb e'lon qilinadi.
Hind kommunalistlari o‘zlarini Hindistonning «ma'naviy qadriyatlari»ning merosxo‘rlari sifatida tasvirlar edilar. Ularga tayanib, ular «hind millati» ta'limotiga nazariy asos yaratmoqchi bo‘ldilar. Agar falsafa, deydi ular, borliqni «Xudoning namoyon bo‘lishi» sifatida tushunsa, bu bilan ana shunday ko‘rinishdagi ilohiylik «hind millati»dir, Xudoga xizmat qilishning barcha vositalaridan eng to‘g‘ri bo‘lgan faoliyat esa, shunday amaliyotdirki, u kuchli va uyushgan hind millatini barpo qilishga yo‘naltirilgandir. Hind kommunalizmi o‘zining vazifalaridan biri sifatida Hindistonning qadimgi o‘tmishini himoya qilishda («Vedalarga qaytish!») ko‘radi va shunday fikrda turadiki, hozirgi zamon fani va texnikasining barcha kashfiyotlari «vedalar» davrida ma'lum edi. U an'anaviy turmush tarzini saqlashni targ‘ib qilib, hozirgi zamonning fuqarolik huquqlariga qarshi chiqadi.


XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xitoy ijtimoiy-falsafiy va siyosiy tafakkuri. XIX yuzyillik oxirida Xitoy umumiy tanazzulni boshidan kechirdi. Mamlakatda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrning faol rivoji ko‘zga tashlanadiki, u asosan mavjud holatdan chiqish uchun yo‘l qidirishga qaratilgan edi. Hozirgi zamon Xitoy tafakkuriga o‘z hissasini qo‘shgan mutafakkir-olimlar va siyosiy arboblar orasida Kann Yuvey, Lyan Sichao, Yan Fu, Xu Shi, Li Dachjao, Sun Yatsen va boshqalarni nomlarini zikr qilish mumkin.

Kann Yuvey (1858-1927) asosan Konfutsiy ta'limotidan kelib chiqib Xitoyni islox qilish nazariyasini ishlab chiqdi – «Datun» («Buyuk Birlashuv»). Kann Evey fikricha, xususiy mulkchilik barcha balo va qazolarning sababidir. «Buyuk birlashuv» jamiyatining iqtisodiy asosi ijtimoiy xo‘jalik bo‘lishi lozim. Buyuk davlatni qurish uchun faqat iqtisodiy yutuqlargina muhim bo‘lmasdan, balki ma'naviyat va fuqarolarning ma'lumot darajasi ham muhimdir. U davlat imtihonlari tizimini isloh qilish tarafdori bo‘lib, yangi turdagi zamonaviy maktablar o‘rnatishga mo‘ljallangan o‘quv yurtlarini tashkil etish, gazeta va jurnallar nashrini yo‘lga qo‘yishni targ‘ib qildi. Konfutsiychilikda Xitoy madaniyati asosini ko‘rgan mutafakkir fikricha, konfutsiychilik falsafasini har qanday davrga va har qanday qo‘llasa bo‘ladi. U Xitoy parlamenti Konfutsiyning surati oldida tiz cho‘kish va sajda qilib duo uqishni bekor qilganligidan g‘azablandi. 1914 yilda u vaqtinchalik konstitutsiya loyihasini nashr ettirdiki, unda quyidagicha modda bor edi: «Konfutsiy ta'limotiga muvofiq keladigan axloqiy kamolot milliy maorifning asosini tashkil etadi»235.
Xitoyning zaifligi sababini Kann Evey shunda ko‘rdiki, mamlakat aholisi davlat va siyosiy hayotda ishtirok etmaydi. Shunga ko‘ra, Kann Evey fuqarolik maqomini kiritib, unda fuqarolarning huquq va burchlarini aniq ifodalanishni, viloyatlar, okruglar, hokimliklar, tumanlar va qishloqlarda saylanadigan vakillik majlislarini ta'sis etishni tavsiya qildi. Xitoy aholisining nihoyatda ko‘pligi, hududining esa kengligini hisobga olib, uni markazdan turib boshqarish foyda bermasligini ta'kidladi. Shuning uchun ruslarning zemstvosi yoki yaponlarning munsipalitetlariga o‘xshash mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishni joriy etish zarurligini qayd etdi. Iqtisodiy tanazzul, davlat qarzlari va bosqinchilikning haddan oshishidan kelib chiqib Kann Evey Xitoyda inqilob yuz berishini «o‘z-o‘zini o‘ldirish» deb bildi. Eng muvofiq deb u Angliya va Yaponiyadagi kabi saltanatni hisobladiki, uni faylasuf syuytszyun gunxe («nomigagina saltanat bo‘lgan respublika») deb atadi.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling