Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


Download 1.27 Mb.
bet79/82
Sana28.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1009647
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p

Tarif setkasi — bu, razryadlar shkalasidan iborat bo'lib, ularning har biriga o'z tarif koeffitsienti berilgan va har qanday razryadning tarif setkasida ishning murakkabligiga qarab birinchi razryadga nisbatan ishning necha marta murakkabligini ko'rsatib turadi.
Sabab - insonning nima uchun harakat qilishini ko‘rsatadigan, faoliyatga ichki undovchi narsa bo‘lib, u muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq.
Xizmatchilar - bu rahbar va mutaxassislarga boshqaruvga doir qarorlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishda axborot xizmati ko'rsatuvchi xodimlardir.
Shaxsiy omil - faoliyat ko'rsatadigan (harakatda amalga oshiriladigan) ishchi kuchi bo‘lib, o‘z sifat ko‘rsatkichlarining majmui bilan qarab chiqiladi.
Shaxsiy-insoniy omil - bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo'lmish ish kuchi va uning faoliyat qilishidir.
Shaxsning ehtiyoji - insonda harakatga intilishini vujudga keltiruvchi biron narsaning yo‘qligini anglashdir.
Ehtiyojlar — bu, shaxsning yashashi va o‘zini-o‘zi saqlashiga doir zarur vositalar va shart-sharoitlar yaratish to‘g’risidagi g’amxo‘rlik qilishi, yashash muhiti bilan barqaror muvozanatni saqlashga intilishdir.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)- bu bir yil davomida pirovard natijada yaratilgan va bozor narxida hisoblangan barcha mahsulot va hizmatlardir.
Qadriyatlar — bu, subyekt, jamiyat, sinf, ijtimoiy guruhning hayot va ishning asosiy va muhim maqsadlari to'g’risidagi, shuningdek, ana shu maqsadlarga erishishning asosiy vositalari haqidagi tasawurlaridir.
Qobiliyat - bu xodimda o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun kasb malakasi mavjudligi, yetarli darajadagi jismoniy kuch-quwat va chidamlilik, uquvlilik, umumiy madaniyat borligi va shu kabilar kiradi.
Qiziqish - shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon bo'lish shakli bo'lib, bu narsa ijobiy his-tuyg’u uyg’otishi mumkin.
147
ADABIYOTLAR RO‘YXATI

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling