Mehnatni normalash — bu, ilmiy asoslangan mehnat xarajatlarini va uning natijalarini: vaqt normalari, soni, xizmat ko'rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab
chiqarishning normalangan topshiriqlari normalarini aniqlashdir.
Mehnat unumdorligi — bu, xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichidir. U insonning vaqt birligida ma’lum miqdorda mahsulot va hizmatlami
yarata olishidir.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralari (rezcrvlari) — bu, texnika va texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni yaxshilash
146
hisobiga mehnat unumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada toiaroq
foydalanish imkoniyatidir.
Mehnatga munosabat — bu, murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uch element birligi:
mehnat muomalasi sabablari va yo'nalishlari; real yoki haqiqiy mehnat tnuomalasi; xodimlarning mehnat faoliyatiga og’zaki baho berishidan iboratdir.
Mebnatdan qoniqish hosil qilish — bu, xodimning mehnat mazmuniga, xarakteri va shart-sharoitlariga qo'yadigan talablarining muvozanatli holati, bu talablami amalga
oshirish imkoniyatlariga subyektiv baho berishdir.
Mehnatga moslashish (ko‘nikish) - bu, shaxs yangi mehnat vaziyatini o‘zlashtirishining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi.
Martaba — bu, insonning ish bilan bog’liq yillari mobaynida mehnat tajribasi va faoliyati taalluqli, alohida anglab yetilgan nuqtai nazari va xulq-atvoridir (egallagan lavozimlaridagi, ish o‘rinlaridagi izchillik, mehnat tashkilotidagi mavqeining ahvoli).
Mutahassislar - bu boshqaruvga doir qarorlar tayyorlash va ishlab chiqish funksiyasini bajaruvchi xodimlardir.
Onsillar— bu, mehnat unumdorligining o'zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablaridir.
Turmush darajasi — bu, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |