Ish haqining shakllari va tizimlari — bu, mehnatning miqdor natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart-sharoitlariga) bog’liq ravishda ish haqini belgilash mexanizmidir.
Ijtimoiy institut - bu, odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkiliy tuzilma tarzida tashkil etishning barqaror shakli yoki normativ jihatdan tartibga solinadigan qoidalar tizimidan iboratdir.
«Ishbilarmonlik qobiliyati» - bu tadbirkorlarning ishning ko‘zini bilishi, ishlab chiqarish, tijorat, bank ishi va boshqa faoliyatni samarali boshqara olishi, tavakkaliga, zarar ko‘rib, chuv tushib qolishdan qo‘rqmasdan xatarli faoliyat bilan shug’ullanishga
jazm qilishi, iqtisodiy hatarga borishidir.
Kadrlarni rejalashtirish - bu odamlarga zarur vaqtda kerakli miqdordagi ish o'rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta’minlab berish hisoblanadi.
Kadrlarni qayta tayyorlash - korxona xodimlari tomonidan yangi kasbni o‘zlashtirishdir.
145
Kadrlar malakasini oshirish - ularning bilim, ko‘nikma va mahoratini oshirish sifatida ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanib, bunday maxsus tashkiJlashtirilgan o‘qitish qisqa muddat ichida belgilangan maqsadga erishish imkoniyatini beradi.
Malakali kadrlar bozori - bu hususan, ijtimoiy mehnatda ish bilan band bo‘lgan va band bo'lmagan malakali kadrlarni talab va taklifga asosan mehnat muassasalari ishtiroki va nazorati ostida muntazam ravishda taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan tizimdir.
Mehnat — bu insonning biron-bir maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyatidir.
Mehnat mazmuni — bu ishlarning kasbiy mansubligi, ularning tarkibiy murakkabligi, bajarishdagi izchilligi bilan belgilanadigan mehnat elementlari bo‘lib, xodimning mehnat predmetlari va vositalari bilan o‘zaro munosabatga kirishuvidir.
Mehnat reduksiyasi — bu murakkab mehnatni oddiy mehnatga aylantirish demakdir.
Mehnat faoliyati - bu insonning biror mehnat turi bilan band bo'lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |