Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


KK=K:0‘t Aholining jo‘nab ketish jadalligi koeffitsienti: KJ=J :ОЧ


Download 1.27 Mb.
bet24/82
Sana28.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1009647
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Bog'liq
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p

KK=K:0‘t
Aholining jo‘nab ketish jadalligi koeffitsienti:
KJ=J :ОЧ
Migratsiya qoldig’i yoki aholining migratsion o'sishi koeffitsienti:

KMK = KK - KJ


Qaysi koeffitsient — kelish koeffitsienti yoki jo‘nab ketish koeffitsienti kattaligiga qarab migratsion o'sish koeffitsienti aniqlanadi. Musbat belgi mazkur
hududga aholining kelishini, manfiy belgi jo‘nab ketganligini bildiradi.
Migratsiya vazifalari. Ma’lumld, har qanday hodisaning mazmuni uning vazifalarida aks ettiriladi. Bunday vazifalami tahlil qilish mazkur hodisa yoki jarayonning zarurligi e’tirof qilinganligini anglatadi, uning obyektiv xususiyatini aks ettiradi. Masalan, dehqonlar kun kechirish uchun shaharlarga borib, pul ishlab kelishining ortishi mazkur hodisaning vazifalari va uning ijobiy ekanligi masalasini qo‘yadi.
Real voqelikda ishchi kuchining migratsiyasi xilma-xil vazifalami bajaradi. Ulardan eng muhimi - ijtimoiy vazifasidir. Faoliyat shakllaridan biri bo'lgan migratsiya inson shaxsining noyobligi — uning fe’l-atvori, ehtiyojlari, xulq53
odobi sabablari va maqsadlarini aks ettiradi.
Migratsiya ijtimoiy vazifasining butun xilma-xilligini quyidagicha aks ettirish mumkin: migrantning yashash joyini o'zgartirishi tufayli o'z ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirishga intilishi namoyon bo'ladi. Bilim olishda, kadrlar kasb tayyorgarligining o'sishida, daromadlaming ortishida, turmush sharoitlarining yaxshilanishida migratsiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta. (26)
Migratsiyaning ijtimoiy vazifasiga yetarli baho bermaslik, ayniqsa, uni inkor qilish katta chiqimlarga — ishchi kuchining migratsion aylanishi va qo‘nimsizligiga, uy-joy muammosining keskinlashuviga, tibbiyot xizmati ko‘rsatishning yomonlashuviga, bolalarning maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablarning yetishmasligiga, pirovard natijada, ijtimoiy keskinlikning ortishiga sabab bo'ladi. Bu mahalliy aholi bilan migrantlar o'rtasida ziddiyatlar kelib chiqishida namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchining migratsiyasi ish bilan bandlik va ishsizlik darajasi bilan bog’liqdir. Mehnat bozorida nisbatan muvozanat mavjud boiib turgan sharoitda ham har doim ish bilan band bo'lmaganlaming birmuncha miqdori ko‘zga tashlanadiki, ular bir joydan ikkinchi joyga kelgan bo‘ladilar. Kamdan-kam holatlarda migrantlaming soni va tarkibi bilan bo'sh ish o'rinlarining miqdor va
sifat jihatlari bir-biriga mos kelishi ko'zga tashlanadi. Ish joyida ishlash jarayoni hamisha muayyan vaqtni talab qiladi. Bu esa friktsion ishsizlikning asosi hisoblanadi.
Ishchi kuchi migratsiyasi tarkibiy ishsizlik bilan ham bog’liq bo‘lib, uning asosi ish joyi va ishdan ajralib qolgan migrantlar oqimi o'rtasidagi nomuvofiqlikdir. Bunda mazkur migrantlar bir joyda ishdan ajralib, boshqa joyda hali ish topmagan boiadilar. Bunday nomuvofiqlikning oqibati migrantlar kelgan joylarda ularni tayyorlash va qayta tayyorlash miqyosining bir muncha ko'pligidir.
Migratsiya sabablari. Migratsiya sabablari deganda, ishchi kuchining bir joydan ikkinchi joyga o‘tishini vujudga keltirgan obyektiv va sub’ektiv shart- sharoitlarni, o‘zaro aloqalar va o‘zaro bog’liqlikni birga qo‘shib olib borish
tushuniladi.
Hozirgi vaqtda ishchi kuchi migratsiyasining sabab-oqibatlari o‘zaro bog’liqligini tushuntirib beradigan bir qator nazariyalar va konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ular yordamida mintaqalar o‘rtasidagi turli migratsion oqimiarining ko‘lami, yo'nalishlari, jadalligi bilan hududlaming ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mezonlari birgalikda makrodarajada muvofiqlashtiriladi. Bunday o‘zaro aloqalaming muhim jihati - ular fe’l-atvorining migrantlar tarkibiga (yoshiga, jinsiga, ma’lumot darajasiga va kasbiy tayyoigarligiga va hokazolaiga) bog’liqlikni aniqlashdir.
Ayrim shaxslar, oilalar yoki uy xo‘jaliklari turmush sharoitidagi u yoki bu ko'rsatkichlarning, migratsiya to'g’risida qaror qabul qilish nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan ko'rsatkichlarning o'zgarishiga migratsion javob mikrodarajada o'rganiladi. Bunday yondashuv migratsion xulq-atvor qonuniyatlarini tadqiq qilish uchun zarur. Umuman, ishlab chiqilgan nazariyalar va konsepsiyalar migratsiyani bashorat qilishda muhim bo'lgan modellar va farazlarga asos boiadi.
Migratsiya sabablarini birinchi marta nazariy jihatdan izohlash, odatda; ingliz geografi Ravensteyn nomi bilan bog’lanadi. U XIX asrning oxirlarida «migratsiya qonunlari» nazariyasini taklif qilgan edi. Ana shu qonunlarga muvofiq,

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling