Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


Download 1.27 Mb.
bet21/82
Sana28.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1009647
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p

Minson resurslarining yoshi va jinsi bo‘yicha tarkibi, sog’lig’i, mehnatgalayoqatli aholining qobiliyati va jismoniy rivojlanishi darajasi;

  • umumiy va maxsus taiim darajasi;

  • intizomlilik, javobgarlilik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik ishlab chiqarishda xo'jayinlik hissining rivojlanganlik darajalari.

    Hududlarda ishchi kuchining ortib yoki pasayib ketishi deyarli bir xilda.
    Tajribalar shuni ko'rsatadiki, ishchi kuchining yetishmasligi ishlab chiqarish salohiyatidan to‘liq foydalanmaslikka va mavjud ishlovchilaming haddan tashqari ko‘p mehnat qilishiga, ortib ketishi esa, inson resurslaridan to‘liq foydalanmaslikka olib keladi.
    Tabiiy - iqlim omillari inson resurslarining son va sifat ko'rsatkichlariga hududning qulay geografikjoylashuvchanligi, tabiiy va xom ashyo resurslarining mavjudligi, transport infratuzilmasining rivojlanish darajasi, nisbatan qulay iqlim sharoitlari orqali ta’sir qiladi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyotining o‘sishi, transport aloqalarining rivojlanishi inson resurslari miqdorini sezilarli darajada kamaytiryapti.
    Inson resurslari sonining o‘zgarishi tarixiy, tabiiy-iqlim va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga to‘g’ridan-to‘g’ri ta’sir qiladi.
    Hozirgi kunda inson resurslarining hududiy joylashishini o'rganishda ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy infratuzilmani rejalashtirish va boshqarish bilan birga aholi migratsiya jarayoni va uni takror ishlab chiqarish jarayonlariga ham e’tibor berish talab etiladi (25).

    4.2. Respublikada inson resurslarining mintaqaviy joylashish holati


    Taraqqiyot aholi soniga, uning mehnatga yaroqli qismi miqdoriga, inson resurslariga va hudud bo‘ylab qanday joylashganligiga bog’liq.
    Demografik jarayonlar, ya’ni aholi sonining ko'payishi, bu o‘sishning xususiyatlari va sur’ati, tug’ilish darajasining o‘zgarishi, oiim darajasi, nikohda bolish, avlodlar almashinuvi, uzoq yoki qisqa umr ko'rish, jismoniy balog’at va oila tarkibi kabilar butun jamiyat rivojlanishi bilan o‘zaro uzviy aloqadadir. Ular jamiyat rivojlanishiga tobe bo'lib, unga ta’sir o'tkazadi, u yoki bu davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar kechishini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham aholi sonining o'zgarishiga aloqador muammolar, uning hududiy joylashuvi va mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri turli fanlar vakillari — demograflar, iqtisodchilar, geograflar, faylasuflar, huquqshunoslar, tibbiyotchilar va boshqalar diqqatini doimo jalb etib keladi.
    0 ‘zbekiston Respublikasi qadimiy tarixga ega, u Markaziy Osiyoda yuksak dehqonchilik va shahar madaniyatining beshigi hisoblanadi. 0 ‘zbekiston durdonasi — Farg’ona vodiysi, Zarafshon va Qashqadaryo vohalari havzasi, shuningdek, Amudaryoning quyi oqimi qadim zamonlardan buyon mintaqaning aholi zich yashaydigan vohalaridir. Qishloqlar aholisi mintaqa uchun an’anaviy sanalgan paxtachilik, pillachilik, bog’dorchilik, uzum chilik, polizchilik,chorvachilik bilan, shahar aholisi esa xalq hunarmandchiligining har xil turlari bilan shug’ullangan.
    Bugungi O'zbekiston — Markaziy Osiyoning yirik industrial va qishloq xo'jaligi mintaqasidir (24).
    O'zbekiston Respublikasi aholisining umumiy soniga ko'ra, MDH tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o'rtasida uchinchi o'rinni egallaydi va faqat Rossiya bilan Ukrainadan keyin turadi. 2005 yilning boshida respublika aholisi soni 26 million nafarni tashkil etdi.
    Aholining yuqori sur’atlar bilan o'sishi O'zbekistonga xos xususiyatlardan biridir. Shu jihatdan olganda, u qo'shni Tojikiston bilan birgalikda barcha yaqin chet mamlakatlar o'rtasida yetakchi o'rinni egallaydi. Respublika aholisi yiliga taxminan 350- 400 ming nafarga ko'paymoqda.
    4.1-jadval O'zbekiston aholisi haqida ma’lumot
    (ming kishi)
    Viloyatlar 2000yil 2001 yil 2002yil 2003vil 2004vil 2005yil
    O'zbekiston Respublikasi 24654,5 24965,9 25271,3 25567,7 25857,1 26021,3
    Qoraqalpog’iston R. 1515,3 1533,3 1546,1 1556,0 1564,0 1569,9 Andijon 2204,0 2233,7 2265,2 2294,4 2327,1 2342,7
    Buhoro 1428,1 1446,2 1464,2 1482,0 1497,9 1507,5
    Jizzah 982,9 998,2 1012,0 1025,1 1036,5 1043,2
    Oashqadaryo 2189,8 2232,9 2274,2 2315,5 2357,3 2378,5
    Navoiy 787,4 792,9 797,6 802,0 807,4 810,1
    Namangan 1940,4 1969,4 1997,8 2028,1 2056,4 2073,2
    Samarqand 2690,1 2729,9 2769,2 2807,6 2845,7 2867,1
    Surhandaryo 1753,9 1787,0 1817,9 1849,3 1878,6 1894,8
    Sirdaryo 645,9 653,4 660,6 666,3 670,0 672,2
    Toshkent 2360,2 2380,4 2401,4 2421,0 2440,9 2452,2 Forg’ona 2680,4 2713,0 2747,3 2782,4 2819,1 2840,9
    Xorazm 1335,8 1358,3 1379,9 1400,6 1420,5 1432,7
    Toshkent shahri 2140,4 2137,2 2136,5 2139,1 2135,3 2135,6
    M anba: С оциальное развити е и уровень ж изни населен ия в У збекистане. Т. 2005. С. 38.
    O'zbekiston aholisi sonining ko'payishi bir qancha sabablar: tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va, ayniqsa, respublika uchun xos bo'lgan demograflk omillar ta’sirida yuz bermoqda. O'z navbatida bu omillar ham bir-biri bilan bevosita bog’langandir.
    Ko'p yillar davomida respublika aholisining soni bir me’yorda ko'payib bordi. Ammo bu holat bir qadar buzilgan davrlar ham kuzatildi. Statistika ma’lumotlarining tasdiqlashicha, butun tarix mobaynida respublika aholisi
    49
    ko‘payishining eng yuqori sur’atlari hozirgi bosqichga to'g’ri keladi: aholi sonining
    o‘itacha yillik ko‘payishi 3-3,5%ga yetmoqda. Keyingi o‘ttiz yil mobaynida 0 ‘zbekiston aholisi soni qariyb 12 million nafarga ko‘paydi, undan oldingi o‘ttiz yillik davr mobaynida esa 3,5 million nafarga ko‘paygan edi, xolos.
    Mamlakat aholisi o'sish sur’atlarining boshqa mintaqalarga nisbatan muttasil ildamroq borishi MDH tarkibiga kirgan davlatlar aholisining umumiy sonida 0 ‘zbekiston Respublikasining salmog’i muntazam oshib borayotganida yaqqol kuzatilmoqda. Chunonchi, agar 1926 yilda 0 ‘zbekistonda hozirgi MDH tarkibiga
    kirgan mamlakatlar aholisining uch foizdan sal ko'prog’i yashagan bo‘lsa, endilikda bu ko'rsatkich yetti foizdan ziyodroqni tashkil etmoqda.
    Respublika aholisi hududlar bo'yicha birday joylashgan emas, binobarin, aholining o‘rtacha zichligi jihatidan 0 ‘zbekiston MDHga kirgan qator mamlakatlardan va Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalaridan oldinda turadi.
    Tabiiy shart-sharoitlari o‘ziga xos xususiyatlarga — tog’, dasht, voha, vodiy iqlimiga ega bo'lgan 0 ‘zbekistonda aholining asosan vohalarda yashashi ko‘zga tashlanadi. Jumladan, Farg’ona vodiysining uch viloyati (Andijon, Namangan, Farg’ona) 0 ‘zbekiston hududining atigi 4 foizdan ortiqrog’ini egallagani holda u yerda aholining qariyb 28%i istiqomat qiladi.

    Download 1.27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling