Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


Inson resurslarining mehnat migratsiyasi


Download 1.27 Mb.
bet23/82
Sana28.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1009647
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p

4.3. Inson resurslarining mehnat migratsiyasi
Aholi, shu jumladan, ishchi kuchi migratsiyasi miqyosining kattaligi va jadalligi, shak-shubhasiz, hozirgi davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lib, ish bilan bandlik, mehnat bozori, ishsizlikning ahvoli va ta’lim tizimlarining rivojlanishini muhim darajada belgilab beradi. Shuning uchun ham ko'pgina mamlakatlarda aholi migratsiyasi sotsiologlar, iqtisodchilar, geograflar,
demograflar, tarixchilar, tibbiyot xodimlari va boshqalarning diqqatini o‘ziga tobora ko'proq jalb qiladi. Sotsiologlar nuqtai nazaridan, migratsiyaning vertikal va gorizontal safarbarlik bilan aloqasi tadqiq etiladi. Demograflar uchun boshqa
jihat - migratsiyaning aholini joylashtirish va uning takror ishlab chiqarilishi (tug’ilishi, o‘limi, nikohga kirishi va hokazolar)ga ta’siri muhimdir. Iqtisodiy fanlar, birinchi navbatda, «Mehnat iqtisodiyoti» asosiy e’tiborni aholi migratsiyasining mehnat bozorini shakllantirish bilan, ishlab chiqarishni kuchlarini joylashtirish, ishsizlik bilan kadrlar qo'nimsizligi bilan o'zaro bog’liq ekanligiga qaratadi.(21)
Ishchi kuchi migratsiyasini, odatda, mehnatga qobiliyatli aholining ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirishdagi o'zgarishlar bilan bog’liq holda, makoniy ko'chib yurish sifatida ta’riflaydilar. Aholining mazkur qismi ko'chib
yurishini talqin qilishda ikkita yondashuvdan foydalaniladi.
Birinchi yondashuv ancha keng va umumiy bo'lib, unda migratsiya aslida ishchi kuchining makonda harakat qilishiga mos keladi, ikkinchi yondashuv ancha tor va maxsus yondashuv bo'lib, bunda migratsiya harakat qilishning muayyan turlari bilan cheklanadi.
Ikkinchi yondashuv migrato (lotincha «ko‘chib yurish», «joyni o'zgartirish») so‘zining dastlabki ma’nosiga mos keladi. Shuning uchun ham ishchi kuchi migratsiyasini makonda ko‘chib yurishi shakllaridan biri sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
Ishchi kuchi migratsiyasini, butun aholi migratsiyasi kabi, makonda xilma- xil ko‘chib yurish turlaridan ajratishning umumiy qabul qilingan mezonlari mavjud. Ularga doimiy yashash joyini o‘zgartirish, hududning m a’muriy chegaralarini kesib o‘tish, migrantning yangi yashash joyida uzoq muddat yoki doimiy turishi (yoki uning ilgari yashagan joyida bo‘lmagan vaqti) kiradi.
Ana shu mezonlami hisobga olganda migratsiya yetarli darajada aniq o‘iganish obyekti hisoblanadi. Lekin sanab o‘tilgan mezonlarning shartli ekanligi, masalan, «Shaxsning doimiy yashab turgan joyi deganda nimani tushunish kerak - uning haqiqiy yoki yuridik yashash joyini tushunish kerakmi?», «Insonning yangi joyda yashash muddati uni migrant deb atash uchun qancha davom etishi kerak (bir oymi, bir yilmi, besh yilmi)?» degan savollarga bir xil
javob olish imkonini bermaydi.
Migratsiyaning turli darajasidagi hududlar (davlat, respublika, viloyat, shahar, qishloq tumani va hokazo) bilan yaqin aloqasi makon ko'rsatkichlarining xilma-xilligini bildiradi. Ular migratsiya oqimlarini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Migratsiya oqimi deganda muayyan vaqt mobaynida migrantlaming kelgan va ketgan tumanlari umumiy bo‘lgan jami soni tushuniladi. Odatda,
hududlar bir-birlari bilan parallel, boshqalariga qaraganda ustun boiadi. Mazkur mintaqani boshqa mintaqa bilan bog’lovchi migratsion oqimlami tahlil qilish
52
turli mintaqalaming tadqiq etilayotgan hududdagi mehnat bozorining miqdor
va sifat holatiga ta’sirini tahlil qilish imkonini beradi.
Ishchi kuchi migratsiyasining asosiy ko'rsatkichlari. Ishchi kuchi migratsiyasini tahlil qilish uchun bevosita va bilvosita usullar tatbiq etiladi. Shu bilan birga umumiy va maxsus ko‘rsatkichlar tizimi ham qo'llanadi. Ulardan umuman, aholi migratsiyasini tahlil qilishda foydalaniladi. Barcha koeffitsientlar 1000 nafar hisobida, ya’ni promille (%0) bo'yicha hisoblab chiqiladi.
Nisbiy ko‘rsatkichlarni umuman, mamlakat uchun, ayrim hududlar uchun tashqi va ichki migratsiyani tahlil qilish maqsadida hisoblab chiqish mumkin. Bunday ko‘rsatkichlar orasida, masalan, o‘rtacha yillik aholidan 1000 kishi hisobiga u yoki bu mintaqaga kelganlar soni yoki kelish koeffitsienti va 1000 kishi hisobiga mazkur mintaqadan ketganlar soni yoki ketish koeffitsienti o'rtasidagi farq migratsiya qoldig’i koeffitsienti yoki boshqacha aytganda, sof migratsiya koeffitsienti, deb ataladi.
Ketish koeffitsienti mazkur hudud aholisining migratsiya faolligi, kelish koeffitsienti esa hududning migrantlar uchun jozibador ekanligini tasvirlab beradi. Migratsiya qoldig’ining hajmi (mutlaq yoki nisbiy, ijobiy yoki salbiy) migratsiyaning ishchi kuchi bozorini shakllantirishga bevosita ta’sirini tavsiflaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, qoldiq unchalik katta boimaganda migratsiyaning ta’siri birmuncha ko'proq bo'lishi mumkin. Bunga mazkur mintaqaga kelganlar va ketganlar tarkibidagi farq (tafovut) ta’sir qiladi.
Biror davrdagi, aytaylik, yil boshi va oxiridagi aholining o'rtacha sonini hisoblab chiqMiga m о 'IpUangan aholining о 'rtacha yiffik sonini ОЧbilan, mehnatga qobiliyatli yoshdagi kelganlarning sonini К bilan, jo‘nab ketganlami tegishli ravishda J, migratsion o‘sishni MK bilan belgilaymiz. Umumiy koeffitsientlar quyidagicha aniqlanadi:
Aholining kelish jadalligi koeffitsienti mazkur yilda bunday bo‘ladi:

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling