Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi referat


Download 272.43 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi272.43 Kb.
#1574202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
AYIQTOVONDOSHLAR

Magoniya - Magonia turkumining ikkita madaniy turi bor oddiy magoniya (M. aquifolium) va yapon magoniyasi (M. japonica). Bular murakkab toq patsimon bargli introduksiyalashtirilgan manzarali butalar. Asosan ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Ikkala tur murakkab barglaridagi bargchalar soni, barglarining kattaligi va chetidagi tishchalarining soniga ko’ra o’zaro farq qiladi.
Zirkdoshlar oilasining barcha turlari xo’jalik jihatdan ancha foydali hisoblanadi. Mevalari nordon, rezavor meva, yeyiladi, murabbo tayyorlanadi, quritilgan mevalari palovning ayrim xillarini tayyorlashda zira bilan birga ishlatiladi. Barcha turlarining guli asalshiraga boy, po’stlog’idan sariq bo’yoq olinadi.
Sallagulnomalar – Paeoniales qabilasi

Sallaguldoshlar - Paeoniaceae oilasi


Bu oila bitta turkumdan iborat. Unga Yevrosiyo va Shimoliy
Amerikada tarqalgan 35-40 tur kiradi. O’zbekistonda oilaning Sallagul - Paeonia hybrida deb ataluvchi turi O’zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilan. Sallagul ildizidan tayyorlangan qaynatma tabobatda tinchlantiruvchi dori o’rnida ishlatiladi (29-rasm).

Ko’knornamolar qabilasi – Papaverales


Bu qabilaning vakillari asosan bir yillik va ko’p yillik o’tlar, ba’zan buta, yarim buta yoki past bo’yli daraxtlardan tashkil topgan. Barglari yonbargsiz, novdada aksariyat navbatlashib, ba’zi hollardagina qaramaqarshi yoki halqa hosil qilib o’rnashgan. Yog’ochli naylari oddiy perforatsiyali. Gullari bittadan yoki bir nechtadan to’pgullarda o’rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf yoki zigomorf, gulqo’rg’oni murakkab, qismlari 2-4 tadan. Gultojbarglari 6 (8-12) ta, changchilari ko’p. Ginetsiy parakarp, 2 (3-20) mevabargdan tashkil topgan, tugunchasi ustki. Mevasi-ko’sak, ko’proq qo’zoqsimon ko’sak.

29-rasm. Paeonia hydrida. 3-mevasi, 4-gul diagrammasi, 5-gulli novdasi, 6urug’i.
Belgilariga ko’ra ko’knornamolar, ayiqtovonnamolarga va o’rmonqoranamolarga ancha yaqin turadi. Qabila hozirgi sistemalarga ko’ra uchta: Ko’knordoshlar (Papaveraceae), Hipekoumdoshlar (Hypecoaccae), Shotaradoshlar (Fumariaccae) oilalariga bo’linadi.

Download 272.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling