Aylanish figuralari
Download 449.5 Kb.
|
Aylanish figuralari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesik
- Shar segmenti
- Shar sektori
Sfera va uning bo’laklarining sirti. Masalalar yechish. Reja: Sfera, shar segmenti haqida tushuncha Masalalar yechish. Aylanish figuralariga oid misol va masalalarni yechish uchun asosiy aylanish figuralari va ularning xossalarini yodda tutish lozim: 1. Silindr (to`g`ri doiraviy silindr) deb to`g`ri to`rtburchakning ixtiyoriy tomonini o`q sifatida olib, uning atrofida aylanishdan hosil qilingan figuraga aytiladi. Aylanish o`qiga qo`shni tomonlar hosil qilgan doiralar silindrning asoslari deyiladi. Aylanish o`qiga qo`shni bo`lmagan tomon hosil qilgan sirt silindrning yon sirti deyiladi. silindrning balandligi deb asoslarining umumiy perpendikulyariga aytiladi, qachonki uning oxirlari silindr asoslarining markazlarida yotadi. Silindrning hajmi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: V = πR2H, Silindrning yon sirti va to`la sirti ushbu formulalar yordamida hisoblanadi: Syon = 2 πRH, St. sirt = 2 πRH +2πR2, bu yerda R - asosining radiusi; N – silindrning balandligi. 2. Konus ( to`g`ri doiraviy konus) deb, to`g`ri burchakli uchburchakni biror katetini o`q sifatida olib uning atrofida aylantirishdan hosil qilingan figuraga aytiladi. Bunda to`g`ri burchakli uchburchak gipotenuzasi hosil qilgan sirt konusning yon sirti, ikkinchi katet hosil qilgan doira konusning asosi, katet konusning o`qi, gipotenuza konusning yasovchisi deyiladi. Konusining hajmi ushbu formula yordamida hisoblanadi: V = πR2H, Konusning yon sirti ushbu formula buyicha hisoblanadi: bu yerda R - asosining radiusi; Н – balandligii; L - konusning yasovchisi. 3. Kesik konus deb konusning asosi va unga parallel tekislik bilan hosil qilingan kesimi orasidagi qismiga aytiladi. Kesik konusni teng yonli trapetsiyani simmetriya o`qi atrofida aylantirishdan hosil qilingan figura sifatida qarash mumkin. Trapetsiyani yon tomoni kesik konusning yasovchisi; trapetsiyani asoslari hosil qilgan doiralar kesik konusning asoslari deyiladi. Kesik konusning hajmi quyidagi formula bilan hisoblanadi: V = πH (R12 + R1R2 + R22), bu yerda Н – balandligi; R1 va R2 – katta va kichik asoslari radiuslari. Kesik konusning yon sirti quyidagi formula bilan hisoblanadi: Syon = π( R1 + R2) L, bu yerda L – kesik konusning yasovchisi. 4. Shar deb belgilangan O nuqtadan berilgan masofadan uzoqda bo`lmagan fazoning nuqtalari to`plamiga aytiladi. Sharni yarim doiraning diametri atrofida aylantirishdan hosil qilingan figura deb qarash mumkin. Sfera deb berilgan O nuqtadan R masofadagi fazoning barcha nuqtalari to`plamiga aytiladi. Berilgan O nuqta sferani markazi deyiladi. Sferani yarim aylanani diametri atrofida aylantirishdan hosil qilingan figura deb qarash mumkin. Radiusi R ga teng bo`lgan shar hajmi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: V = πR3. R radiusli sferaning yuzi (shar sirti) ushbu formula bo`yicha hisoblanadi: S = 4πR2 Shar segmenti deb sharning tekislik bilan kesimida hosil qilingan qismiga aytiladi. Shar segmenti hajmi ushbu formula bo`yicha hisoblanadi: V = πh2 (R – h), bu yerda R- shar radiusi; h – segmentni balandligi. SHar segmenti sirtining yuzi ushbu formula bo`yicha hisoblanadi: S = 2πRh Shar kamari deb uni kesib o`tuvchi ikkita parallel tekisliklari orasidagi qismiga aytiladi. Shar kamarining hajmi quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi: V = πh (h2 + 3R12 + 3R22), bu yerda R1, R2 - shar sirtining yuzi ushbu formula yordamida hisoblanadi: S = 2π Rh, bu yerda R- shar radiusi; h- shar kamari balandligi.Shar sektori deb shar segmenti va uni hosil qiluvchi konusdan iborat figuraga aytiladi. Agar shar segmenti yarimidan kichik bo`lsa, u uchi shar markazida asosi segment bo`lgan konus bilan to`ldiriladi. Agar segment yarimidan katta bo`lsa, u holda aytib o`tilgan konus undan olib tashalanadi. Shar sektori hajmi quyidagi formula bilan hisoblanadi: V = π R2h, bu yerda R - shar radiusi; h- segment balandligi; r- segment asosi radiusi. 1 - masala. Konusning yasovchisi asos tekisligi bilan 600 li burchak tashkil qiladi. Konus yon sirtini uning asosi yuziga nisbatini toping. Download 449.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling