Aylanma fond va aylanma mablag'lar tartibi va tuzilishi
Aylanma mablag`larni o`zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko`rsatkichlari
Download 82.5 Kb.
|
Aylanma fond va aylanma mablag\'lar tartibi va tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi ko`rsatkichlari
- Aylanma mablag`lar bilan savdo korxonasini ta`minlanganligi
Aylanma mablag`larni o`zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko`rsatkichlari
Ushbu ko`rsatkichlar asosiy fondlarniki kabi aylanma mablag`larni bir necha yillar davomida «aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi»,, «aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi», «aylanma mablag`lar bilan ta`minlanganligi» va «aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligini anglatuvchi» ko`rsatkichlarni absolyut miqdorini farqi, foizlar, indekslar orqali u yoki bu tomonga o`zgarish darajasini ifodalaydi. Ular ishlatilayotgan ko`rsatkichlar nomi bilan atalib, ushbu ko`rsatkichlarni o`tgan yillarga nisbatan absolyut miqdorini o`zgarishi aniqlanadi, foiz hisobida dinamikasi va indeks o`lchov birliklarida hisoblanadi. Aylanma mablag`lar tarkibini anglatuvchi ko`rsatkichlari Aylanma mablag`lar tarkibi deganda, uning barcha elementalrini (tovar zahiralari; materialalr zahiralarini; arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo`lgan, tez eskiradigan mehnat qurollari; sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar; debitor qarzlar; pul aktivlari; qisqa muddatli moliyaviy qo`yilmalar; aylanma mablag`larni boshqa turlarini hamda o`z mablag`larini umumiy aylanma mablag`lar summasidagi hissasi (ulushi) foiz hisobida aniqlanadi. Buning uchun alohida olingan aylanma mablag`lar elementining summasi «100,0»ga ko`paytirilib, aylanma mablag`larning umumiy summasiga bo`linadi yoki koeffitsiyent hisobida aniqlanadi. Ushbu ko`rsatkichlar bilan bir qatorda savdo korxonasining umumiy resurslarini tarkibini o`rganishda, umumiy resurslar summasida aylanma mablag`larni hissasini aniqlash (foiz yoki koeffitsiyent hisobida) tavsiya qilinadi. Aylanma mablag`lar bilan savdo korxonasini ta`minlanganligi 1. Ushbu ko`rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Tovar aylanishini aylanma mablag`lar bilan ta`minlanganligi. Chakana tovar aylanishi (ulgurji tovar aylanishi, ommaviy ovqatlanish korxonasini tovar aylanishi)da aylanma mablag`larning hissasi, jumladan alohida o`z mbalag`larini hissasi. Ushbu ko`rsatkichni aniqlash uchun aylanma mablag`lar (o`z mablag`lari) summasi «100,0» ga ko`paytirilib tegishli tovar aylanish summasiga bo`linadi. 2. Aylanma mablag`lar normasini ta`minlanishi – normalashtiriladigan aylanma mablag`larning haqiqiy summasini belgilangan norma bilan solishtirmasi. Ushbu ko`rsatkich yuqorida keltirilgan ko`rsatkichlarni absolyut ayirmasini topish (haqiqiy summadan normani ayirib tashlash) va haqiqiy summani «100,0» ga ko`paytirib normativga bo`lish orqali aniqlanadi. 3. Aylanma mablag`larni o`z mablag`i bilan ta`minlanishi. Ushbu ko`rsatkich bir tomondan, aylanma mablag`lar holatini ko`rsatuvchi ko`rsatkich sifatida ishlatilsa, ikkinchi tomondan korxonaning o`z mbalag`lari bilan ta`minlanganligini ham ifodalaydi. 4. Aylanma mablag`larni tovar aylanishini ta`minlashi, kunlar hisobida. Ushbu ko`rsatkich biror muddatdagi (kvartal boshi yoki yilning boshidagi) aylanma mablag`lar summasini kelgusi davrning (kvartal yoki yil) bir kunlik tovar aylanish sumasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Tovar aylanishini (sotib olish qiymatida, ya`ni savdo ustamasisiz olinadi) bir kunligi uni davr kunlariga (kvartal bo`lsa – 90 kun, yil bo`lsa – 360 kun) bo`lish orqali aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan birinchi ko`rsatkich tovar aylanishini aylanma mablag`lar bilan biror davrda necha foizga ta`minlanganligini ko`rsatadi, to`rtinchi ko`rsatkich esa biror muddatdagi mavjud aylanma mablag`lar necha kunlik tovar aylanishini ta`minlashi mumkinligini ifodalaydi. Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling