Aylanma harakatda burchakli tezlik, burchakli tezlanish. Aylanma harakat
Download 87.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Burchak tezlik. Burchak tezlanish
egri chiziqli harakat bo’ladi. Traektoriya aylanadan ham iborat bo’lishi mumkin.
Bunday holda moddiy nuqta aylana bo’ylab harakat sodir etyapti deyish mumkin. Moddiy nuqtaning traektoriya bo’ylab harakati davomida bosib o’tgan masofaga yo’l deyiladi. Yo’l yo’nalishi bilan xarakterlanmaydi. Fizikada bunday kattaliklarni skalyar kattaliklar deyiladi. Yo’l—skalyar kattalik. Agar moddiy nuqta bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga qarab harakat qilsa, shu nuqtalarni birlashtiruvchi va 1-nuqtadan 2-nuqtaga yo’nalgan to’g’ri chiziqqa ko’chish deyiladi. Fizikada yo’nalish bilan xarakterlanadigan fizik kattaliklarga vektor kattaliklar deyiladi. Ko’chish - vektor kattalikdir. Endi kinematikada ko’riladigan ikki asosiy fizik kattaliklar—tezlik va tezlanishni ko’rib chiqamiz. Biz hayotda tezlik deganda, vaqt birligida bosib o’tgan yo’lni tushunamiz. Agar teng vaqtlar oraliqlarida moddiy nuqta teng yo’l yursa, bunday harakatga tekis harakat deyiladi va harakat to’g’ri chiziqli bo’lsa, tekis harakat tezligi uchun quyidagi formulaga ega bo’lamiz. t S V = , (1.1) bunda, S - bosib o’tilgan yo’l, t – vaqt. Odatda, fizikada tezlik deganda moddiy nuqtaning traektoriya bo’ylab ko’chish tezligini va har bir momentdagi nuqtaning harakat yo’nalishini xarakterlovchi fizik kattalik tushuniladi. SHu sababli traektoriyaning har bir nuqtasi uchun oniy tezlik tushunchasi kiritilgan. Oniy tezlikni topish uchun x, u koordinata o’qlari tekisligida biror harakatning traektoriyasini quramiz va bu traektoriyaning cheksiz kichik biror dl qismiga mos bo’lgan ds ko’chishni ajratib, unga koordinata boshidan r Download 87.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling