Kunlik kassa aylanmalarining to‘g‘ri qayd etilganligi bosh buxgalter tomonidan ham tasdiqlangach, kassa mudiri 120-shakldagi kitobga milliy valyutadagi naqd pullar kirimi va chiqimining umumiy summasini hamda bank ish kuni oxiriga chiqarilgan aylanma kassa qoldig‘ini yozib qo‘yadi. Kassa mudiri bank ish kuni boshiga aylanma kassada mavjud bo‘lgan qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘iga, aylanma kassaga kirim qilingan shunday blanklar sonini qo‘shadi va aylanma kassadan chiqim qilinganlari sonini ayirib, bank ish kuni oxiriga qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘ini hisoblab chiqaradi. Bank ish kuni oxiriga hisoblangan qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘ini haqiqatda mavjud bo‘lgan blanklar soni bilan hamda buxgalteriya bo‘limining qat’iy hisobda turuvchi blanklarni kirim yoki chiqim qilishga asos bo‘lgan hujjatlaridagi yozuvlar bilan taqqoslab ko‘radi. Bank ish kuni oxiriga hisoblangan qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘ini haqiqatda mavjud bo‘lgan blanklar soni bilan hamda buxgalteriya bo‘limining qat’iy hisobda turuvchi blanklarni kirim yoki chiqim qilishga asos bo‘lgan hujjatlaridagi yozuvlar bilan taqqoslab ko‘radi. Tafovutlar aniqlanmasa, qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘i bank ish kuni oxirida kassa mudiri tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 29-ilovasida ko‘rsatilgan pul omboridagi qat’iy hisobda turuvchi blanklar hamda saqlanayotgan qimmatliklar qoldig‘ini qayd etish kitobida aks ettirib borilishi lozim. Aylanma kassadagi naqd pullar va qat’iy hisobda turuvchi blanklar qoldig‘i bilan buxgalteriya hujjatlarida qayd etilgan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut aniqlangan holda, kassa mudiri buning sababini aniqlab, darhol bank rahbari va bosh buxgalteriga xabar beradi. Bankdagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun mas’ul bo‘lgan moddiy javobgar shaxslar aniqlangan tafovut summasini kelib chiqish sabablarini aniqlashlari hamda shu kunning o‘zida tafovutni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari shart. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |