Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda
Download 1.17 Mb.
|
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org
Tasviriy san’ati. Tropik Afrikaning eng qadimgi tasviriy san’ati namunalari qoyatoshlarga chizilgan suratlar va tasvirlardir. Bu suratlar Mil.avv. VIII ming yilliklarga oid bо‘lib, maxalliy minerallar va о‘simliklar aralashmasidan tayyorlangan buyoqlar bilan ishlangan. Tasviriy san’atining bunday namunalari Angola,Zair,Zimbabve, Bali, Mozambek, Namibiya, Sudan, Tanzaniya, Janubiy Afrika Respublikasi xududlaridan topilgan.
Janubiy Afrika Respublikasidagi Vall daryosi qirg‘oqlaridagi qoya toshlarga fillar, begemotlar, jirafa, zebra, antilopa, karkidon va boshqa xayvonlarning suratlari tushirilgan. Bu suratlar о‘ziga xos tabiiy kо‘rinishga ega. Ranglardan shunday moxirlik bilan foydalanilganki, gо‘yo xayvonlar qoya toshdan chiqib kelayotgandek, atrofga olazarak bо‘lib qarayotgandek tuyuladi. Eng dastlabki suratlar bir xil rangda chizilgan bо‘lsa, keyinchalik suratlar chizishda turli xil, xatto, о‘n xilgacha ranglardan foydalana boshlaganliklari kо‘zga tashlanadi. Ovchilik davriga kelib taxminan mil.avv. VI ming yilliklar Janubiy Afrika bushmenlari tomonidan kо‘plab turli xil suratlar yaratilgan. Bu kabi suratlarni JAR dagi “ajdaxo tog‘”larda, Namibiyadagi Brandenberg tog‘i va Lesota xududlaridagi tog‘larda uchratish mumkin. Bu suratlar ichida xayvonlarning, mifologik va syujetli voqealarning tasvirlarini uchratish mumkin. Bir suratda dafn marosimi tasvirlansa, ikkinchisida yomg‘ir chaqirish, uchinchisida marosim raqsi, tо‘rtinchida ov va yana boshqasida jang saxnalari tasvirlangan. Saxroi Kabrning G‘arbiy chegaralaridan Efiopiya va Tanzaniyagacha chо‘zilgan xududlardagi qoya toshlarda ovchilik davriga oid xayvonlarning, podani xaydash, ov, jang, maishiy hayot saxnalari tasvirlanganligini kо‘rish mumkin. Mill.avv. II ming yillikning о‘rtalariga kelib qoya toshlarga tushirilgan suratlarda yangi syujetlar: aravaga qо‘shilgan otlar, yengsiz uzun kiyimdagi qilich va qalqon taqqan kishilarning tasvirlari kо‘proq uchraydi. Eramizning boshlarida yaratilgan qoya tosh suratlarida sxematik tarzda tushirilgan tuyalar, xо‘kizlar, antilopa, tuyaqushi va boshqa xayvonlar xamda turli xolatdagi kishilarning suratlariga duch kelinadi. Bunday surtatlar kо‘proq Efiopiya, Zair, Tanzaniya xududlarida uchraydi. Qoya tosh suratlari an’anaviy tarzda xozirgi kunimizgacha yetib kelgan. Bu tarzdagi suratlar xozirgi davrda turar joy binolar devorlarini bezashda, amaliy bezak san’ati va zamonaviy rassomlarning asarlarida qо‘llaniladi. Faqat bо‘shmenlarning bu shakldagi san’at asarlarining chizishi Yevropaliklarning kirib kelishi natijasidagina barham topgan. G‘arbiy Afrika xalqlarining, ayniqsa Nigeriya xaykaltaroshlik san’ati er.avv V-IV asrlarndan to eramizning II asrigacha bо‘lgan davr о‘rtasida gullab yashnagan. Bu haykallar asosan Afrika odamlarining qiyofasining realistikc tarzda tasvirlab bergan terrakota xaykalchalaridan. Terrakotalarda asosan odamning boshi tasvirlangan. Shuningdek bunday xaykalchalar Mali, Zair, Shimoliy Kamerun xududlaridan xam topilgan bо‘lib, bu mamlakatlar xalqlari badiiy madaniyatning qadim-qadimdan о‘zaro aloqada bо‘lganligi, ularning mexnat faoliyati va turmush tarzi, badiiy tafrakkuri bir zaminda vujudga kelganligini kо‘rsatadi. An’anaviy san’at Afrika xalqining xayotida muxim roli о‘ynagan. U shaxs va jamiyat, etnik guruxlar ichidagi urug‘lar, ayrim etnik guruxlar о‘rtasida aloqalar о‘rnatishning muxim vositasi xisoblangan. Xayvonlar zoomorf va xayvon qiyofasidagi xudolar, zooantropo-morfizmning yuz qiyofasini tasvirlovchi niqoblar turli xil guruxlar va afsonaviy personajlarni, odam shaklidagi xudolarning antropomorfik tasvirlari, yog‘och xaykallar о‘tmish ajdodlar ruxi yashayotganligining ifodasi sifatida kо‘zga tashlanadi. Fetish xisoblangan buyumlardan, unchalik katta bо‘lmagan odam va xayvonlarning xaykalchalaridan esa, sexrlash, jodu qilish quroli sifatida foydalanilgan, turar-joylar va xо‘jalik binolari eshiklari va ruzg‘or buyumlariga о‘rnatilgan relyef - bо‘rtma tasvirlar, turli xil taqinchoqlar, amuletlar sexr kuchiga ega deb xisoblangan. Afrikaning yog‘ochdan yasalgan xaykallarining asosiy xususiyati – inson tanasining ayrim qismlari - bosh, oyoq va gavdaning nomutanosib xolda tasvirlanishidir. Boshning katta qilib tasvirlanishi sehr kuchini saqlovchi joyni, tatuirovka esa urug‘ yoki xalqqa mansublikni, unvon yoki martabani anglatgan. Kо‘pincha tizzadan bukilgan xoldagi yо‘g‘on va kalta oyoqlar chidamlilik va kuchlilikni ifodalagan. Afrika halqlari madaniyati va san’atining rivojlanishidagi yangi bosqich milliy ozodlik harakatlaridan sо‘ng boshlanadi. Yangicha madaniyat, san’atning yangicha turlari shakllanadi. Mustaqil taraqqiyot yо‘liga kirgan Afrikaning kо‘pgina xalqlari qadimgi qit’a sivilizatsiyasi an’analarini davom ettiradilar. Milliy madaniyatni rivojlantirish, uning an’analarini davom ettirish asosan mahalliy aholi kо‘proq yashaydigan hududlarda, ya’ni milliy urf-odatlar va marosimlarni sof holda saqlab qolgan xalqlar tomonidan amalga oshiriladi. Zamonaviy urbanizatsiyalashgan madaniyat - shahar madaniyatining ancha yuksala boshlaganlagining ifodasi sifatida kо‘zga tashlanadi. Masalan, о‘ziga xos shahar xalq san’ati, ya’ni turli xil targ‘ibot va tashviqot suratlari, turli xil yuk mashinalarini bezash, musiqa va teatr guruhlari-ning kо‘chma reklamalari, bar va kafelar devorlarining bezatilishi va boshqalar zamonaviy urbanzatsiya badiiy madaniyatining asosiy kо‘rinishlaridir. Afrikaning badiiy madaniyati barcha xalqlar о‘rtasida keng yoyilgan xunarmandchilikda о‘z ifodasini topadi. Badiiy hunarmandchilikning eng rivojlangan turi yog‘och о‘ymakorligi bо‘lib Kamerun, Negeriya va boshqa mamlakatlar xalqlari tomonidan eshik tabaqalari va romlariga, binolarning ustunlarga о‘yib ishlangan о‘yman naqshlar va niqoblar odamning bosh qiyofasi, diniy va harbiy sahnalarni tasvirlovchi syujetlarda о‘z ifodasini topadi. Angola, Zair, Negeriya о‘ymakorligida inson, hayvon, qushlarning figuralaridan mebellarni bezashda naqsh о‘rnida ishlatilsa, Kamerunda uy-ruzg‘or buyumlari, musiqa asboblari, о‘yinchoqlar va ayollarni taqinchoqlarini bezashda qо‘llaniladi. Afrikaning kо‘pigina mamlakatlarida palma daraxti tolasidan turli xil buyumlar, masalan, Zairda sumka, bо‘yra; Ruandada shirma, parda, gilam, chiptalar о‘rnida, Gvineya, Angola, Tanzaniya , Uganda va boshqa mamlakatlarda poxoldan sumka, buyra, savat, yelpig‘ichlar tо‘qiladi. Umuman olganda, kо‘hna qit’alardan biri hisoblangan Afrika xalqlari madaniyati insoniyatning umummadaniy taraqqiyotida о‘z о‘rni va о‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini kо‘rsatadi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling