Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Ibtidoiy davr madaniyati. (2 soat)


Download 1.76 Mb.
bet34/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

14.Ibtidoiy davr madaniyati. (2 soat)
Reja:
1.Ibtidoiy davrning madaniy bosqichlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Dastlabki diniy tasavvurlarning vujudga kelishi va uning ibtidoiy davr madaniyatidagi o‘rni
3.Ibtidoiy odamlar tafakkurining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar.
4.Ibtidoiy san’at va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Tafakkur va dunyoqarash madaniy jarayonni belgilovchi muhim omil ekanligi.
Ibtidoiy davr insoniyatning uzoq o‘tmishidan iborat bo‘lgan bosqichdir. Bu davr insoniyatni hayvonot olamidan ajratib yuborgan, ongli mavjudot hisoblanuvchi odam va u tomonidan yaratilgan madaniyatning shakllanishi davridir.
Ibtidoiy davr madaniyati oddiy tosh qurollarning yaratilishidan boshlab, mifologik dunyoqarashning tarkib topishi, yozuv ixtiro qilinmagan uzoq davrni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ibtidoiy jamiyatning rivojlanish tarixi bir qancha bosqichlar yoki davrlarni bosib o‘tgan.
Fanda asosan mehnat qurollari qanday materialdan yaratilganligiga qarab, ibtidoiy davrni tosh, bronza va temir asrlariga bo‘lish odatga aylanib qolgan. Masalan, Kopengagen (Daniya) asori-atiqalar muzeyi xodimi Kristian Tomsen birinchi marta fanga mehnat qurollarini yasalgan materiallariga qarab tosh, bronza va temir davrlari tushunchasini kiritadi. Keyinchalik tosh asri qadimgi tosh paleolit (gr. Palato – qadimgi, litos – tosh) va yangi (gr. Neo –yangi) asrlarga bo‘lingan.
Kishi va kishilik jamiyatining paydo bo‘lishidan boshlangan va tarixning eng avvalgi ibtidoiy poda davri deb yuritiladigan bosqichiga kelib, odamning biologik rivojlanishi tugallanadi. Bu davrda odamlar birgalashib, mehnat qila boshlaganlar, sodda mehnat qurollarini yaratishib, madaniyatga asos solganlar.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida kishilarning bir muncha mustahkam birligi vujudga kelgan. Bu birlikka urug‘ asos qilib olingan. Natijada ibtidoiy davrning ham moddiy, ham ma’naviy madaniya-tini yaratish ma’lum bir tizimga tusha boshlagan.
Eng sodda mehnat qurollarini yasash bilan inson o‘zini yaratdi va o‘zi bilan hayvon o‘rtasiga chegara qo‘ydi.
Birin-ketin keladigan bosqichlar yer sharining turli joylarida topilgan muayyan tipdagi odam faoliyatining qoldiqlariga qarab aniqlana-di va fanda bu qoldiqlar “madaniyat” deb nomlanadi. Bu madaniyatlar dastlab topilgan joylarning nomi bilan atalib, ular ana shu madaniyatning eng tipik yodgorliklaridan iborat.

Ibtidoiy davr madaniyatining eng oddiy bosqichi “Shell madaniyati” deb yuritiladi. Bu madaniyat Shimoliy Fransiyaning Shell shaharchasi nomi bilan ataladi. Bu yerdan toshdan bodom shaklidagi, har ikki tomoni tosh bilan qo‘pol ravishda tarashlangan tosh bo‘lagi topiligan va bu qurol “qo‘l chopqichi”, “qo‘l cho‘kichi”, “qo‘l boltasi” kabi vazifalarni bajargan.
Ibtidoiy davr madaniyatining keyingi bosqichi “Ashel (Shimoliy Fransiyadagi Sant-Ashel degan joy nomi) madaniyati” nomi bilan mashhurdir. Bu davrga oid topilmalar nafaqat Yevropa, balki Afrika va Osiyo qit’asining ko‘pgina yerlaridan topilgan madaniyat manzilgohlari-dir. Bu davrga oid manzilgohlardan nafaqat kichik hajmli tosh qurollar, balki, odamlarning turmushiga oid boshqa qoldiqlar hamda mamont, karkidon, kabi yovvoyi hayvonlarning suyaklari, shuninggdek olov qoldiqlari ham topilgan.
Ibtidoiy davrning uchinchi bosqichi Fransiyaning janubi-g‘arbida joylashgan qishloq va g‘or nomi bilan ataluvchi “Muste madaniyatidi”dir. Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bolaning qoldiqlari ham ana shu davrga oiddir. Bu davr moddiy madaniyatining asosiy quroli uchi o‘tkirlangan tosh quroldir. Bu qurol nayza sifatida ishlatilgan. Shuning bu davrda suyakdan yasalgan o‘tkir uchli mayda qurollar ham yasalgan.
Shell, Ashel va Muste madaniyatlari odatda ilk paleolit deb ataladi. Demak, ilk paleolit davridayoq odamlar mehnat qurollarini takomillashtirib olovdan foydalana boshlaganlar.
Olov odam tomonidan bo‘ysundirilgan va o‘zining tabiiy ehtiyojini qodirishga yordam beruvchi tabiat kuchi bo‘lgan. Natijada odam hayvonot olamida ustunlikka erishib, biologik mavjudot sifatida undan uzoqlashgan. Olovning kashf qilinishi ilk paleolit davrining buyuk madaniy yutug‘i bo‘lgan.
Tafakkur va nutqning vujudga kelishi hamda rivojlanishi ilk insoniy munosabatlarning shakllanishi va taraqqiyotning asosiy omili hisoblangan. Shuningdek, til va tafakkur taraqqiyoti – moddiy ishlab chiqarishning, ya’ni moddiy madaniyatning rivojlanishini tezlashtirgan. Olov singari til va tafakkur ham odamning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishini tezlashtirgan.
Ibtidoiy madaniyatning keyingi bosqichi “orinyak – salyutr davri madaniyati” deb nomlanadi. B udavr o‘zining neandertalga nisbatan anacha taraqqiy qilganligi bilan, ya’ni, ham mehnat qurollarida, ham inson qiyofasida tub o‘zgarishlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.
Orinyak – salyutr (Fransiyaning ikkita joy nomidan olingan) davrida mehnat quroli sifatida nafaqat tosh, balki, suyak va shoxdan keng ko‘lamda foydalanishgan. Suyakdan ignalar yasalgan.
Odamlar bu davrga kelib qurollardan tashqari, hayvonlarni o‘rab, qamab, tuzoq qo‘yib ushlashni o‘rganganlar. O‘z manzillarini ochiq joylarda qurganlar. Bu davrdan boshlab o‘troq turmush boshlangan. Hayvon terilaridan kiyim tikish bilan birga o‘zlari yashayotgan turar-joylarning ustilarini yopishda ham terilardan foydalanganlar.
Orinyak – salyutr davriga oid maskanlardan eng sodda terrakota haykalchalar va toshlarga, g‘or devorlariga chizilgan suratlarning nusxalari ham topilgan. Shuningdek, bu davrda hayvonlarning tishlari va ayrim rangli toshlardan tizimlangan bezak – taqinchoqlar ham yaratilgan.
Ibtidoiy davr madaniyatining keyingi bosqichi – “Madlen madaniyati” deb ataladi. Bu joy Fransiyaning janubi-g‘arbidagi La Madlen degan joy nomidan olingan.
Madlen madaniyati suyak va shoxdan turli buyumlar ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda nayza otadigan qurollar va garpun paydo bo‘lgan.
Neolit davrida bumerang, bambukdan puflab otuvchi qurol - sumpitan (Indoneziyada), Sarbakan (Janubiy Amerikada) shuningdek, ham ovchilik, ham harbiy qurol vazifasini bajaruvchi sopqon va palaxmon kabilar yaratilgan.
Neolitning oxirgi bosqichlariga kelib, ibtidoiy odamlar hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshlaganlar. Odamlar yer yuzida yashovchi 140 ming hayvondan bor-yo‘g‘i 47 tasinigina qo‘lga o‘rgatgan. Uy hayvonlarini o‘rchitib ko‘paytirish xo‘jalikning muhim tarmog‘iga aylangan. Uy hayvonlarini odamga go‘sht, teri, jun, yog‘, suyak va sut bergan, yuk tashigan va yerni haydagan, va nihoyat o‘g‘it bergan. So‘nggi neolit davriga kelib, g‘ildirak kashf qilingan.
Mehnat jarayonida kuzatish va tajriba orttirish natijasida yangidan-yangi tasavvurlar va tushunchalar paydo bo‘lgan. So‘zlarning ma’naviy mazmuni boyigan, grammatik shakllari rivojlanib borgan.
Fikrni anglatishning sodda usullaridan biri – “signallar tili” hisoblanadi va biron bir xabarni aniq belgilar yordam bilan ifodalash vazifasini bajargan.
Diniy tasavvur va e’tiqod jamoa tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim unsurlari o‘rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar tabiat hodisalarning sabablarini tushuna olmagan, ana shu hodisalarning sir-asrorlari ularga ma’lum bo‘lmagan. Bu hodisalar ibtidoiy odam tasavvurida sirli, g‘ayritabiiy kuchlar yashiringan degan fikrni uyg‘otgan, va g‘ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qilishga majbur bo‘lganlar.
Ibtidoiy odamlar turli mintaqalarga tarqalib, turli xil tirikchilik turlari bilan shug‘ullana boshlaydilar. Tabiatning va tirikchilikning xilma-xilligi turli e’tiqodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Tabiat hodisalari va jarayonlariga bog‘liq g‘ayri tabiiy kuchlarga ishonish ibtidoiy diniy e’tiqod deb ataladi. Uning totemizm, animizm, sehrgarlik, fetishizm, shomonizm kabi turlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida keng tarqalgan.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling