Bunday murakkab elektr montaj ishlarini bajarish uchun montajchilardan zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim.
Elektr montajchidan kasbiy tayyorgarligidan tashqari iqtisodiyot va elektr montaj ishlarini rejalashtirish va tashkil qilishning zamonaviy uslublarini o‘rganish talab qilinadi. Montaj tashkilotlari rejalashtirish va iqtisodiy rag‘batlantirishning yangi tizimiga o‘tayotgan bir paytda elektr montaj korxonasining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari amalda xar bir montajchi ishining sifatiga bog‘liq bo‘lishi bilan birga, birinchi navbatda ishlab chiqarish unumiga; montaj qilishda ishlatiladigan materiallar va o‘rnatiladigan buyumlarni tejashga, montaj qilishda ishlatiladigan mavjud mexanizm va moslamalardan unumli foydalanishga, elektr montaj ishlab chiqarishning rentabelligiga bog‘liqdir.
Ushbu ma'ruzalar matnini yozishdan maqsad talabalarga havo va kabel liniyalarini, komplekt transformator podstansiyalari va komplekt taqsimlash qurilmalarini, o‘lchov transformatorlarini, kommutatsiya qurilmalarini, kuch transformatorlarini, elektr mashinalarini, yoritish elektr qurilmalarini va kuch elektr qurilmalarining tuzilishi va ularni yig‘ish va sozlash, shuningdek elektr montaj ishlarini tashkil qilish, rejalashtirish va industirlashtirishga oid zarur xajmdagi nazariy va amaliy ma'lumotlarni berishdir.
Mavzu №- 1 : Elektromontaj ustaxonasi bilan tanishish. Elektromontaj ustaxonasida texnika xavfsizligi qoidalari.
O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
Mashg’ulot vaqti- 240 daqiqa
|
Talabalar soni: 26
|
Mashg’ulot shakli va turi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |