Aynoq –polvon, Jaynoq – masxaroboz, Tersak- sinchi, Ersak-mergan
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT. SAVOL-JAVOB 2020
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @Uztilim • Baytlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan, ma’no-mantiq jihatidan kuchli tarzda biri ikkinchisini taqozo etib keladigan g‘azallar qanday ataladi? musalsal g‘azallar • Sultonxon Rustamxon haqida "Oti Rustam, o‘zi nor kalla qo‘chqor" deb kimga aytadi? ("Rustamxon" dostoni) • qalandarlarga • Ul nadurkim, sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalango‘ch aylagay barcha xaloyiq qoshida. Barcha qushlarning so‘ngoki ichida Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida. Ushbu chiston haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) ushbu chiston oddiy chistonlar turiga kiradi; 2) chistonning qofiyalarini mutlaq qofiya deb atash mumkin. • Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida “To‘rt sadaf gavharining durji ul, Yetti falak ahtarining burji ul” − deb nimaga ta’rif beradi? so‘zga • "Yilning eng yaxshi hikoyasi" maxsus mukofoti bilan taqdirlangan O‘lmas Umarbekov asari nomini aniqlang. "Xatingni kutaman" • Qaysi xalq dostonida "Kaptarday bo‘b yurgan qizlar" tasviri berilgan? "Ravshan" • “Agar mening ustimdan qo‘rqoq deb yana kulsangiz, endi ajdarni tutib kelaman”. Ushbu so‘zlar qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan? “Me’mor”, G‘avvos Muhammad • Qaysi asarda onalar qizlarini qarg‘asalar: "Yilqili va qo‘yli kishiga tushub, et yeb, qimiz ichib boshingga yomon kunlar to‘g‘g‘ay" deb qarg‘ashlari haqida yozilgan? "Shajarayi turk" • Usmon Nosir ijodiga mansub dramatik asarlar berilgan javobni toping. "Dushman", "Atlas", "So‘nggi kun", "Zafar" • Mumtoz she’riyatda qo‘llanadigan asosiy obrazlardan qaysi timsol(lar) baytda hamma vaqt ham ishtirok etavermaydi? ag‘yor va ma’shuqa • Oybekning "Navoiy" romanida Alisher Navoiy Husayn Boyqaroga kimni vazir sifatida tavsiya etadi? Xo‘ja Afzalni • “Alpomish” dostonida Alpomish “. . . Men sachratib borsam minib bir tulpor, O‘zima yor, bobo, senga xizmatkor. . . ” deb kimga aytgan? Qultoyga • Quyidagi ijodkorlardan qaysi biri bolalarga bag‘ishlangan “Chin yurakdan” nomli she’riy to‘plam yaratgan? Asqad Muxtor • “Alpomish” dostonida Boychibordan ko‘ngli to‘lmagan Alpomishga qaysi qahramon “Xafa bo‘lma, bu oting, balki tulpor chiqar, yomon dema. Bu oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi”, deya uning ko‘nglini ko‘taradi? Qaldirg‘ochoyim • Aningdek oh to‘fonin chiqardi Ki, mahvashning niqobi yelga bordi. Ko‘ringach ul jamoli olamoro, Aning matlubi bo‘ldi oshkoro. Bu misralar qaysi qahramon haqida? Shirin • -u, mardumliq emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il. Berilgan baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? tajnis • Mumtoz she’riyatda qaysi janrdagi she’rlarda mukammal hajm 7 va 9 baytli hajm deb qabul qilingan? g‘azal • “. . . kambag‘allik tufayli o‘zi orzu qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi. Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Shunday bo‘lsa-da, . . . bu maktabda ikki yildan ortiq o‘qiy olmaydi”. Ushbu ma’lumot quyidagi qaysi ijodkor hayoti haqida? Janni Rodari • Kishiga ishq o‘tidin zarraye yetsa bo‘lur giryon, Bo‘lub besabr-u betoqat, yurak-bag‘ri chunon o‘rtar. Ushbu misralarda qo‘llangan she’riy san’atlarni aniqlang. tanosib, tadrij ● Qaysi shoir oʻz sheʼrlaridan birida yorning qop- qora sochini laylat ul- qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa oʻxshatadi? Atoyi ● ."Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat "Xazoyin ul- maoniy" ni ,hatto uning tarkibidagi bitta devon - " Gʻaroyib us- sigʻar" yoki "Navodir ush-shabob " , yoxud "Favoyid ul - kibar " ki yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulugʻ shoirlarimizdan biri boʻlib qola berar edi" deya Navoiy ijodiga yuksak baho bergan adabiyotshunos kim? Abduqodir Hayitmetov |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling