Aynoq –polvon, Jaynoq – masxaroboz, Tersak- sinchi, Ersak-mergan
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT. SAVOL-JAVOB 2020
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @Uztilim • Men chekib anduh, o‘lay, el joni bo‘lsin ul Masih, Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo‘l. Berilgan baytda qo‘llangan she’riy san’atlarni toping. talmeh, tazod • Mirmuhsinning "Me’mor"(1) va "Yashil qishloq"(2) asarlari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping. 1- roman, 2-doston • Usmon Nosir dramalarini toping. “Zafar”; “Dushman” • “Alpomish” dostonida quyidagi so‘zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Mina elga toza erkin bo‘lamiz. Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz, Mina elda bizlar davron suramiz Yortiboy oqsoqol • Shabistonda tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu parcha Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi qahramon haqida, baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Farhod haqida, istiora • Odil Yoqubovning mustaqillik yillarida yozgan romanining nomi qaysi javobda berilgan? “Adolat manzili” • Muhammad Fuzuliy qaysi asarida Alisher Navoiyni “Manzuri shahanshohi Xuroson” deya tilga oladi? “Layli va Majnun” • O‘tkir Hoshimovning qissalari to‘g‘ri sanalgan qatorni toping. “Odamlar nima derkan?”, “Bahor qaytmaydi", “Ikki karra ikki besh“, "Shamollar esaveradi” • G‘unchalar ochildi-yu, ko‘nglim ochilmaydur hanuz, Bulbuloso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz. Munis qalamiga mansub ushbu baytda quyida berilgan she’riy san’atlardan nechtasi qo‘llangan? tazod, tashbeh, tanosib, tarse’, talmeh, ishtiqoq 3 tasi • Mirmuhsin qalamiga mansub “Ziyod va Adiba” asarining janrini ko‘rsating. she’riy roman • Usmon Nosir qalamiga mansub she’riy to‘plamlarni aniqlang. 3) “Safarbar satrlar”; “Traktorobod”; “Yurak”; “Mehrim”; “Quyosh bilan suhbat”. • Gulchehra va Abdulla singari sevishgan ikki yoshning fojeasi aks ettirilgan O‘.Umarbekov asarini aniqlang. "Odam bo‘lish qiyin" • To‘ra Sulaymon qalamiga mansub “Jahongashta” asarining janrini toping. doston • Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye", Koshifiyning "Axloqi Muhsiniy" asarlarini o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan? Ogahiy • "Ertadan kechgacha kundoshlari bilan o‘pishadi, gapiradi, ashula qiladi, kuladi, kuldiradi, tegishadi, hazil qiladi, qitiqlaydi, qochadi, quvlaydi, quvlashadi". Ushbu parchada “Kecha va kunduz” romanidagi qaysi qahramon holati aks ettirilgan? Sultonxon • Qaysi adibning birinchi qissasi "Tengdoshlar" nomi bilan nashr etilgan? Odil Yoqubov • Navoiyning qaysi g‘azalida boshdan oyoq qiyos usuldan foydalanilgan? “Deyin” • “Alpomish” dostonida Barchinoy qaysi qahramonni bir qo‘li bilan yoqasidan olib, bir qo‘li bilan belbog‘idan tutib ko‘tarib, chalqaramon qilib yerga qo‘ygan edi? Ko‘kamanni • Demonkim ko‘ngli pok-u, ham ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok. Baytda qanday she’riy san’at qollangan? takrir • Mirmuhsinning xalqimizning o‘tmish tarixiga bag‘ishlangan qissalarini belgilang. 1) "Oq marmar"; 2) "Cho‘ri"; 3) "Tungi chaqmoqlar"; • 1914-yilning 18-aprelida “Sadoyi Turkiston” gazetasida bosilgan “Turkistonli qarindoshlarimizga” she’ri muallifi kim?Abdulhamid Cho‘lpon • Jomiy “Xamsa”si tarkibiga kirgan dostonlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. “Tuhfatul-ahror”, “Sabhatul ahror”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomayi Iskandariy”, “Silsilat uz-zahab”, “Salomon va Absol” • Dunyo yasanib, jilva qilib oldimga keldi, “Borgil nariga!” − deb ketig‘a shattalab o‘ttum. Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. tashxis • Nodiraning qaysi g‘azalida “ahd-u paymonlar” bilan “tarki vafo”, “qon” bilan “gavhari ashk”, “subhi nashotim” bilan “shomi g‘am”, “navbahor” bilan “xazon” o‘rtasidagi qarama-qarshi ma’no (tazod) fikrni teranlashtirish, bevosita ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan? “Vasl uyin obod qildim. . . ” |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling