Aynoq –polvon, Jaynoq – masxaroboz, Tersak- sinchi, Ersak-mergan
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT. SAVOL-JAVOB 2020
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @Uztilim ● 14 yilga Qurudum mamlakatiga safar qilgan obraz qaysi dostonda uchraydi? "Rustamxon" ● ."Toʻnyuquq " bitiktoshi kimning davrida yozilgan? Bilga xoqon ● Navoiy qaysi asarida "Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayx ul- mashoyixidir.Maqomati oliy va mashhur ,karomati matavoliy ( hayratlanarli) va nomahsur ( chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning asʼhobidindur ( suhbatdoshi) " deya Ahmad Yassaviy haqida maʼlumot beradi? "Nasoyim ul- muhabbat" ● Atoyi qaysi gʻazalida oʻzini kipriklarini ("jorub" ) , yuzini xokandoz qilishga tayyor ,yor xizmatiga olinsa boʻlgani va hatto yor u yoqda tursin ,uning farroshligiga -''qul" likka qabul qilsa ham oʻzini baxtli hisoblashini aytib oʻtadi? "Begim" radifli gʻazalida ● Navoiyning qaysi asarida 459 ta shoir, yozuvchi ,ijodkor haqidagi maʼlumotlari jamlangan? "Majolis un- nafois" asarida ● . "El qochsa birovdin ,el yomoni bil oni, Ahvolida idbor nishoki bil oni , Feʼl ichra ulus baloyi joni bil oni, Olam elining yamon yamoni bil oni". Navoiy qalamiga mansub ushbu asarning janrini toping. Ruboiy ● ."Boburnoma" asarida Boburning yigirma kundan beri Hirotda ekanligidagi sayrlarda kim yoʻlboshchi boʻladi? Yusuf Ali Koʻkaldosh ● "Kaʼba izlab bundan keti boradi, Kamxarj qolgan yerda gadoylik qildi . Xarjili boʻlganda qicha yoʻl yurdi". Ushbu parcha qaysi doston qahramoni haqida? "Rustamxon" da Sultonxon ● ."Qutlugʻ oyogʻing yerga tegibdur ,oning uchun El yerga qoʻyub bosh , qilur barcha ibodat". Baytda qanday sheʼrih sanʼat qoʻllangan va kimning qalamiga mansub? Husni talil . Lutfiy ● Qaysi shoir qiynalib ketgan holatini " Oshimga tufroq soldirdi " misralari bilan taʼsirchan ifodalaydi? Turdi Fagʻoniy ● .Navoiynkng "Badoye' ul- vasat" devoniga kiritilgan ,falsafiy - didaktik qarashlarini ancha yorqin ifodalashi bilan ajralib turadigan gʻazalini toping . "Meni men istagan..." gʻazalida ● .Navoiyning qaysi gʻazalida yor koʻyida beliga zunnur bogʻlab but( xoch) ga topinuvchi ( nasroniy) lar kabi ishlar qilgani bois savoblari kufrga aylangan oshiq timsoli uchraydi? "Ey sabo" gʻazalida ● Navoiyning diniy mavzudagi asarlarini toping. "Siroj ul - muslimin" ( "Musulmonlik chirogʻi") ,"Arbain" ( "Qirq hadis") , "Munojot (" Tavba - tazarru") ● . "Ikki eshik orasi" romani necha qism,necha bob va nechta personaj hikoyalaridan tashkil topgan? 7 qism,47 bob ,9 ta personaj ● "Ikki eshik orasi" romanida qaysi qahramon "mard odamning belida belbogʻi boʻmishi kerak " degan tamoyilga amal qiladi? Orif oqsoqol ● "Mening ijodimda yolgʻizlik ,mahzunlik tuygʻulari koʻp uchraydi ,deya dakki berishgan va buning sababini turlicha sharhlashgan ham. Aslida esa mening tabiatim oʻzi shunaqaroq boʻlsa kerak". Ushbu parcha qaysi ijodkor ning tarjimayi holidan olingan va uning tarjimayi holi qanday nomlanadi? Abdulla Oripov " Koʻrgan - bilganlarim". ● .Said Ahmadning ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlagan hikoyalarini toping. "Xazina " , '' Hayqiriq " , "Rahmat, azizlarim" ● ."Bolaligim tutdi va bir bor Buloq uzra yotdi uzanib Va sanʼatga bermasdan ozor Hovuch - hovuch suv ichdim qonib". Sheʼr nomi va muallifini toping. Hamid Olimjon " Chimyon esdaliklari" ● "Felyetonlar qiroli " nomini olgan ijodkorni belgilang. Abdulla Qodiriy ● Abdulla Qodiriy qaysi hikoyasi bilan dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan oʻzbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi? "Uloqda" ● ."Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki ,makotib - taraqqiyning boshlangʻichi, madaniyat va saodatning darvozasidir". Ushbu parchaning muallifini toping. Mahmudxoʻja Behbudiy ● ."Soʻzki, maʼnosida ishq oʻti nishoni boʻlmagʻay ,Bir taharruksiz badan onglaki ,joni boʻlmagʻay" . Ushbu bayt muallifi kim? Alisher Navoiy ● Abdulla Oripov qaysi sheʼrida "Hayot - gulshan vodiy ; inson - shamol va bu dunyoga inson shamolday keladi va shunday ketadi " kabi muhim bir falsafani ilgari suradi? "Yurtim shamoli" ● Alfons Dodening avtobiografik xarakterga ega boʻlgan asarini belgilang. "Kichkintoy" romani ● . Jek Londonning dunyo adabiyotining nodir namunalari sanalgan romanlari qaysilar? "Dengiz boʻrisi", " Martin Iden " , "Uch qalb" ● ."Oʻz onamni es- es xotirlayman . Pastak shiftli uyda ,deraza tagida nuqul osmonga qarab yotar edi . Rangi sargʻayib ,ikki chakagi ich - ichidan kirib ketgan . Koʻzlari qop - qora ,chiroyli . Uzun- uzun kipriklari qilt etmaydi. Derazadan allaqanday madrasaning kungurador peshtoqi koʻrinib turadi". Ushbu parcha qaysi asardan olingan ? "Ikki eshik orasi" ● ."Yaratganga shukr. Qirq besh yil davomida 60 ga yaqin kitobim turli tillarda ikki milliondan koʻproq nusxada nashr etildi.Ular orasida kitobxon uzoq vaqt eslab yuradigan nasrlar boʻlsa , oʻquvchi qaysidir satrlarni oʻqiganda koʻziga yosh kelsa ,qayerdadir mazza qilib kulsa ,hayajonga tushsa ,men uchun bundan ortiq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling