Aynoq –polvon, Jaynoq – masxaroboz, Tersak- sinchi, Ersak-mergan
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT. SAVOL-JAVOB 2020
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @Uztilim "Qushlar go‘shtni olurmiz, deb uchgan sari go‘sht ham yuqori borur erdi. Yana bir kecha-kunduz uchdi." "Namrud hikoyati" • Navoiyning qaysi g‘azalida boshdan oyoq qiyos usuldan foydalanilgan? “Deyin” • “Alpomish” dostonida quyidagi satrlar kimning tilidan aytilgan? . . . Mard yigitning yori talash bo‘lami, Er yigitning yorin qalmoq olami? Qaldirg‘och • Nodiraning qaysi g‘azali mumtoz she’riyatimizda ko‘proq ruboiy bitiladigan an’anaviy hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznida yozilgan? “Kel, dahrni imtihon etib ket. . . ” • "Adolat manzili" asari muallifi kim va qaysi janrda yozilgan? Odil Yoqubov, roman • “Esingizdami, oyi, ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. o‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman”. Ushbu parcha O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan? “Iltijo” • Qaysi javobda ocherklardan iborat kitoblar nomi berilgan? “Tubanlik kishilari”, “Yo‘l lavhalari” • “Farhod va Shirin” dostonidan olingan quyidagi baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. istiora • “Alpomish” dostonida Boychibordan ko‘ngli to‘lmagan Alpomishga qaysi qahramon “Xafa bo‘lma, bu oting, balki tulpor chiqar, yomon dema. Bu oting nazarkardadir. Buni mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib qoladi”, deya uning ko‘nglini ko‘taradi? Qaldirg‘ochoyim • Qaysi ijodkor tarjimayi holida quyidagi ma’lumotlarga duch kelamiz? “Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo‘lib ishlaydi. Ra’no ismli ayolga uylanib, farzandlar ko‘radi. . . ” Furqat • Mumtoz she’riyatda qaysi janrdagi she’rlarda mukammal hajm 7 va 9 baytli hajm deb qabul qilingan? g‘azal • Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif at-tavoyif” (“Turli toifalarning latifalari”) asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim? Komil Xorazmiy • “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabar bosilgan. Ushbu asar muallifi kim edi? Abdulla Qodiriy • “Ona tilimizdagi ipakdak mayin, kamalakdek rang-barang, go‘yat nozli lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uyg‘otuvchi tashbehlar, o‘tkir xulosalar − bular bari ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror fazilatlardir”. (A.Oripov) Ushbu e’tirof qaysi o‘zbek shoiri haqida aytilgan? Erkin Vohidov • Hamul erdiki, maftun bo‘lmish erdi, Ko‘rib ko‘zguda majnun bo‘lmish erdi. Birovkim aks ko‘rgach hushi ketsa, O‘zin ko‘rgach, netong, jon tarkin etsa. Berilgan parchada "Xamsa" qahramonlaridan qaysi birining holati aks ettirilgan? Farhodning • Qaysi o‘zbek shoiri Samarqandda O‘zbekiston Markaziy ijroiya qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi lavozimida ishlagan? Mirtemir • Quyida keltirilgan ruboiylarning qaysi birida “yoyiq radif” qo‘llangan? “Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” • O‘n oykim, so‘nmishdir u tanish na’ra. Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh. Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara, O, surur kuychisi, dongdor zamondosh. Abdulla Oripovning “Bahor” she’ridan o‘rin olgan ushbu misralarda qaysi ijodkor ko‘zda tutilgan? G‘afur G‘ulom • Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il. Ushbu baytda nechta istiora qo‘llangan? to‘rtta • Usmon Nosirning “Nil va Rim” she’rida tilga olingan Ro, Azirisa, Tifon qanday nomlar? qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling