Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
TUG‘RUQNING DAVOMIYLIGI
Tug‘ruqning qancha davom etishi turli sabablarga, asosan, tug‘ruq kuchlari (dard va to‘lg‘oq) xarakteriga bog‘liq. Dard va to‘lg‘oq qancha kuchli tutsa, tug‘ruq o‘shancha qisqa davom etadi. Homilaning kattaligi, oldinda yotgan qismining chanoq og‘ziga suqilishi, l chanoq o‘lchamlari, qog‘onoq suvining ketish vaqti va shu kabilar tug‘ruqning qancha davom etishiga ta’sir qiladi. Birinchi tug‘ruq takror tug‘ruqdan aksari uzoqroq davom etadi; keksaygan (yoshi 30 dan oshgan) va keksa davrida birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarda tug‘ruq ko‘pincha cho‘zilib ketadi. Ayol organizmi to‘la yetilmaganda (infantilizm), semiz va juda ozib ketgan ayollarda tug‘ruqning uzoqqa cho‘zilishi qayd qilinadi. O‘rta hisob bilan olganda, tug‘ruq birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarda qariyb bir sutka (10–11 soat), takror tug‘ayotgan ayollarda 6–7 soat davom etadi.Bachadon bo‘ynining ochilish davri eng uzoq davr bo‘lib, birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda 9–10 soat, takror tug‘ayotgan ayollarda 5–6 soat davom etadi. Homilaning tug‘ilish davri birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda 1–2 soat, takror tug‘ayotgan ayollarda 15–40 daqiqa davom etadi.Yo‘ldosh tushish davri birinchi marta va takror tug‘ayotganayollarda 10–20 daqiqa (o‘rta hisob bilan 15 daqiqa) davom etadi. Hozirgi paytda tug‘ish vaqti ancha tezlashib qolganligi kuzatilmoqda, bu hol ayniqsa yosh sog‘lom (20–25 yoshli) ayollarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Buni ayollar sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga imkon beruvchi moddiy farovonlikning, madaniyatning, tibbiy yordam sifatining oshganligi va boshqa omillar bilan tushuntiriladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Allayorov Ya.N. “Reproduktiv salomatlik va kontraseptiv texnologiya”, «Istiqbol», T., 2005. 2. Allayorov Ya.N. “Akusherlik” “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, T., 2011. 3. Allayorov Ya.N., Yusupova D.O‘., Asqarova F.Q. “Akusherlikda amaliy ko‘nikma va muolajalar”, Samarqand, 2007. 4. Allayorov Ya.N., Tosheva D.G., Yusupova D.O‘. “Onalikda hamshiralik parvarishi”, “Voris” nashriyoti, T., 2012. 5..Ziyayeva M.F., Mavlonova G.X. “Ginekologiya”, “O‘qituvchi”, T., 2012. 6.. Kretova N.Y., Smirnova L.M. “Akusherlik va ginekologiya”. T., Ibn Sino nomidagi nashriyot, 1991. 7.Rahimov A.U., Melikulov X.M. “Akusherlikda gemorragik shokning zamonaviy muammolari”, “Istiqlol”, T., 2005. MUNDARIJA: Kirish 1. Bob. Ayol jinsiy a’zolarining anatomiyasi va fiziologiyasi.................................................3 2. Bob. Hayz faoliyatining buzilishi va predmenstrual sindrom...........................................10 3. Bob. Ayollar jinsiy a’zolarining yuqumli kasalliklari........................................................18 4. Bob. Ayollar jinsiy a’zolarining o‘sma kasalliklari. ........ ..............................................22 5. Bob. Ayollar jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari...............................................27 6. Bob. Homiladorlik fiziologiyasi. Urug‘lanish.......................................................................32 7. Bob. Homilador ayol organizmidagi fiziologik o‘zgarishlar.........................................................34 8. Bob. Murtak pardalari va ona qornidagi homilaning taraqqiy etish.............................................39 9. Bob. Tug‘ruq............................................................................................................48 Foydalanilgan adabiyotlar..........................................................................................56 Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling