Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi


Download 239.88 Kb.
bet31/36
Sana06.10.2023
Hajmi239.88 Kb.
#1693389
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR

TUG‘RUQ DAVRLARI
Tug‘ruq uch davrga bo‘linadi: birinchisi – bachadon bo‘ynining ochilish davri, ikkinchisi – homilaning tug‘ilish davri, uchinchisi – yo‘ldosh tushish davri. Bachadon bo‘ynining ochilish davri dastlabki muntazam dard tutishidan boshlanib, pirovardida bachadon bo‘ynining tashqi teshigi to‘la ochilishi bilan yakunlanadi. Homilaning tug‘ilish davri bachadon bo‘yni tashqi teshigining to‘la ochilgan paytidan boshlanib (to‘lg‘oq tutganidan) homila tug‘ilishi bilan tugaydi. Yo‘ldosh tushish davri esa bola tug‘ilgan paytdan boshlanib, yo‘ldosh tushishi bilan tugaydi.Dard tutgan vaqtda homila pufagi taranglanib va bachadon bo‘yni kanaliga tobora chuqur kirib, bu kanalni ichkaridan kengaytira boradi. Shunday qilib, bachadon bo‘ynining teshigi: a) bachadon tanasidagi bo‘ylama muskullar qisqarishi munosabati bilan bachadon bo‘yni doiraviy muskullarining cho‘zilishi (distraksiya) hisobiga, b) taranglashgan homila pufagining bo‘yin kanaliga kirib, unga gidravlik pona kabi ta’sir etishi bilan shu kanalni kengaytirishi hisobiga bachadon bo‘yni ochiladi. Bachadon bo‘ynining ochilishiga sabab bo‘ladigan asosiy omil – bachadoninng qisqarishi (dard tutishi)dir; dard tutishi tufayli bachadon bo‘ynining distraksiyasi ham ro‘y beradi, bachadon ichidagi bosim ham ko‘tariladi, natijada homila pufagi taranglashib, bachadon bo‘ynining teshigiga kiradi. Bachadon retraksiyasida bachadonning bo‘ynigina emas, pastki segmenti ham cho‘ziladi. Bachadonning bo‘g‘zidan va bachadon tanasining eng pastki bo‘limidan iborat bo‘lgan pastki segment birmuncha yupqa devori, undagi muskul elementlari bachadonning yuqori segmentidagiga nisbatan kamroq. Pastki segmentning cho‘zilishi homiladorlik vaqtidayoq boshlanadi va tug‘ruq vaqtida yuqori segment muskullari (kavak muskul) retraksiyasi tufayli kuchayadi. Dard tutishi avjiga chiqqach, qisqaruvchi kavak muskul (yuqori segment) bilan bachadonning cho‘zilayotgan pastki segmenti o‘rtasidagi chegara sezila boshlaydi. Bu chegara kontraksion (yoki chegara) halqa deb ataladi. Odatda, kontraksion halqa qog‘onoq suvlari ketgandan keyin vujudga kelib, ko‘ndalangiga yotgan egatga o‘xshab turadi, uni qorin devori orqali paypaslab bilish mumkin. Birinchi marta tug‘ayotgan va takror tug‘ayotgan ayollarda bachadon bo‘ynining tekislanishi va bo‘yin kanalining ochilishi bir xilda bo‘lmaydi. Birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda bachadon bo‘yni ichki teshigi oldin ochiladi; so‘ngra bachadon bo‘ynining kanali sekinasta kengayib, pastga tomon torayuvchi voronka shaklini oladi.

Download 239.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling