Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
BACHADON BO‘YNINING OCHILISH DAVRI
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
BACHADON BO‘YNINING OCHILISH DAVRI
Tug‘ruqning birinchi davrida bachadon bo‘yni sekin-asta tekislanadi va bo‘yin kanalining tashqi teshigi bachadon bo‘shlig‘idan homila chiqib ketishi uchun yetarli darajagacha ochiladi. Dard tutishi tufayli bachadon bo‘yni tekislanib, tashqi teshigi ochiladi. Dard tutgan vaqtda bachadon tanasining muskullarida quyidagi jarayonlar ro‘y beradi: a) muskul tolalari qisqaradi bu jarayon – kontraksiya deyiladi. b) qisqarayotgan muskul tolalari joyidan siljiydi, ularning o‘zaro joylashuvi o‘zgaradi, bir biri bilan chalkashib, qisqarishni kuchaytiradi – retraksiya deyiladi. Dard tutguncha uzunlik bo‘yicha ketma-ket yotgan muskul tolalari dard tutgach kaltalanadi, qo‘shni tolalar qavatiga siljib kiradi, bir-biriga yonma-yon yotadi. Bir dard tutishi bilan ikkinchi marta dard tutguncha o‘tadigan davr (pauza)da muskul tolalarining siljiganligi saqlanib turadi. Navbatdagi dard tutishi (bachadon muskullarining qisqarishi) vaqtida muskul tolalarining retraksiyasi kuchayadi, shunga ko‘ra bachadon devorlari tobora qalin tortadi. Bundan tashqari, retraksiya tufayli bachadonning pastki segmenti cho‘ziladi, bachadon bo‘yni tekislanadi va bo‘yin kanalining tashqi teshigi ochiladi. Buning sababi shuki, bachadon tanasining qisqarayotgan bo‘ylama muskul tolalari bachadon bo‘ynining doiraviy (sirkulyar) muskullarini chetga va yuqoriga tortadi, ayni vaqtda bachadon bo‘ynining kanali dard tutishi sayin kengayaveradi – bu holat distraksiya deb ataladi. Qog‘onoq suvlarining bachadon bo‘yni kanali tomonga siljishi ham bachadon bo‘ynining ochilishiga yordam beradi. Har bir dard tutishida bachadon muskullari homila tuxumiga, asosan, qog‘onoq suvlariga tazyiq ko‘rsatadi. Bachadon tubi va devorlarining bir tekis qisishi (tazyiq ko‘rsatishi) tufayli bachadon ichi bosimi oshadi va qog‘onoq suvlari bachadon bo‘yni kanalining ichki teshigiga, ya’ni qarshilik yo‘q tomonga intiladi. Qog‘onoq suvlarining tazyiqi ostida qog‘onoq pardasining pastki qutbi bachadon devorlaridan ko‘chib, bachadon bo‘yni kanalining ichki teshigiga ponasimon shaklda kiradi. Homila tuxumi pastki qutbi pardalarining shu qismi qog‘onoq suyuqlig‘i bilan birga bachadon bo‘yni kanaliga kiradi va homila pufagi deb ataladi.Bachadon bo‘ynining kanali kengaygan sari bachadon bo‘yni kaltalashadi va nihoyat, butunlay tekislanadi (yoziladi), faqat tashqi teshik yopiq turaveradi. Keyinchalik tashqi teshik cho‘zilib, chetlari yupqa tortadi, teshik ochila boshlaydi. Takror tug‘ayotgan ayollarda bachadon bo‘ynining tashqi teshigi homiladorlik oxiridayoq picha ochiq turadi, undan barmoq uchi bemalol o‘tadi. Bachadon bo‘ynining ochilish davrida ichki teshikning ochilishi va bachadon bo‘ynining tekislanishi bilan deyarli bir vaqtda tashqi teshik ham ochiladi Tashqi teshik sekin-asta ochiladi. Dastlab teshik bir barmoq uchini o‘tkazadi, keyin ochiq teshikdan ikkita va undan ortiq bar-moq o‘tadi. Teshik ochilgan sayin chetlari tobora yupqa tortadi, ochilish davrining oxiriga yaqin teshik chetlari kambar yupqa jiyak shakliga kiradi. Teshik taxminan 10–12 sm kengaygach, to‘la ochilgan deb hisoblanadi. Teshik shuncha ochilganda yetuk homilaning boshini va tanasini o‘tkazadi. Har bir dard tutgan vaqtda qog‘onoq suvi homila tuxumining pastki qutbiga intiladi, homila pufagi taranglanib (to‘lishib), teshikka suqilib kiradi. Dard tutib bo‘lganda qog‘onoq suvi qisman yuqoriga siljiydi, homila pufagining tarangligi picha kamayadi. Homilaning oldinda yotgan qismi chanoq og‘zida qimirlab turadigan bo‘lguncha qog‘onoq suvi homila tuxumining pastki qutbiga va teskariga bemalol siljib turadi. Homila boshi pastga tushgach, hamma tomondan bachadonning pastki segmentiga tegib turadi va bachadon devorining shu qismini chanoq og‘ziga qisib ushlaydi. Homila boshining pastki segmenti devorlari bilan o‘ralgan joyi tegish (taqalish) belbog‘i deb ataladi. Bu belbog‘ qog‘onoq suvlarini oldingi va orqa suvlarga ajratadi. Homila pufagidagi qogonoq suvining tegish belbog‘idan pastda yotgan qismi oldingi suv deb ataladi. Qog‘onoq suvining tegish belbog‘idan yuqorida yotgan ko‘proq qismini orqa suv deyishadiDard tutishi kuchaygan sayin oldingi suv bilan homila pufagi tobora ko‘p to‘lishadi va ochilish davrining oxiriga yaqinlashganda dard tutmay turgan davrda ham homila pufagining tarangligi susaymaydi, homila pufagi yorilay deb turadi. Normal sharoitda homila pufagi bachadon bo‘ynining tashqi teshigi to‘la yoki deyarli to‘la ochilgach, dard tutayotgan vaqtda yoriladi (qog‘onoq suvining o‘z vaqtida ketishi). Homila pufagi yorilgach, oldingi suv ketadi. Orqa suv, odatda, bola tug‘ilgandan keyin oqib chiqadi. Homila pufagi ba’zan tashqi teshik to‘la ochilmasdan turib yorilsa qog‘onoq suvi barvaqt (erta) ketdi deyishadi, tug‘ruq boshlanmasdan turib suv ketishi muddatidan oldin suv ketishi deb ataladi. Qog‘onoq suvlarining barvaqt va muddatidan oldin ketishi tug‘ruqning kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pardalar haddan tashqari zich bo‘lsa, homila pufagi tashqi teshigi to‘la ochilgandan keyin kech yoriladi (homila pufagining kech yorilishi), ba’zan homilaning tug‘ilish davrigacha saqlanib turadi va oldinda yotgan qismning oldida jinsiy yoriqdan do‘ppayib ko‘rinib turadi, bunday hollarda barmoq bilan yoki asbob (Koxer qisqichi) bilan homila pufagi yirtiladi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling