Ayrim davlatshunos va huquqshunos olimlarning ilmiy ishlarida davlat


Davlat tipologiyasida formatsiyaviy yondashuv


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.11.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1789967
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ismoil asomiddinov 2- kasuz

Davlat tipologiyasida formatsiyaviy yondashuv. Bu yondashuvga ham 
ko‘plab huquqshunos olimlar o‘z fikrlarini bayon etib o‘tgan. 
Huquqshunos olim SH.A. Saydullayev o‘zining “davlat va huquq 
nazaryasi” kitobida quyidagicha tarif keltirgan, formatsiyaviy yondashuv- 
davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, bazis va ustqurmasi, mohiyati, 
maqsadi, vazifalari, funksiyalari hamda fuqorolar (tabaqalarning)ning siyosiy-
huquqiy maqomi mezoniga ko‘ra tiplarga ajratishdir
7
Ushbu yondashuv vakillarining (K. Marks, F. Engels) fikricha, davlat
iqtisodiy va siyosiy jihatdan hukmron bo‘lgan tabaqalarning quyi tabaqa ustidan 
zo‘ravonligini, hukmronligini amalga oshiruvchi tashkilotdir. Jamiyatda 
formatsiyalarning almashinuvi iqtisodiy sohadagi ziddiyatlar bilan bog’liq. Ushbu 
yondashuv vakillarining fikricha formatsiyalarining yuzaga kelishi, rivojlanishi 
va inqirozga-iqtisodiy formatsiyalarning almashinuvi ijtimoy inqiloblar
natijasida sodir bo‘ladi va bu davlatlarda yuz tutishi takrorlanib turadigan 
jarayonidir.
Huquqshunos 
olim 
X.T.Odilqoriyev 
fikricha
formatsiyaviy 
yondashuvning 
mohiyati 
shundaki, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalarning 
almashinuvi inqiloblar natijasida sodir bo‘ladi bir tarixiy tipidan boshqa, undan 
yuqoriroq ikkinchi tipiga o‘tishini nazarda tutadi. Formatsiyaviy yondashuv fanda 
sinfiy yondashuv ham deb yuritilib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni 
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar hisoblanadi 
8

Saydullayev.SH.A Davlat va huquq nazaryasi.Darslik-Toshkent: TDYU. 2021 51-bet
 
8
Odilqoriyev.X.T Davlat va huquq nazaryasi.Darslik-Toshkent: “Adolat” 2018 79-bet


Formatsiyon yondashuvga ko‘ra insoniyat taraqqiyotida to‘rt tipdagi 
davlatlar shakllanib kelgan, ya’ni quldorlik, feodal, burjua va sotsialistik 
davlatlardir. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling