Ayrim davlatshunos va huquqshunos olimlarning ilmiy ishlarida davlat
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
ismoil asomiddinov 2- kasuz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi savolda keltirilgan
- Huquqshunos olim SH.A.Saydullayev
Huquqshunos olim X.T.Odilqoriyev “davlat va huquq nazaryasi” kitobida
quyidagicha tarif bergan “Davlat tipologiyasi- davlatning mohiyatan o’ziga xos xususiyatlarini ajratish yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalaniladigan ta’limot, bilimlar tizimidir 2 ”. Davlat tipologiyasida davlatlarni muayyan mezonlar asosida turlarga ajratish, tasniflash amalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida davlat tipologiyasini o‘rganishda ikkin xil yondashuv, yani formatsiyaviy (tarixiy materialistil) va sivilizatsiyaviy (ma’rifiy} yondashuvni ko’rsatish mumkin. Davlat va huquqiy tizimlarni tiplarga ajratib tasniflash davlat-huquqiy materiyasini anglashda obyektiv zaruriy va qonuniyatli jarayon bo‘lib, u davlat va huquq rivojlanishining tabiiy-tarixiy mantig‘ini aks ettiradi. Tipologiya davlat va huquqning rivojlanishi tarixiy jarayonini o‘rganishni muhim usuli vositasi hisoblanadi. Demak, davlatlarni tiplarga bo’lib o‘rganish qulayroq negaki, biz shunda davlatning tarixi va madaniy va marifiy odatlarini chuqurroq o’rganishga yordam beradi. Ikkinchi savolda keltirilgan davlat tipologiyasida sivilizatsiyaviy yondashuv haqida savolga javob berishdan oldin, sivilizatsiyaviy yondashuv nima ekanligiga aniqlik kiritib olishimiz lozim. Sivilizatsiyaviy yondashuvga ham huquqshunoslar tomonidan turli xil fikrlar bildirilgan. Huquqshunos olim SH.A.Saydullayev o‘zining “davlat va huquq nazaryasi” kitobida quyidagicha tarif berib o ‘tgan, “sivilizatsiyaviy yondashuv- bu formatsiyaviy yondashuvning mezonlari (davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, basis va ustqurmasi hamda fuqorolarning siyosiy-huquqiy maqomi) bilan bir qatorda ko‘proq xalqlarning ma’naviy, ahloqiy, diniy va madaniy rivojlanish darajasiga qarab davlatlar tiplarga ajratilishidir. 3 2 Odilqoriyev.X.T Davlat va huquq nazaryasi. Darslik-Toshkent:”Adolat:2018 79-bet 3 Saydullayev.SH.A Davlat va huquq nazaryasi. Darslik-Toshkent: TDYU.2021 54-bet Ya’ni, biz davlatlarni madaniy, diniy, ahloqiy va ma’naviy kelib chiqishiga ko’ra ham tiplarga ajratishimiz mumkin. Sivilizatsiyaviy yondashuvda ko’proq davlatlarni yuqorida keltirilgan mezonlar asosida tasniflashadi. Xo‘sh, bunday tasniflash nima uchun kerak? Biz davlatlarni yuqoridagi kabi tiplarga ajratib o’rgansak, davlatlardagi ijtimoiy holat, u davlatdagi siyosiy holatlar haqida ko‘proq malumotga ega bo’lamiz. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling