Ayrim davlatshunos va huquqshunos olimlarning ilmiy ishlarida davlat
To‘rtinchi muommoga to‘xtaladigan bo‘lsak
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
ismoil asomiddinov 2- kasuz
- Bu sahifa navigatsiya:
- SH.A.Saydullayev Davlat va huquq nazaryasi.Darslik-Toshkent: TDYU nashriyoti. 2021-247.b 2. X.T.Odilqoriyev
To‘rtinchi muommoga to‘xtaladigan bo‘lsak, davlat va huquq
hodisalarini o‘rganishda davlat tipologiyasi haqida fikr yuritganimizda, bu fikr bizda davlatlarni o`z xarakterlariga ko`ra bo`lganimizdan dalolat beradi. Bu bo`lish bizga har bir davlat o`ziga xos olamshumul xarakterga egaligini, bu xarakterlarning har biri mingyillar davomida shakllanib, rivoj topganini anglashga, idrok etishga ko`mak beradi. Davlat va huquqiy materiyani anglashning obyektiv zaruriy va qonuniyatli jarayoni bo‘lib, u huquqiy tizimlarni tiplarga ajratib klassifikatsiya qilish davlat- davlat va huquq rivojlanishining tabiiy-tarixiy mantig‘ini aks ettiradi, davlat va huquqning bir tipining boshqa tipi bilan almashinishi tarixan muqarrarligini ifoda etadi. 9 Bizningcha, davlatni tiplarga bo`lib o`rganish har birimiz uchun foydali bo`ladi, negaki qaysi davlat ma’lum bir jihatga ko`ra qaysi tipga kirishini bilishimiz biz uchun foydadan holi bo`lmaydi. Misol uchun, biz rivojlangan davlatlarning tipini bilib, uning yaxshi jihatlarini o`rganib, o`z davlatchiligimizga moslab ularni joriy qilishimiz va shuning orqasidan davlatimizni yanada rivojlantirishimiz mumkin, misol uchun yevropa va shimoliy amerika davlatlar XX asrda bosib o‘tgan yo‘lni uchinchi dunyo mamlakatlari endi bosib o‘tmoqda, va bu bizga XX asrdagi kapitalistik davlatlar qilgan xatoni takrorlamaslikga, va ular erishgan muvaffaqiyatlardan unumli foydalanishga ko‘mak beradi.Ikkinchidan, o`zimizning davlatimizning qaysi tipga mansubligini o`rganib, tahlil qilib, so`ngra undagi mavjud bo`shliq va kamchiliklarni to`ldirishimiz va yo`qotishimiz mumkin.Albatta, zamon o`tgani sayin insonlarning huquqiy ongi 9 https://teletype.in/@kamlijanov/ZCQWLpGqeWA ham o`sib boradi va shu asnoda davlatchiligimiz asoslarini takomillashtirishimiz mumkin bo`ladi. Xulosa, davlat tipologiyasi davlat va huquqiy hodisalarni o‘rganishda hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki u qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi, siyosatni ishlab chiqishda axborot beradi, huquq nazaryasiga xissa qo‘shadi va bashorat qilish imkonini oshiradi. Biz davlatlarni tiplarga ajratilgan holatda o‘rgansak, davlarlarni asosiy xususiyatlarini, madaniyatini, boshqaruv tartibi qanday bo‘lganligini va qanday rivojlangan yoki rivojlanayotganini bilib olishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. SH.A.Saydullayev Davlat va huquq nazaryasi.Darslik-Toshkent: TDYU nashriyoti. 2021-247.b 2. X.T.Odilqoriyev Davlat va huquq nazaryasi.Darslik-Toshkent: “Adolat”. 2018 - 528.b 3. M.Najimov Davlat va huquq nazaryasi O‘quv- uslubiy qo‘llanma. -Тoshkent.: ТDYU nashriyoti, 2019-181.b Internet sahifasi 1. https://argumenta.ru/uz/citizenship-of-the- russian-federation/formacionnyi-i- civilizacionnyi-podhody-k-tipologii/ 2. https://teletype.in/@kamlijanov/ZCQWLp GqeWA Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling