Iste’molchi talabi - Iste’molchi talabi
Ommaviy Snob effekti Veblen iste’mol effekti Ratsional - rejalshtirilgan Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini quyidagilarga ajratish mumkin: - funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi talab
- nofunksional talab, iste’molchilik xarakteristikalaridan tashqari, boshqa omillarni ham taqozo etuvchi talab.
- Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos kelishga intilishini ko‘rsatadi.
- Snob samarasi ommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish, individuallikka intilish hisoblanadi.
- Ko‘rgazmali iste’mol samarasi bu shunday paradoksal holatki, bunda tovarlarga bo‘lgan talab ularni boshqa (o‘ziga o‘xshash) tovarlarga nisbatan yuqori narxda bo‘lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori obro‘-e’tiborga ega, elita ko‘rinishida bo‘lganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o‘z asarida aks ettirgan.
Iste’molchining xatti-harakati bosqichlari - Iste’molchilarning xatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
- Birinchi bosqichda iste’moldagi afzallik o‘rganiladi. Bunda iste’molchi bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi mezonlarini aniqlash mumkin.
- Ikkinchi bosqichda iste’molchilar byudjetining chegaralanishiga, ya’ni iste’mol tovarlarini xarid etishda chegarali daromadga duch kelishlari ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilar daromadi turli tovarlar narxiga qarab ularga ma’lum chegarali to‘plamdagi tovarlar sotib olish imkonini beradi.
- Uchinchi bosqichda iste’molchi nimani afzal ko‘rishini byudjetning chegaralanishi bilan birga qo‘shib iste’molchi tanlovi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |