Аъзам Сардор Эркин ўғли


ISTE’MOL NAZARIYASI QUYIDAGI TAXMIN-MULOHAZALARGA ASOSLANADI


Download 418.21 Kb.
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi418.21 Kb.
#1330826
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Мавзу Истеъмолчи хатти харакати

ISTE’MOL NAZARIYASI QUYIDAGI TAXMIN-MULOHAZALARGA ASOSLANADI:

    • Iste’molchilar iste’mol tovarlari va xizmatlarni solishtirib ko‘rish va turkumlashtirishga qodir. Iste’molchi ikkita A va B ne’matlar to‘plamidan A ni B dan yoki B ni A dan afzal ko‘radi. A>B, B
    • Iste’molchilarning xohish-istagining mutanosibligi (tranzitivligi). Agar iste’molchi A tovar guruhini B ga nisbatan ko‘proq istasa va B tovar guruhini S tovar guruhidan ko‘ra ko‘proq xohlasa, unda u A tovar guruhini S tovar guruhiga nisbatan ko‘proq xohlagan bo‘ladi, ya’ni: A>B, BS.
    • To‘yinmaslik. Tovar qiymatini hisobga olmay, hamma tovarlar yaxshi (ma’qul) tovarlar deb hisobga olib, iste’molchi xar doim kam miqdordan ko‘p miqdordagi tovarlarni afzal ko‘radi.
    • ?
    • ?

NAFLILIK FUNKSIYASI. YALPI VA CHEKLI NAFLILIK

  • Naflilik (Utility) – tovar va xizmatlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlar qondira olish qobiliyati, ya’ni ularning qanoatlantirish manbai bo‘lish xususiyati hisoblanadi.
  • Tovar va xizmatlarning nafliligi ularning sifati bilan bog‘­liq. Sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • sog‘liqqa foydali­ligi,
  • dizaynining estetik chiroyi,
  • foydalanishning osonligi,
  • uzoq mud­datliligi,
  • qulayligi,
  • individualligi,
  • xavfsizligi,
  • yuqori statusga ega ekanligi va b.

BEFARQLIK EGRI CHIZIG‘I

  • Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, nafli tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.
  • Befarqlik egri chizig‘i turli guruhdagi tovarlar va xizmatlarga nisbatan shaxsiy afzal ko‘rish darajasini tasvirlab beradi. Ammo afzal ko‘rishning o‘zi iste’molchi xatti-xarakatini to‘liq tushuntirib bermaydi. Iste’molchining individual tanloviga byudjetning chegaralanganligi ham ta’sir etadi, chunki bu turli tovarlar va xizmatlarning narxiga ko‘ra kishilarning iste’molini cheklab qo‘yadi.

Download 418.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling