- Buddaning o‘limidan so‘ng shogirdlari orasida ajralish ro‘y berdi. “Xinayana” (sanskritcha – kichik g‘ildirak) yo‘nalishi an’anaviy qarashlarga rioya qilishi bilan birga Budda ta’limotiga qat’iy mantiqiy izchillik berishga intildi. “Mahayana” (sanskritcha – katta g‘ildirak) yo‘nalishi Budda ta’limotining barcha tomonlarini isloh qildi. Buddaga ilohiylik tusini berib, diniy marosim va ibodatlarni joriy etdi. Ushbu yo‘nalishlarning mahalliy qadriyatlar va boshqa dinlar bilan sintezlashuvi esa “lamaizm”, “vajrayana”, “dzen (chan) buddizm”, “tyantay”, “dxiana” kabi yo‘nalishlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
- “Dzen buddizm” V–VI asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan mahayana yo‘nalishidagi maktablaridan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Boddxidxarma hisoblanadi. “Dzen” (lotincha – mediatasiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qilish) buddizmning asosiy xususiyatlari sifatida nazariyadan ko‘ra amaliyotga, diniy o‘git va qonun–qoidalarni yodlash o‘rniga mushohada qilishga alohida e’tibor berilishini, irrasionalizm va mistikaga moyillikni qayd etish mumkin.
Lamaizm (tibetcha – eng ulug‘) VII–XIV asrlarda Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan. Muqaddas diniy kitoblar “Kang’yur” va “Teng’yur”da bayon qilingan barcha qonun–qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson buddaviylik aqidalariga tayanib, faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, lamalar yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha olmaydi. - Lamaizm (tibetcha – eng ulug‘) VII–XIV asrlarda Tibetda mahayana yo‘nalishi ta’sirida vujudga kelgan. Muqaddas diniy kitoblar “Kang’yur” va “Teng’yur”da bayon qilingan barcha qonun–qoida va talablar lamaizm e’tiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm ta’limotiga ko‘ra, inson buddaviylik aqidalariga tayanib, faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, lamalar yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha olmaydi.
- Neobuddizm XX asrning 40–50–yillaridan boshlab keng tarqala boshlagan diniy–ideologik oqim bo‘lib, Birma, Tailand, Laos, Vyetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik va milliy uyg‘onish harakati bilan bog‘liqdir. Uning asosida yangi zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor g‘oyalarni targ‘ib qilish, payg‘ambar va avliyolarni yaratish, taqvodorlik va tarkidunyochilikni rad etish, “karma” kabi masalalar yotadi. Aql–idrokning ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi e’tirof etilib, buddaviylik g‘oyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi, psixoanaliz usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan neobuddizm oqimi diniy–islohotchilik harakati kuchayishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |