Azimov Sodiqning Dinshunoslik fanidan tagdimoti
Download 13.7 Kb.
|
Azimov Sodiqjon
Buddaviylar har oyda ikki marta “Tiyilish kuni” marosimini o‘tkazadilar. Ibodatdan oldin muattar hid taralib turishi uchun Budda haykali atrofiga gullar qo‘yilib, shamlar yoqilgan. Ibodat Budda haykaliga qarab bajariladi. Buddaviy rohiblar muqaddas kitobdan parchalar o‘qishadi. Marosim tugagach, rohiblar ibodatga kelgan kishilar ustiga, ular o‘z navbatida yerga suv sepadilar. Shu yo‘l bilan rohiblar bilan oddiy kishilar o‘zlaridagi yaxshi hislatlarni o‘zaro baham ko‘rishga intilishlarini namoyish etadilar. Ibodat paytida guldan foydalanishda ham chuqur ramziy ma’no bor. Zero, so‘lib qolgan gul hayotning o‘tkinchiligi, muattar hid esa buddaviylikka e’tiqod qiluvchilarning go‘zal xulq–atvorli bo‘lishi lozimligini eslatadi.
Buddaviylikda ibodatlar xoli (yakka holda) ham amalga oshiriladi. Bu insonning istagan paytda ibodat qilish, o‘z ichki olamiga kirib, ishonch–e’tiqodining mohiyati haqida mushohada yuritishiga imkon yaratadi, deb hisoblanadi. Diniy urf–odat va marosimlarning oddiyligi buddaviylikning jahonning turli mamlakatlarida keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Buddaning tug‘ilgan, nurlangan va vafot etgan kunlarini xotirlash bilan bog‘liq marosimlar mavjud. Xususan, Buddaning tug‘ilgan kuni ommaviy bayram sifatida nishonlanishini alohida qayd etish lozim.
Download 13.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling