Qaratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa hududlarida buddaviylik dini - Fayoztepa “vixara” (sanskritcha – kulba, boshpana, buddaviy rohiblarning yomg‘ir mavsumi vaqtida yashaydigan kulba, hovli va bog‘dan iborat bo‘lgan joyi) uslubidagi ibodatxona bo‘lib, uning markazida diniy marosimlar o‘tkazilgan. Ibodatxona bilan yonma–yon joylashgan stupadan oltin suvi yurgizilgan, sopol va marmardan yasalgan haykallar topilgan. Bu yerdan marmartoshdan nafis ishlov berib yasalgan muqaddas “Boddxa” daraxti ostida o‘tirgan Budda va uning ikki tomonida turgan ikki rohib haykali ham topilgan.
- Qoratepa xarobasidan shimoliy Baqtriyadagi eng katta va mahobatli stupa topilganini alohida qayd etish lozim. Bizgacha stupaning asosi hamda zinapoyaning ikki tomonida joylashgan kichik stupalar, o‘sha davrga tegishli yozuv namunalari saqlanib qolgan.
Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o‘rnida bo‘lgan. Kushonlar hukmdori Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllanib, savdo–sotiq markazlaridan biriga aylangan. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa (qalinligi 10 metrgacha bo‘lgan qudratli mudofaa devori bilan o‘rab olingan qal’a shahar) majmuasidan Budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan dahma, shuningdek, oltin xazina to‘ldirilgan ikki yarim metrli sopol ko‘za topilgan. Bular buddaviylikning o‘sha davr xalqlari ijtimoiy–ma’naviy hayotidagi mavqei va boshqa mahalliy dinlar o‘rtasida egallagan o‘rnini ko‘rsatadi. - Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o‘rnida bo‘lgan. Kushonlar hukmdori Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllanib, savdo–sotiq markazlaridan biriga aylangan. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa (qalinligi 10 metrgacha bo‘lgan qudratli mudofaa devori bilan o‘rab olingan qal’a shahar) majmuasidan Budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan dahma, shuningdek, oltin xazina to‘ldirilgan ikki yarim metrli sopol ko‘za topilgan. Bular buddaviylikning o‘sha davr xalqlari ijtimoiy–ma’naviy hayotidagi mavqei va boshqa mahalliy dinlar o‘rtasida egallagan o‘rnini ko‘rsatadi.
- Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va madaniyati rivojida buddaviylik muayyan o‘rin egallaydi. Bunga Markaziy Osiyo hududida joylashgan Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan arxeologik qazilmalar, jumladan, Shakьyamuni sanamlari, haykalchalar, ramziy g‘ildiraklar va stupa qoldiqlari, shuningdek, marmardan yasalgan va juda yaxshi saqlangan Budda haykali aniq dalolat beradi.
- Qadimgi Termiz xarobalaridan topilgan yirik ibodat majmuasida 25 ta Budda kompleksi (Buddaning tikka turgan, o‘tirgan va yotgan holdagi haykallari 3–4 metrgacha balandlikda loy–ganchdan ishlangan) borligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |