Aziz o‘quvchilar!


BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq


Download 0.84 Mb.
bet102/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq.
Ijrosini o‘rniga qo‘ymoq.
Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, do‘ndirmoq oddiy ish-harakatlarga nisbatan ham, shuningdek, bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatga nisbatan ham qo‘llana oladi. Qiymoq, eshmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos, bular bajarilishi ustalik, mahorat talab etadigan harakatalarga nisbatan qo‘llanadi va bu so‘zlarda belgi darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Kelishtirmoq nisbatan kam qo‘llanadi. Mondalamoq shevaga xos.
IV.Mustahkamlash
1. Kirishlarning qanday turlari bor?
2. Kirishlar qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
3. «Afsus», «achinish» ma’nosini ifodalovchi kirishlarga misollar keltiring.
4. «Taajjub», «gumon» ifodalovchi kirishlarni ayting.
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa:
95-mashq. Berilgan misollarda qo‘llangan kirish so‘z, kirish birikma va kirish gaplarda qanday uslubiy ma’nolar ifodalanayotganini aniqlang.
1. Sizning xayollaringizni ostin-ustin qilgan o‘zimdagi fazilatlarni (rostdan ham, bormi ular) topib, ardoqlab ya shayman. (Xurshid Do‘stmuhammad) 2. Ayniqsa, o‘zi serjahl bo‘lishiga qaramay, Asrora uni erkalatib qo‘ygandi. (Said Ahmad) 3. Asqar Aminovich o‘ng‘aysizlanib tomoq qirdi. – Attang, oldinoq bilganimda... – Mayli, – dedi Matluba. (O. Yoqubov) 4. Samolyotga o‘tirishdan oldin farg‘onalik adib, do‘stim (Oxirati obod bo‘lgur) Yo‘ldosh Sulaymonga telegramma berib qo‘ygandim. (J. Abdullaxonov) 5. Albatta, hozirgi yoshlarga, ya’ni sizga, mening bu gaplarim g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin men, aminmanki, tanishsalaringiz... til topishib ketasizlar. (O. Yoqubov) 6. Qani, xonim, marhamat qilsinlar! (O. Yoqubov) 7. Haqiqatan, yo‘l bo‘yida, to‘g‘rirog‘i, katta o‘qariqning narigi tomonida, yuzi doka ro‘mol bilan yopilgan bir qiz yerda chalqancha cho‘zilib yotar, bir nechta qizlar atrofida parvona edi. (O. Yoqubov)




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling