Aziz o‘quvchilar!
Download 0.84 Mb.
|
10-ona-tili-konspekt (1)
96-mashq. Yozuvchi O‘. Hoshimov asarlarida qo‘llangan kiritmalarning ma’no nozikliklarini sharhlang.
1. Toshoyna tokchasidagi soat shoshilinch chiqillaydi (Valijon Novgorod tomonlardan olib kelgan batareyali soat). 2. Yangi rais (avvalgi Rais buva qamalib ketdi, uch yil bo‘ldi: pax tani qo‘shib yozgan ekan) majlis qildi. 3. Chap qo‘llab rasm chizsa (chapaqay edi), odamning aqli shoshardi. 4. Iskandarjon, jon bolam, – Bahri xola uning yelkasiga qoq di. – Chiqa qoling, qoqindiq. 5. Iskandar (u endi Iskandar Vahobo vich emas, Iskandar, oddiy Iskandar bo‘lib qolgandi, negaki o‘lim hammani baravar qilib qo‘yadi) vazmin qadam lar bilan salqin dahlizga chiqdi. 6. Qarasam, o‘zimning bolalikdagi «o‘ris o‘rtog‘im» Valya kelyapti (Asli oti Valentin ekanini keyin bilganman). 7. Xuddi shu hovlida, xuddi shu so‘rida o‘tirib (Otinoyi katta oxurdan yem yegan qudalaridan uyalib, restoranga bormagan, ammo uyda chiroyli dasturxon tuzab qo‘ygan edi) qiziga nasihat qildi. 97-mashq. Berilgan gaplardagi kirish va kiritmalarni subyek tiv baho ifodalashi yoki gap mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklayotganini ayting. 1. To‘g‘ri, tasodifiy hodisalar zumda unutiladi, xayol dan parishon bo‘lmagan taqdirda ham es-hushli odam zumda aqlini yig‘ib oladi. (Xurshid Do‘stmuhammad) 2. Shu payt zalning to‘ridagi sahnada musiqachilar (kirganimizda dam oli shayotgan edi, shekilli) gumbur-gumbur qilib, sozlarini chala ketishdi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Aytaymi? Ishonasanmi, ishqilib?! (Xurshid Do‘stmuhammad) 4. Bir eski qalpoq-da, shuni qalpoq deb kiyib yurmayman-ku, baribir, kiymaganimdan keyin nima ham qalpoqligi qoladi. (Ahmad A’zam) 5. Axir, odam bo‘lish osonmi! (Ahmad A’zam) 6. Uning fikricha, kelajak jamiyat butunlay elektron hisoblash mashinalari ixtiyoriga o‘tadi. (E. Vohidov) 7. Bu g‘unchalar... ertaga qanday gul bo‘lib ochilishi noayon, illo, men uning hatto mana shunday makkorliklarini-da (Nimalar deyapman?!) sevaman!.. (Xurshid Do‘stmuhammad) 98-mashq. Berilgan gaplardagi kiritmalarda ifodalangan qo‘shim - cha ma’lumot va izohlarning badiiy-mantiqiy qimmatini izohlang. 1. Hovli tomonda qo‘y ma’raydi (Valijonning to‘yiga atab boqilayotgan qo‘y). (O‘. Hoshimov) 2. Qizining o‘g‘irlanishi (aynan o‘g‘irlanganiga Asadbek shubha qilmaydi) ana shu yomg‘irdan nishon edi. (Tohir Malik) 3. Ertalab muzlatgichni (uning birdan bir boyligi) ochib, nonushtaga arzigulik hech vaqo yo‘qligini ko‘rib, ta’bi xira bo‘ldi. (Zulfiya Quroboy qizi) 4. Jarohat o‘rniga qov (kuydirilgan paxta) qo‘ydi. (G‘afur G‘ulom) 5. Nihoyat, jo‘jalar tuxumlarni yorib chi qibdi, voy, biram nozik, biram chiroyli ekanlarki, ota-onalari sevinib, bedazorni boshlariga ko‘tarib sayrab yuborishibdi. (X. To‘xtaboyev) 6. Otaqo‘zi darvozadan kirib keldi-yu, to‘g‘ri quduqqa o‘tib, salkam bir paqir (Oliya buni o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi!), salkam bir paqir suv ichdi. (O. Yoqubov) 7. Bir kuni (Birinchi kursda o‘qir edik) Muzaffar odatdagidek baqaterak tagida xayrlashib ketdi. (O‘. Hoshimov) 8. Oyim bir nima deyayotgan bo‘lsa kerak (Uning ovozi eshitilmas edi), Sulaymon Akramovich bir necha daqiqa sukut qildi. (O. Yoqubov) Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling