Aziz o‘quvchilar!
KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq
Download 0.84 Mb.
|
10-ona-tili-konspekt (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Mustahkamlash V.Baholash Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI.Uyga vazifa: 111-mashq.
KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq. Organizmning normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi. Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga, hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z «organizm faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham qo‘llanaveradi. Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qo‘llanadi. Betob, notob so‘zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini
bildiradi. Notob kam qo‘llanadi. Bemor so‘zida ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga nisbatan yozuvda ko‘p qo‘llanadi. Xasta nisbatan eskirgan. Nosog‘ juda kam qo‘llanadi. Og‘riq so‘zi ham bu ma’noda kam qo‘llanadi. 1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar har doim necha qismdan iborat bo‘ladi? 2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma gapga aylanti rilganda, qanday shakliy-uslubiy o‘zgarishlar yuz beradi? 3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, mazmunan soddalashish yuz beradimi? 4. So‘zlovchining modal munosabatlari ko‘chirma gapli qo‘shma gapda yaqqol aks etadimi yoki o‘zlashtirma gapda? IV.Mustahkamlash V.Baholash Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. VI.Uyga vazifa: 111-mashq. Berilgan matndagi ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlash tir ma gaplarga aylantiring, mazmuniy munosabatlar ta’kidining o‘zgarishiga e’tibor qiling. To‘rdagi eshik ham oynavand edi. Nazir ota ichkariga kirdi. Deraza yonida bir qiz nimanidir yozib o‘tirardi. – Mumkinmi? – dedi chol eshikni qiya ochib. – Keling, – qiz o‘rnidan turdi. Nazir ota ichkariga kirdi. – Vohid... Vohid... – u boshqarma boshlig‘ining familiyasini eslolmadi. – Vohid Saidovich Saidov, – dedi qiz jilmayib. – Ha. Vohid Saidovichda ishim bor edi... – Nima ish? Nazir ota aytib berdi va qo‘ynidan qog‘ozni olib ko‘rsatdi. Qiz uni sinchiklab ko‘rdi-da, – Men so‘raychi, – dedi va yon tomondagi xonaga kirib ketdi. Ko‘p o‘tmay chiqdi. – Kiring, so‘rayaptilar. To‘rda, ixchamgina stolning orqasida qorachadan kelgan yosh bir yigit nimagadir tikilib o‘tirardi. Nazir ota tanidi. Bu – uning qog‘ozi edi. Yigit cholni ko‘rib, o‘rnidan qo‘zg‘aldi. – Keling, ota, keling, – dedi va stolni aylanib o‘tib, unga qo‘lini uzat di. – Assalomu alaykum. Qani, o‘tiring. – U stol yonidagi kresloni ko‘rsatdi. O‘zi ham Nazir otaning ro‘parasiga o‘tirdi. – Keling, ota, xizmat? – Xizmat shuki, bolam, – dedi Nazir ota nafasini rostlab. Kecha nevaram bilan uyni ko‘tarayotib, mana shu qog‘ozni topib oldim. O‘g‘limniki. O‘g‘lim ham sizga o‘xshab geolog edi. Urushda bedarak ketdi. Bir-ikkitaga ko‘rsatuvdim, konning plani deyishdi... Konning plani bo‘lsa, kerak narsa ekan deb, bu yoqqa keldim. Bir ko‘ring, bolam. Har holda o‘g‘limdan xotira-da. – Juda yaxshi, ota. Juda yaxshi. Albatta, ko‘ramiz. Saidov yana qog‘ozga tikildi. – Yettiqoyaga yaqin turasizmi? – Ha, Shirinsoyda hovli. Tog‘ bizdan olti chaqirimcha keladi. Eshik ochilib, chakkalariga oq oralagan o‘rta yashar bir kishi kirdi. – Bu yoqqa keling, Mahmud aka, – dedi Saidov. Qodirov uning oldiga kelgach, qog‘ozni uzatdi. – Bir narsa tushundingizmi? – Yettiqoya-ku! – dedi Qodirov qog‘ozdan ko‘zini uzmay. – Nimaningdir plani... – Ha, – dedi Saidov. – Otamlar olib keldilar. Urushda bedarak ketgan o‘g‘illariniki ekan. Siz ko‘p shug‘ullangansiz Yettiqoya bilan, yaxshilab ko‘ring-chi. (O‘. Umarbekov) Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling