Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Berilgan gaplarda ko‘plik shakllarining qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang.
1. Sevguchi Farhod va Shirinlar haqidagi go‘zal hikoya asrlar bo‘yi yashab kelmoqda. (Hamid Olimjon) 2. Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik. (O‘. Umarbekov) 3. Qizlar o‘zlari yasagan katta ipak koptokni Gulshanga berdilar. (Abdulla Qodiriy) 4. Gulshanlar kirgan hovli «qirq qizlar» deb atalar edi. (Abdulla Qodiriy) Ko‘plik qo‘shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’no sidan tashqari turli qo‘shimcha ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki, miqdor aniq ko‘rsatilgan holatlarda bu qo‘shimchaning qo‘llanishi uslubiy xato sanaladi. Masalan, o‘nta kitob lar tarzidagi birikmada odatdagi ko‘plikni ifodalovchi -lar qo‘shimchasi noto‘g‘ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‘g‘risi o‘nta kitob bo‘lishi kerak. Ko‘plik qo‘shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslub larda hurmat, kinoya-piching, kuchaytirish-ta’kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Masalan: Dadam keldilar (hurmat); Yigitcha «botir» bo‘lib keldilar (kinoya); Bolalar quvonchlarga to‘ldi (kuchaytirish); Alpomishlar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |