Aziz o‘quvchilar!


Download 0.84 Mb.
bet53/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

46-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar tarkibidagi ko‘plik qo‘shim chalarining uslubiy vazifalarini ayting.
1. Do‘stlarimga Ra’noning bu gapi chunonam go‘zal dastak bo‘ldiki, o‘zlarini qushdek yengil sezganlaridan ochilib-sochilib, avvalgiday bordi-keldini avjlantirib yubordilar. (Komil Avaz) 2. Nomard ekan, chaldi bog‘lab qo‘llarim, Qiyo boqmay ko‘z yosh tomgan yuzimga. (Hamza) 3. Ham yana Erhubbi bo‘ladur tag‘o, Ammamizning erlaridur Nurato (Muqimiy) 4. Qizlar majlisi – gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilar majlisi! (Abdulla Qodiriy) 5. Yosh oybeklar bayrog‘in ko‘taraylik ba landga. qari ifoda (A. Oripov) 6. Egila berib-egila berib, bellarim og‘rib ketdi, kapitan uka. (Tog‘ay Murod) 7. Opa, akamlarga bir bog‘ni ko‘rsatib chiqaman, maylimi? (O‘. Umarbekov)
47-mashq. Ko‘plik qo‘shimchasining grammatik ko‘plik va uslubiy vazifa bajarib kelgan o‘rinlarni aniqlang.
1. Bakovul ularning belbog‘larini boshqatdan boylab, omin deb fotiha berdi. (Said Ahmad) 2. Omon bo‘lsak, hademay Samarqand- u Farg‘onalarga ham borib qolgaymiz! (P. Qodirov) 3. Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan bir tup o‘rik tagidan burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 4. Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen. (Iqbol Mirzo) 5. Biz Kosonsoyda ular bilan so‘zlashdik. Maqsadlari urishish emas. (P. Qodirov) 6. Agar shartimizni qabul qilsalar, yolg‘iz bolamiz ikki bo‘lib – ayni bizning muddaomiz; yo‘q, qabul qilmasalar, ul vaqtda ginalari o‘zlaridan bo‘lsin, mana bu maslahatga nima deysan, xotin? (Abdulla Qodiriy) 7. Bir yerda muqim hayot kechirish bilan tinimsiz darbadarlik o‘rtasida qanchalar farq bor? – dedi mehmon. (Isajon Sulton)
48-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi ko‘plik shaklini tushirib ko‘ring va yuz bergan ma’noviy o‘zgarishlarni izohlang.
1. U ellik yoshlarni qoralab qolgan, yuzlarida bitta ham ajini yo‘q, ko‘hlik ayol edi. (Said Ahmad) 2. O‘shanda ham, bu vagonda qayoqlarga ketayotganini emas, o‘sha Komilni o‘ylardi. (Asqad Muxtor) 3. So‘fi jim qoldi. Hatto ko‘zlariga yosh kelganday bo‘ldi. (Cho‘lpon) 4. Yig‘layberdi. Sovun yuqi qo‘llari bilan yuzlarimni, boshlarimni silab yig‘ladi. (E. Vohidov) 5. Boshlarida ulug‘vor shovullab daraxtlar mangu qo‘shiqlarini baralla aytar, oyoqlari ostida endi-endi to‘kilib, yer yuzini hali qoplab ulgurmagan xazonlar mayin shitirlar, quloqlari tagida sarin shaboda esib turar, yosh va baquvvat vujudlari sharobning yengil kayfidan mastona tebranib borardilar... (Ulug‘bek Hamdam) 6. Sen madorsizlanib qolgan oyoqlaringni zo‘rg‘a ko‘tarib, hovli eshigigacha bording. (Nazar Eshonqul) 7. Har bir kunda bir buyuk mazmun, Quyosh to‘kar boshlaringga zar, Tojixonlar tongi boshlangan Farg‘onadan Amuga qadar... (Hamid Olimjon) 8. Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal ko‘zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat! (Cho‘lpon)

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling