Aziz o‘quvchilar!


-mashq. Biror badiiy asardan -lar


Download 0.84 Mb.
bet54/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

49-mashq. Biror badiiy asardan -lar qo‘shimchasining kesatiq, hurmat, umumlashtirish, gumon va ta’kidlash ma’nolarida qo‘llangan o‘rinlarni toping.
Quyidagi so‘zlarning izohlarini esda saqlab qoling. Ularga ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shib ko‘ring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
KANIZ 1 Tutqun ayol; cho‘ri. 2 Xon, amir va boshqa hukmdorlarsaroyidagi xizmatchi ayol.
MUFTI(Y) Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi; fatvo beruvchi lavozimli ulamo.
RABOT 1 Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2 Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3 Shahardan chetroqdagi turarjoy.
SUYURG‘OL Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yersuv, mol-mulk.
QIBLAGOH 1 Qibla tomon, qibla. 2 O‘ta hurmatga loyiq kishi (masalan, ota) va unga murojaat shakli.
QURULTOY 1 Mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimdan mav jud bo‘lgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 2 O‘zbekistonda hozir: biror soha vakillari ishtirokidagi respublika miqyosida o‘tkaziladigan katta yig‘ilish.
IV.Mustahkamlash
1. O‘zbek tilida birdan ortiqlik qay tarzda ifodalanadi?
2. Ko‘plik shakli qanday uslubiy ma’nolarni ifodalaydi?
3. Yuz, ko‘z, qo‘l kabi so‘zlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda, qanday uslubiy ma’no ifodalanadi?
4. Aniq miqdorni ifodalovchi sonlardan keyin ko‘plik shaklini qo‘llash mumkinmi?
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.




VI.Uyga vazifa:
50-mashq. Biror badiiy asardan ko‘plik qo‘shimchasi uslubiy vazifalar bajargan 8 ta gapni ko‘chirib yozing.





Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling