Aziz o‘quvchilar!


Download 0.84 Mb.
bet36/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

33-mashq. Berilgan gaplardagi shevaga xos so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatidan kelib chiqib, qaysi hududlarda qo‘llanishini aniqlang.
1. Shashma-shashma, qo‘rquvdirgan jeri jo‘q, qani, munday uzatchi... (Murod Mansur) 2. Ur-re, chopdik, opoqbuvimlarga. Ayamam keluttilar! – dedi Yodgor. (Murod Mansur) 3. Keyin kulib hamda g‘ijinib davom etdi: – Shundoq ketivossam, ro‘paramdan ikkita damilliy vangi kevotti. (Sh. Xolmirzayev) 4. To‘g‘riga yurib, chapga burilsangiz, guzarga chiqasiz. Choyxona ashatda. (Tohir Malik) 5. O‘jaki biram chiroyli, katta. Ertaga o‘viz pishiramiz. Sen o‘vizni yaxshi ko‘rasanmi? (O‘. Umarbekov) 6. Eb-ey, yaxshilikka yomonlik! – dedi. – Men seni bo‘lam deb aytib edim, bo‘laginam deb aytib edim, eb-ey! (Tog‘ay Murod) 7. Jichcha quying, azizim... kelgan, ketgan bo‘lsa, yaxshi bo‘pti. (Sh. Xolmirzayev) 8. Katta-katta ko‘pkarilarda uloq to‘dadan sag‘al chiqsa bo‘ldi, halol bo‘ladi. (Tog‘ay Murod) 9. Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi? Bale, bizning ... tiliga Sangcha degani Toshkent tiliga Toshcha degani. Onalari boshing toshdan bo‘lsin, do‘xtarim, deb shunaqa ism qo‘yadilar. (Said Ahmad)
34-mashq. Gaplarni o‘qing, eskirgan so‘zlarni topib, arxaik yoki tarixiy so‘z ekanligini aniqlang.
1. Rayonga aziz mehmonlar keladigan bo‘lsa, Xorunboy Ermatov, albatta, ovga olib chiqadi. (Said Ahmad) 2. Eshik sharaqlab ochilib, ostonada qilich yalang‘ochlangan ikki sipoh ko‘rindi. (O. Yoqubov) 3. Paxta bayrami hech qayerda Mirzacho‘ldagidek qiziq o‘tmasa kerak, chunki bu yerga res publikaning turli oblastlaridan kelgan odamlar o‘z oblastining ashulasini, o‘yinini ham olib kelgan deyishadi. (Abdulla Qahhor)
4. Men e’tiroz bildiraman, – dedi kutilmaganda Akmal cho‘loq «somon parchasi»ga yopishib, – sizkim, ado latli qozi bo‘lsangiz, ayting: kishi gunohiga necha qayta jazolanmog‘i mumkin? (Murod Mansur) 5. Muhrdor chaqir tirildi va qog‘ozdagi farmoyishga podshohning muhri bosildi. (P. Qodirov) 6. Ular picha yurib, to‘rt-besh tanob joyni ishg‘ol etgan bedazorga chiqishdi. (Oybek) 7. Sohib qiron o‘z jasur bahodirlarini tarxon unvonlari, silovsin mo‘ynalari, yana yuz ming kepakiy dinor hamda yaxshi otlar bilan rag‘batlantirdilar, navkarlarga saxovat bilan ulufa ulashdilar. (Asqad Muxtor)

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling