Aziz o‘quvchilar!
Download 0.84 Mb.
|
10-ona-tili-konspekt (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari Vaqt
- 20 minut IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 8 minut
- 3 minut VI.Uyga vazifa 2 minut
- II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish III.Yangi mavzu bayoni: 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash. Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar. D arsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja): I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish III.Yangi mavzu bayoni: 1-topshiriq. O‘zingiz yashaydigan hududdagi adabiy tildan farqli so‘z va iboralarga misollar keltiring. Namuna: 1) shoti – adab. narvon. 2) patinjon – adab. pomidor. 2-topshiriq. Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanidan olingan parchadagi ajratilgan so‘zlarning hozirda qo‘llanmaslik sababini izohlang. Choyni ichib bo‘lgandan keyin qutidor fotiha o‘qib o‘rnidan turdi: – Men senga aytib qo‘yay, Kumush, – dedi turar ekan qutidor Oftob oyimga, – bu kunga bir mehmon aytkan edim. Cho‘ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi qop lagan ko‘rpalaringni ber, tanchaga o‘shani yopsin. Shevaga oid birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi. Shuning uchun bunday unsurlar ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi. Ammo ular oddiy (adabiy emas) so‘zlashuv va badiiy uslubda muayyan bir me’yorda ishlatiladi. Badiiy uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi. Xususan, badiiy asarda qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik tasvirini chizishga yordam beradi. Shuningdek, shevadagi so‘z va adabiy tildagi so‘z ifodalagan tushun chalarda ayrim nozik farqlar mavjud bo‘lganda ham yozuvchi shevadagi so‘zni afzal ko‘rishi mumkin. Masalan, hassos so‘z ustasi Abdulla Qahhor bir qissasini «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan, adabiy tilda bu so‘zning muqobili «chittak»dir. Lekin «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador) ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr bilan tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini ma’qul ko‘rgan. Eskirgan so‘zlar ham badiiy va publitsistik uslublarda juda kata uslubiy qimmatga ega. Siz bilasizki, eskirgan so‘zlarning ikki turi mav jud: arxaik so‘zlar (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi) va tarixiy so‘zlar (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi). Tarixiy so‘zlar tarix mavzulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real tasvirlash maqsadi bilan qo‘llanadi. Arxaik so‘zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling