DIVERSIFIKATSIYA Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish.
MODERNIZATSIYA Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish.
PARLAMENT Demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo‘li bilan tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi.
STRATEGIYA Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; ijtimoiy-siyosiy hayotni taraqqiy qildirishni, shuningdek, boshqaruvni uzoq muddatli,
to‘g‘ri va istiqbolli rejalashtirish. Harakatlar strategiyasi.
IV.Mustahkamlash
1. Qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlarga qanday so‘z lar kiradi?
2. Axborot-kommunikatsiya sohasiga doir terminlarga misol keltiring.
3. Milliy hunarmandchilikka oid qanday so‘zlarni bilasiz?
4. Qaysi nutqiy uslublarda iboralardan keng foydalaniladi?
V.Baholash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa:
41-mashq. «O‘zbek xalq maqollari» kitobidan kasb-hunarga oid atamalar, iboralarni topib taqdimot tayyorlang.
Namuna: Tikkan chevar emas, Bichgan – chevar. Hunari yo‘q kishidan, Bigizi bor yamoqchi yaxshi.
Sana:________________-yil Ona tili fani Sinf: 10
Mavzu. MUSTAHKAMLASH
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Ona tili darsligi bilan tanishtirish
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni fanga qiziqishini rivojlantirish
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Tinglab tushunish: sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etadi, tinglab tushunadi. Nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglaydi, barqaror atamalar, kasb-hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |