Aziz o‘quvchilar!


Download 0.84 Mb.
bet41/136
Sana02.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1690597
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136
Bog'liq
10-ona-tili-konspekt (1)

37-mashq. Berilgan matndagi terminlarni aniqlab, ularning qo‘llanilish holatlariga e’tibor bering.
Mexanika – tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan. Moddiy nuqta mexanikasi, moddiy nuqtalar tizimi mexanikasi, mutlaq qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi va tutash muhit mexanikasi kabi bo‘limlarga, bularning har qaysisi dinamika, kinematika va statika bo‘limlariga bo‘linadi.
Mexanikaning mexanika qonunlarini amaliy masalalar – mashinalar, mexanizmlar va boshqa inshootlar yasashga tatbiq qilish bilan shug‘ullanadigan sohasi amaliy (tatbiqiy) mexanika deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorligini hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan sohasi qurilish mexanikasi deyiladi. («O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»)
38-mashq. Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasidan olingan parchani o‘qing. Ot bilan bog‘liq atamalarni toping va ularga izoh bering.
Ulug‘ hayitdagi hayitlikka oldirgan mo‘g‘ul egarcha bilan g‘alaticha qilib toychamni egarladim. Tog‘amga yalinib-yalpog‘lanib oldirgan o‘rus yuganni artib-surtib soldimda, o‘zim chetroqdan turib kam-ko‘stini tuzatdim: quyushqoni ham o‘rnida, egar ham yaxshi qo‘ngan, qorinbog‘I ham jips, yugan ham to‘ralarnikidek! Lekin umuldirig‘ining yo‘qligi biroz ko‘nglimni g‘ash qildi. Anchagina o‘ylab turganimdan keyin akamning
yugan uchun asrab qo‘ygan qayishi esimga tushib, sekingina yerto‘ladan haligi qayishni olib chiqib, umuldiriq yasadim. Endi toycham juda ham gijinglab, xuddi to‘ralarnikidek bo‘lib ketdi. U yoq-bu yog‘ini supurgandan keyin ustunga qantarib qo‘ydim. Endi qoldi: oq jujuncha kamzulimni, o‘rischa shimni, amirkon etikni, baxmal to‘ppini kiyish... Ana shundan keyin otga minsak, chin to‘racha bo‘lamiz-da!
39-mashq. Gaplarni o‘qing. Iboralar o‘rtasidagi ma’nodoshlik va zid ma’nolilikka e’tibor bering.
1. Bu ishni kim qilsa-da, o‘ziga to‘q odam qilibdi! Qo‘li uzun odam qilibdi! (Tog‘ay Murod) 2. Uylanay desa, ba’zilarining qo‘li kalta: ota-ona qari, chimildiq osguncha, ularni boqib turish kerak. (Erkin A’zam) 3. Endi mulla Faz liddin bo‘yni yo‘g‘on beklardan ko‘rgan yomonliklarini aytib bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab qo‘ymasligi kerak. (P. Qo di rov) 4. Miryoqub bo‘lsa, nima deyishga hayron bo‘lib, boshi qotib o‘tirardi. (Cho‘lpon) 5. Nilufar miyasi g‘ovlab ketayotganini sezib, sanchib og‘rigan chakka tomirlarini siladi, bir nuqtaga tikilib, uzoq o‘tirdi. (O. Yoqubov) 6. Bu ikkala qarindoshim bir-biriga joni achiydigan, bu qadar mehrli ekan-u, men nima xayollarga borib yuribman! (Murod Mansur) 7. Sur’atga odamning ichi achiydi, har holda do‘stimiz, hamshahrimiz. (Erkin A’zam) 8. Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik. (Oybek) 9. Nega qo‘llamaylik, nega bir jon-bir tan bo‘lmaylik?! (Murod Mansur)
40-mashq. Berilgan iboralarning so‘z yoki ibora shaklidagi ma’nodoshlarini toping va ulardagi uslubiy bo‘yoqni izohlang.
Aqldan ozmoq, bino qo‘ymoq, bir shingil, almisoqdan qolgan, miridan sirigacha, ichi qora, ko‘zini yog‘ bosgan, mazasi qochdi, payini qirqmoq, oyog‘ini tirab olmoq, podadan oldin chang chiqarmoq, «san-man»ga bormoq, joni halqumiga keldi, yuragini yormoq, qo‘ldan ketmoq, «hashpash» deguncha.
Tilimizda yangi paydo bo‘lgan quyidagi faol so‘zlarga e’tibor qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
BRIFING Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masala dagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling