Azot gruppachasi elementlari


xajm nitrat kislota bilan 3 xajm xlorid kislotadan iborat aralashma zar suvi deb ataladi


Download 106 Kb.
bet8/8
Sana09.06.2023
Hajmi106 Kb.
#1472367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azot gruppachasi elementlari.

1 xajm nitrat kislota bilan 3 xajm xlorid kislotadan iborat aralashma zar suvi deb ataladi. Zar suvi nitrat kislotada erimaydigan ba'zi metallarni, jumladan „metallar shoxi", ya'ni oltinni xam eritadi. Zar suvining bunday ta'sir etishiga sabab shuki, nitrat kislota xlorid kislotani oksidlab, erkin xlor ajratib chiqaradi va nitrozil xlorid xosil bo’ladi:
Nitrozil xlorid reaksiyaning oraliq maxsuloti bo’lib, azot (II) oksid va xlorga ajraladi:
Ajralib chiqadigan xlor metallar bilan birikib, metall xloridlar xosil qiladi, shuning uchun metallar zar suvida eritilganda nitrat kislota tuzlari xosil bo’lmay, xlorid kislota tuzlari xosil bo’ladi:
Nitrat kislota ko’pchilik metallmaslar bilan reaksiyaga kirishib, ularni tegishli kislotalarga qadar oksidlaydi.
Ishlatilishi. Nitrat kislota - asosiy kimyo sanoatining eng muxim maxsulotlaridan biridir. Uning ko’p miqdori azotli o’q’itlar, portlovchi moddalar, dori-darmonlar, bo’yoqlar, plastmassalar, sun'iy tola va boshqa materiallar tayyorlashga sarflanadi. Tutovchi nitrat kislota raketa texnikasida raketa yoqilq’isini oksidlovchi sifatida ishlatiladi.
Bir asosli nitrat kislota faqat o’rta tuzlar xosil qiladi, ular nitratlar deyiladi. Bu tuzlar kislotani metallarga, ularning oksidlariga va gidroksidlariga ta'sir ettirilganda xosil bo’ladi. Natriy, kaliy, ammoniy va kalsiy nitratlari selitralar deyiladi Selitralardan asosan azotli mineral o’q’itlar sifatida foydalaniladi. Bundan tayyorlash uchun ishlatiladi., alyuminiy kukuni va ko’mirdan portlovchi modda — ammonal tayyorlanadi.
Nitrat kislotaning tuzlari qizdirilganda parchalanadi, bunda qanday maxsulotlar xosil bo’lishi tuz xosil qiluvchi metallning standart elektrod potensiallar qatorida joylashgan o’rniga boqliq:
ya'ni standart elsktrod kuchlanishlar qatorida Mg dan chaproqda joylashgan metallarning tuzlari parchalanganda nitridlar bilan kislorod xosil qiladi; Mg dan Cu gacha bo’lgan metallarning tuzlari parchalanganda metall oksidi, N2O va kislorod xosil qiladi; Cu dan keyinda joylashgan metallarning
tuzlari parchalanganda erkin metall, N0, va kislorod xosil qiladi. qizdirilganda parchalanishi (termoliz) - nitrat kislota tuzlarining muxim xossasidir. Nitrat kislota tuzlarining ko’pchiligi suvda eriydi.
Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling