Azotning kislorodli birikmalari


- tajriba. Azot (IV)-oksidning olinishi va xossalari. (tajriba mo’rili shkafda olib boriladi)


Download 25.82 Kb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi25.82 Kb.
#1175770
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu Lab

2- tajriba. Azot (IV)-oksidning olinishi va xossalari. (tajriba mo’rili shkafda olib boriladi)


  1. Probirkaga mis qirindisidan ozroq solib, uning ustiga nitrat kislotaning konsentrlangan

(d=1,4) eritmasidan 5—6 ml quying. Probirka og’zini uchi bukilmagan gaz utkazgich nay o’rnatilgan probka bilan berkitib, temir shtativ qisqichiga mahkamlang. Reaksiya natijasida hosil bo’ladigan azot (IV)-oksidni keng bo’g’izli ikkita katta kolbaga va bitta probirkaga yig’ing. Kolbalarga gaz to’lgandan keyin ularning og’zini shisha plastinka bilan, probirkaning og’zini esa probka bilan berkiting va keyingi tajribalar uchun qoldiring. Reaksiya tenglamasini yozing.

  1. Suyuq azot qo’sh oksid yig’ilgan probirkani sovutkich aralashmadan chiqarib, probirka og’zini oching va kaliy yodid hamda kraxmal eritmasidan iborat yangi tayyorlangan aralashmaga xo’llangan filtr qog’ozni probirka og’ziga tuting. Filtr qog’ozning ko’karishini kuzating. Azot (IV)-oksidning oksidlash hossasini ko’rsatadigan reaksiya tenglamasini yozing.

LABORATORIYA ISHI №24. FOSFOR VA UNING BIRIKMALARI


Ishning maqsadi: Qizil fosfor va uning xossalarini o’rganish.
Fosfor V gruppa elementi bo’lib, uning tashqi elektron qavati azotnikiga o’xshash — sp3 elektron konfiguratsiyaga ega. Ammo fosfor III davr elementi bo’lgani uchun uning atom tuzilishi azotning atom tuzilishidan farq qiladi; uning atomida bo’sh d-orbitallar mavjud.
Oq fosfor P4 molekulalaridan iborat tetraedrik shaklda kristallangan oq modda, solishtirma og’irligi 1,8 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 44oC. U suvda yaxshi erimaydi, organik erituvchilarda (masalan, benzol, toluolda), ayniqsa uglerod sulfid CS2 da yaxshi eriydi.
Qizil fosfor (Solishtirma og’irligi 2,3 g/sm3) oq fosfordan farq qilib, organik erituvchilarda va CS2 da erimaydi, zaharsiz, havoda o’z-o’zidan alangalanmaydi. Chunki qizil fosfor piramida shaklida P4 zvenolaridan iborat polimer tuzilishga ega. Qora fosfor (solishtirma og’irligi 2,7 g/sm3) oq fosforni yuqori bosim ostida 370oC temperaturada uzoq vaqt qizdirish natijasida hosil bo’ladi. U ham polimer tuzilishga ega.

Download 25.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling