Azotning kislorodli birikmalari


Kerakli reaktiv va asboblar


Download 25.82 Kb.
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi25.82 Kb.
#1175770
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu Lab

Kerakli reaktiv va asboblar: Kizil fosfor, nitrat kislota (konts), distillangan suv, natriy fosfat, natriy gidrofosfat, natriy digidrofosfat, kaltsiya xlorid, Texnokimyoviy tarozi toshlari bilan, suv hammomi, xalkali va qisqichli shtativ, gorelka, chinni kosacha, probirkalar quyilgan shtativ, pichok, pinset, shisha tayoqcha, asbestlangan tur.

Tajribalar. 1. Fosforning allotropiyasi


    1. Quruq probirkaga karbonat angidrid to’ldiring. Probirkaga qizil fosfordan no’xat kattaligida soling. Probirka og’zini paxta bilan berkitib, temir shtativ qisqichiga gorizontal holda mahkamlang. Shundan so’ng probirkaning qizil fosfor joylashgan qismini gaz alangasida ohista qizdiring. Probirkaning sovuq devorida oq fosfor dog’lari hosil bo’lishini kuzating. Probirka bir oz sovigach, uning og’zidagi paxtani qisqich yordamida olib stakandagi mis sulfat eritmasiga tashlang. Probirka devoriga yopishgan oq fosforni esa shisha tayoqcha yordamida qirib oling. Oq fosforni havoda o’z-o’zidan yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba natijasiga asoslanib, fosforning qaysi allotropik modifikatsiyasi kimyoviy jihatdan aktivroq ekanligi haqida hulosa chiqaring.
  1. Fosfat angidridning hosil bo’lishi va uning hossalari.


(Tajriba mo’rili shkaf o’tkaziladi)

  1. Asbestlangan sim to’r ustiga qo’yilgan chinni kosachaga 0,5 g qizil fosfor solib, uni qizdirilgan shisha tayoqcha bilan o’t oldiring. Yonib turgan qizil fosfor ustiga toza va quruq shisha voronkani to’nkarib tutib turing (kosaning usti batamom berkilib qolmasin). Bunda fosforning yonishidan hosil bo’lgan qorsimon oq kristall modda — fosfat angidrid voronka devoriga o’tirib qoladi. Voronkani shtativdagi toza probirkaga o’rnating. Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. a tajribada shisha voronka devoriga o’tirib qolgan fosfat angidrid bir ozdan keyin namlanib, mayda tomchilar hosil qilishini kuzating. Fosfat angidridning atmosfera havosidagi suv bug’i bilan birikib kislota hosil qilishiga to’liqroq ishonch hosil qilish uchun shisha bankadagi (odatda fosfat angidrid germetik berkiladigan idishda saqlanadi) fosfat angidriddan plastmassa qoshiqcha bilan no’xat kattaligida olib, uni havoda 2—3 minut qoldiring. Shu vaqt ichida fosfat angidrid havodagi namni tortib oladi va qoshiqchani to’nkarganda ham to’nkarilmaydigan massa hosil qiladi. Bu hodisalar fosfat angidrit umuman namni tortish hususiyatiga ega ekanligi haqida dalolat beradi.

  1. Eritmada PO34- , PO3 va P2O74- ionlari borligini ko’rsatadigan reaksiyalar.

a) Uchta probirka olib, ularning birinchisiga ikkilamchi natriy fosfat, ikkinchisiga natriy metafosfat, uchinchisiga esa natriy pirofosfat tuzlarining suyultirilgan eritmalaridan 3 ml dan quying va ularning har qaysisiga 5—6 tomchidan kumush nitrat eritmasidan qo’shib chayqating.
Probirkalardagi cho’qmalarning nitrat kislotada erish-erimasligini sinab ko’ring. Tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
  1. Kalsiy fosfatlarning olinishi.


Uchta probirka olib, ularning biriga uchlamchi natriy fosfat, ikkinchisiga ikkilamchi natriy fosfat va uchinchisiga birlamchi natriy fosfatlarning suyultirilgan eritmasidan 5 ml dan quying. Har qaysi probirkaga kaltsiy xlorid eritmasidan 1 mldan qo’shib chayqating. Nimani kuzatdingiz? Uchlamchi, ikkilamchi va birlamchi natriy fosfatlarning suvda eriuvchanligi haqida hulosa chiqaring.
Reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
Download 25.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling