ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
YOZUVCHI ASARIDAGI O‘ZIGA XOS
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
YOZUVCHI ASARIDAGI O‘ZIGA XOS
USLUB HAQIDA E’tibor berilsa, Õudoyberdi To‘xtaboyevning bo- lalar, o‘smirlar hayotiga bag‘ishlangan barcha asar- lari «men» nomidan hikoya qilish asosiga qurilgan. Bu usul yosh o‘quvchilarning asar voqealari ichiga chuqurroq va osonlik bilan kirishga, hikoyachi-qah- ramon bilan ham, boshqa personajlar bilan ham bev- osita yaqindan tanishuviga qulay imkoniyat yaratadi. Êattalar hayotini tasvirlovchi «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo‘llar» romanlaridagi muallif-hi- koyachi esa sahna ortiga yashiringani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq bizning niyatimiz mahoratli san’atkor Õudoy- berdi To‘xtaboyev qaysi asarida badiiy nutqning qa- nday turi va shakllaridan foydalanganligi to‘g‘risida umumiy fikr yuritish emas, balki bitta asari misolida keyingi yillarda o‘zbek nasriga kirib kelgan va mu- vaffaqiyatli qo‘llanilayotgan yangicha nutq shakli — hikoyachi-roviyning asar makrostrukturasida tutgan o‘rni, uning obraz timsolida namoyon bo‘lish omillari, asar voqealarini bayon qilish va rivojlantir- ishdagi rolini aniqlashdan iboratdir. Buning uchun biz sevimli yozuvchimizning «Qiz talashgan o‘smirlar» nomli sarguzasht-romanini tanlab oldik. Chunki bu romanda adibning boshqa barcha asarlaridan farq li o‘laroq, hikoyachi-roviy o‘zini g‘oyatda erkin tutadi, xuddi asar qahramonlarining tengdoshi (17 yashar), do‘stidek mulohaza yuritadi. Roviy asar personajlari bilan yonma-yon yurib, birga harakat qilayotgandek, ularning har bir qadamini, xatti-harakatini kuzatib yurgandek taassurot qoldiradi. Àmmo ularning faoli- yatiga, voqealar yo‘nalishiga mutlaqo aralashmaydi, 207 xolisona fikr yuritadi. Bu xususiyat uni o‘quvchiga yanada yaqinlashtiradi. Romanda hikoyachi-roviy nutqi shu darajada er- kin va hayajonliki, uning hikoyasidagi ba’zi yetish- movchiliklar, qahramonlarning rejalari va ishlari hech qanday to‘siqsiz, osonlik bilan amalga oshayotganligi, personajlarning faqat ijobiy tomonlarini, yutuqlarini ko‘rib, qiyinchiliklar, o‘zaro tortishuvlar, qarama-qar- shiliklardan ko‘z yumib o‘tayotgani ham o‘quvchiga erish tuyilmaydi. Roviyning hikoya qilishicha, asar voqealari «bir tomoni adirli tog‘larga, yana bir tomoni cho‘llarga ulashib ketadigan Tagob qishlog‘i»da bo‘lib o‘tadi. Makonning kengligi va go‘zalligi Vaqt (Zamon) omiliga ham bog‘liq. Roviy o‘quvchiga o‘zi yaxshi bil- gan Tagob qishlog‘idagi odamlarning «Àlloh bu yurtga mustaqillik degan ne’matni ato qilganidan» keyingi hayoti to‘g‘risida hikoya qilib berishni maqsad qilib olgan. Mustaqil likdan keyin «Tagob qishlog‘ida uy- qusirab yotgan insonlar birdan uyg‘ongandek bo‘ldi. Tadbirkorlik, fermerlar harakati, xususiy ishbilar- monlik deysizmi, shunaqa avj olib ketdiki, ta’riflashga so‘z ham ojizlik qiladi». Hikoya chi-roviyning bu holati uning nutqi ohangi va yo‘nalishini ham belgilab be- radi. Hikoya ko‘tarinki, balandparvoz ohangda olib boriladi. Roviy hamqishloqlarining birday uyg‘onib, mustaqillik yaratib bergan imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadida astoydil urinib, ajoyib ishlar, kashfiyotlar qilayotgani, barcha katta-yu kichik qo‘li- dan kelga nicha tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan- ligi haqida juda quvonib, to‘lqinlanib gapiradi. Hikoyachi-roviyning asosiy maqsadi Yo‘ldoshxon ismli o‘quvchi amalga oshirayotgan ajoyib tadbirkor- lik ishlari to‘g‘risida hikoya qilishdan iboratdir. Roviy uni o‘z tug‘ishganidek yaxshi ko‘radi, yigitchaning 208 har bir qilig‘i, harakati, gap-so‘zi, jesti va mimikasi hatto kulishidan ham fazilat qidiradi va o‘quvchiga yetkazadi. Yo‘ldoshxon o‘zining tashqi ko‘rinishi bi- lan ham tengdoshlaridan farq qiladi: «Tengqurlariga qaraganda xiyol novcharoq, tik qomatli, bug‘doy rang Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling