ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


chinakam mo‘jiza! Àllohning inoyati bilan sovib


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

chinakam mo‘jiza! Àllohning inoyati bilan sovib 
qolgan tanada jon paydo bo‘lgan».
Yozuvchi Õudoyberdi To‘xtaboyev mustaqil mam-
lakatimizni boyitish, gullatish, farovon turmushni 
barpo etish uchun tinmay urinayotgan, ham ishni
ham ishq ni do‘ndirayotgan yosh avlodning mur-
od-maqsadiga yetishini niyat qilib, qo‘liga  qalam 
olganligini roviy nutqi orqali ehtiros bilan ilgari sura-
di. Buni ayniqsa, hikoyachi-roviy tomonidan olti juft 
oshiq va ma’shuqaning to‘yi marosimini nihoyatda 
ko‘tarinki ruhda batafsil tasvirlanishida his qilish 
mumkin.  «Ha... Tagob bo‘lgandan buyon bunaqa 
quvonchni, bunaqa shodiyonani ko‘rmagandi! O‘sha 
kuni to‘yda men ham bor edim, — deb hikoyasini 
yakunlaydi roviy asar so‘nggida o‘zini yanada ochiq 
namoyon etib. — Goh u davraga, goh bu davraga kelib 
xursandchilikka qo‘shildim. Pahlavon Nurlan og‘a o‘n 
ikki yog‘och bochkada qimiz keltirgan ekan, hali bazm 
boshlanmasdanoq qimizxo‘rlik boshlanib ketgan edi. 
Men ham yoshlarga qo‘shilib goh unisidan ichdim, goh 
bunisidan ichdim. Qarang, qimiz ham mast qilarkan, 
to‘satdan yoshlarga qo‘shilib o‘yinga tushib ketganim-
ni bilmay qoldim...» Ha, xuddi ertaklardagidek hamma 


212
murod-maqsadiga yetdi. Zero, mustaqillikka erish-
gan yurtda tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanar ekan, 
bunday bazm davom etaveradi!
Õullas, badiiy nutq poetikasiga oid muammolar-
ni tadqiq etish uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi 
Õudoyberdi To‘xtaboyevning har bir asari yetarli 
materiallar bera oladi. Bu esa kelgusida adabiyot-
shunoslarimizning jiddiy tadqiqotlar olib borishini 
taqozo etadi. 
 
Yo‘ldosh SOLIJONOV, 
filologiya fanlari doktori


213


214

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling