ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
cho‘ntagidagi uyali telefon jiringlaydi, qo‘liga oladi).
Opajonim meni yaxshi ko‘radi. Êeta turib telefonini 225 ham menga tashlab ketgan. Àllo, ha-ha, menman. Hammasi joyida. Toshkent bilan gaplashdim. Tasvirga men o‘zim tushiradigan bo‘ldim. Ertalab aeroportga olib chiqib beraman... Nima, nima, bo‘lmagan gap! Àbdusamat aka, mana sizni so‘rayapti opam. ÀBDUSÀMÀT: — Muborak bo‘lsin! Yo‘g‘-e, biz juda yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz... E, chakki bo‘pti-da. Ha mayli, hukumatchilik (Uyali telefon jim bo‘ladi. Àb- dusamat odamlarga qarab gapiradi). Reja o‘zgaribdi. Butun viloyat fermerlari yig‘ilib, mitingni Oltiariqda o‘tkazisharkan. Hokimning o‘zlari shaxsan ishtirok etarkanlar. SHOÊÀLON (o‘rnidan turib): — Nima deding, Ol- tiariqda deysanmi? Qahramonni biz tarbiyalar ekan- miz-u, mitingni oltiariqliklar o‘tkazarkanmi? Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. ÀDBUSÀMÀT: — Êelin qilib tushirib olib ketayot- ganlari yo‘q-ku, kechqurun qaytadi-da. BÀHROM: — Oltiariqliklarning odati shunaqa. Qa- yerdan nomdor tadbirkor otilib chiqsa, darrov sotib olishadi. SHOÊÀLON: — Mitingda viloyat hokimi shaxsan bo‘larmikin? ÀBDUSÀMÀT: — Ha, o‘zlari boshqararkanlar. SHOÊÀLON: — Qani, menga bir ber-chi. Gapla shay- chi (Ishdan allaqachon bo‘shagan raisning to‘ppa-to‘g‘ri hokim bilan gaplashishi odamlarni hayron qoldirdi). E, Sattor Shokirovich, assalomu alaykum, bormisiz, omonmisiz, men Shokalon raisman... Ha, ha, ana shu- naqa, ovozimizni tanimay qolasiz-da. Õudoga shukr, hammasi joyida, kelinoyingiz ham, bolalarimiz ham, hamma-hammamiz duoijoningizni qilib yuribmiz. Tu- manga kelganda meni so‘roqlabsiz. Boshim osmonga yetdi (Yanayam baland ovoz bilan). Õurshidaxonmi, ha, ha, qo‘limdan kelgancha ehtiyotlayapman. Yo‘l- 226 yo‘riq beryapman. U yoqda siz, bu yoqda biz, tepada Àlloh degandek, xabardor bo‘lib turamiz-da. Menga mashina jo‘natay deyapsizmi, yo‘q-yo‘q, borgunimcha kech bo‘ladi (Odamlarning hayrati oshadi, sobiq raisga e’tiborlari kuchayadi). BÀHROM: — Mana shunaqa, qishloq tasvirchilar- iga oson emas, esizgina, yaxshigina mavzu qo‘ldan ketdi-ya, kamida yigirma daqiqa berishardi-ya, bizga qolgani nuqul kelin-kuyovning nikohi-yu qudalarning charlari... * * * Molxonaga kiraverishdagi buzoqxona, uni ma’navi- yat xonasi deb ham atashadi, stol atrofida o‘n-o‘n besh chog‘li erkag-u ayol. To‘rda Õurshida, onasi, ikki singlisi bilan o‘tiribdi. Õursandchilik, tanlov qanday o‘tganligi haqida suhbatlashishmoqda. SHOÊÀLON: — Yig‘in Oltiariq markazida bo‘ldimi? ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, Yangiarab qishlog‘ida o‘tdi. SHOÊÀLON: — Fermasi chinakamiga zo‘r ekanmi? ÕURSHIDÀ: — Maqtasa arzigulik. SHOÊÀLON: — Sattor Shokirovich meniyam tak- lif qildi, ko‘p qistadi, mashina jo‘nataymi ham dedi, xohlamadim. Õurshidaxon qizimga otalik qilib turing dedi, o‘rgating, talab qiling, dedi. Mana bular hammasi eshitdi. Àjoyib inson-da. ÕURSHIDÀ (bu gaplarga chippa-chin ishonib): — Ha, u kishi uzoqni ko‘zlab ishlaydi-da. SHOÊÀLON: — Endi tarqalaylik, Õurshida qizim ham charchagan, damini olsin. Ha, aytganday, ertaga miting qilamizmi? ÕURSHIDÀ: — Miting bo‘lmasayam yig‘ilsak, yan- giliklarni so‘zlab bersam, Àbdusamat aka bir novvos so‘ysinlar. Semizrog‘i bormi, axir? ÀBDUSÀMÀT: — 300 kilogacha yuki bor. 227 ÕURSHIDÀ: — Yaxshi, qancha tuxumingiz bor? ÀBDUSÀMÀT: — 3 kunligini topshirganim yo‘q. ÕURSHIDÀ: — Ertaga osh oldidan har biriga 3 kilodan go‘sht, 30 tadan tuxum tashkil qiling. Ismoil aka, sovrinning eng kattasi sizga degan edim, mana bu «Tiko»ning kaliti, eson-omon yotib tursak, ertaga osh oldidan topshiraman. ISMOIL: — Õurshida qizim, beradigan bo‘lsang, kalitni hoziroq beraqol. Bolalarimni bir suyuntiray. Õurshida Ismoilga kalitni topshiradi. ISMOIL: — Bu qadoq qo‘llarim buqaning arqoni-yu novvosning shoxidan boshqasini ushlamagandi (to‘sat- dan yig‘lab yuboradi). ÕURSHIDÀ: — Yig‘lamang, amaki, xudo xohlasa, mashinani ertaga qozon boshida topshiraman. ISMOIL: — Qizim, singlim, axir men... ÕURSHIDÀ: — Bo‘ldi, bo‘ldi, yig‘lamang, qiziq, Prezidentimiz qo‘lidan kalitni ola turib, men ham yig‘lagandim (kuladi). Endi kalitni ola turib, siz ham yig‘layapsiz. Nima balo, bu kalitning sehri bormi, deyman. Àkmalxon qori tilovat qiladi. Hamma tarqaldi. * * * ÕURSHIDÀ: — Qani opajon, tez-tez ayting, nima gaplar bor? ÕÀBÀRÕON: — Qishloqdami yoki fermadami? ÕURSHIDÀ: — Ikkovidayam. ÕÀBÀRÕON: — Qishloqda xunukroq gap bor. Yax- shisi aytmay qo‘ya qolay. ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, aytasiz. ÕÀBÀRÕON: — Meni urishmaysizmi? ÕURSHIDÀ: — Yo‘q. 228 ÕÀBÀRÕON: — Ilgari rahbarlar bitta-yarimta qizni yaxshi ko‘rib qolsa, yasantirib, tez-tez majlislarga olib ketardi, viloyat hokimi ham Õurshidaxonni sevib qol- ganga o‘xshaydi. Nuqul majlisga chaqiryapti, degan gaplar qanot bog‘lab uchib yuribdi. ÕURSHIDÀ (g‘azabdan qizarib): — Sizningcha, bu gap kimdan chiqishi mumkin? ÕÀBÀRÕON: — Voy, bu gap, albatta, Mahfirat du- gonangizdan chiqadi-da. ÕURSHIDÀ: — Õudo olsin o‘sha ichiqorani. ÕÀBÀRÕON: — Yana aytaymi? ÕURSHIDÀ: — Tez-tez ayting. ÕÀBÀRÕON: — Singlingiz Bahrom bilan sevishib qolgani aniq. Molxonada uch marta uchrashishdi. ÕURSHIDÀ: — Bori shumi? ÕÀBÀRÕON: — Yo‘q, bunisini aytmayman, xunuk, judayam xunuk. ÕURSHIDÀ: — Àytmaganingizga qo‘ymayman ham. ÕÀBÀRÕON: — Siz ishdan bo‘shatgan kampirlar gap tarqatishyapti. ÕURSHIDÀ: — Nima deb gap tarqatishyapti? ÕÀBÀRÕON: — Siz chet elda bo‘lganingizda bo‘yin- gizda bo‘lib qolib, bola oldirgan emishsiz. Õurshida tutoqib o‘rnidan turib ketadi, anchagacha o‘zini bosolmay qaltirab turadi. ÕURSHIDÀ: — Qaysi biri aytdi ekan bu tuhmatni? ÕÀBÀRÕON: — Bilolmadim. ÕURSHIDÀ: — U maydagap kampirlarni ishdan bo‘shatgan bo‘lsam, birining qizini, birining kelinini fermaga olganman-ku. Õurshida Õabarxonni Toshkentdan olib kelgan sov- g‘alari bilan siylaydi. Àna shunaqa holatlardan xabar- dor bo‘lib turishini tayinlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling