ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
Tagobimning keksa otaxonlari,
Yoshlarning e’tiqodi, imonlari, Orzulari amalga oshmay qolgan, Qalbi to‘la behisob pushaymonlari. 217 ÕÀBÀRÕON: — Esimni tanibmanki, bu ikkovi xo‘roz bo‘lib bir-birini cho‘qiydi, buqa bo‘lib bir-birini suzadi. MO‘MINÀÕON: — To‘g‘ri, cho‘qishadi-yu, lekin qon chiqarishmaydi. ÕÀBÀRÕON: — Ikkoviyam Õurshidani kelin qila- man, deb o‘g‘illarini uylantirmay yuribdi. MO‘MINÀÕON: — Sen o‘lgur hamma narsani bila- san-a! ÕÀBÀRÕON: — Nima qilay, o‘rtoqjon, shunaqa kasalim bor. Hamma narsani hammadan oldin bilgim kelaveradi. BÀHROM: — Ho‘, soy mahallalik opajonlar, gapni bas qilinglar, tasvirga tushirayotganimda ham mana shunaqa pichir-pichir qilib tursalaring, ishim rasvo bo‘ladi. Êeyin buyurtma bermay qo‘yishadi. ÕÀBÀRÕON: — Ovozimizni chiqarganimiz yo‘q-ku. BÀHROM: — Manzura opa, siz... O‘NBOSHI: — Hoy bolam, men gapimni tugatganim yo‘q. Sen mendan Õurshida qizimiz bu obro‘ni qanday topdi, deb so‘rashing kerak edi. BÀHROM: — Ha mayli, ayta qoling. O‘NBOSHI: — Õurshida o‘zi yosh bo‘lsayam boshi- da to‘rtta donishmand cholning aqli bor. O‘ziyam molxonada tug‘ilgan. Inoyatbonu, mana shularni gapirsang-chi. INOYAT: — Qo‘ysangiz-chi bunaqa gaplarni. BÀHROM: — Rahmat amaki, otaxonda aql ko‘p, ham maqol-u naql ko‘p. Manzura opa, yaxshisi, gap- ning o‘g‘il bolasini o‘zingiz aytasiz. So‘z ilg‘or sog‘uvchi Manzura opamga deyishim bilan paysalga solmay, paxsaga loy bosgandek lo‘nda-lo‘nda gapirasiz, meni qaymoqlarga to‘ydiradigan opajonim. Qaymoq bersang tovoqda ber, Êatta kosa lapoqda ber. 218 Ham qishda-yu ham yozda, Issiqda-yu sovuqda ber. Qani boshlang, opajon. MÀNZURÀÕON: — Voy tavba, hozirgina o‘ylab tu- ruvdim. Hammasi esimdan chiqib qoldi-ya... Hozir, hoy emchi uka, nega endi paxsaga loy bosgandek gapiraman? Qog‘ozga o‘ralgan qanddek shirin-shirin gapirsam bo‘lmaydimi?.. Êollejni bitirayotgan kechamiz to‘rt yigit, to‘rt qiz direktorimiz oldida fermer bo‘lamiz, Êatta Tagob qishlog‘ini gul-gul yashnatamiz, niyatimizga yetma- guncha erga ham tegmaymiz, uylanmaymiz ham deb qasamyod qilganmiz. To‘g‘rimi, Mahfirat? MÀHFIRÀTÕON: — Gap navbati keb qoldi. Endi tong otguncha gapirasan. MÀNZURÀÕON: — Men allaqachon erga tegib, ikkita bola tug‘ib olganman. MÀHFIRÀTÕON: — Sen hech qachon so‘zingda turmas eding. MÀNZURÀÕON: — Mana, Beksulton g‘isht zavo- dini boshqaryapti. O‘rningdan tur, odamlar chiroyli qomatingni bir ko‘rsin. BEÊSULTON: (o‘rnidan turib): — Nima tagoblilar ilgari meni ko‘rmabdimi? MÀNZURÀÕON: — Bugun qora ko‘zlaring bosh-qa- charoq charaqlayapti. Mana, Shoumar, sen ham o‘rningdan bir tur. Uch gektar o‘rikzorim bor deb bir maqtansang-chi, mana bu menga gap bermayotgan Mahfiratxonim bo‘lsalar, tikuvchilik sexi ochganlar. Foyda ko‘rmayapman deb yig‘lagani-yig‘lagan. MÀHFIRÀTÕON: — Hoy o‘rtoq, men qachon yig‘lab- man? MÀNZURÀÕON: — Menga yig‘lamagan bo‘lsang ham buyurtmachilar borsa unim yo‘q, bunim yo‘q deb 219 rosa diydiyo qilarmishsan-ku... Qasam ichgan Foziljon bo‘lsa hozir bozorda qosh qalam sotib yuribdi... Õurshida o‘zi boshqacharoq chiqdi, g‘alati edi u... O‘zi molxonada ishlasayam doim fransuz atirini sepib yurardi. Germaniyada o‘qib keldi-yu... ISMOIL: — Germaniya emas, savodsiz, Gollan diya... MÀNZURÀÕON: — Ishqilib, o‘sha yoqda o‘qib kel- di-da. ISMOIL: — O‘qigan emas, fermada tajriba o‘rganib keldi. MÀNZURÀÕON: — O‘sha yoqdan olib kelgan 12 ta buzoqchasi sabab bo‘ldimi... ISMOIL: — Manzura, sen gapning o‘zagini topa olmayapsan. Õurshida fermani olgunga qadar yem o‘g‘irlardik, tashqariga xashak sotardik, sutga suv qo‘shardik. BÀHROM: — Bunaqa bemaza gaplarni tasvirga berib bo‘lmaydi. ISMOIL: — Jim o‘tir, rost gapni hamma joydayam yaxshi ko‘rishadi. Gollandiyadan o‘rganib kelib, mao- shimizni ikki barobarga ko‘paytirdi. Mana endi o‘n sakkiz soatlab molning tagidan chiqmaymiz. Buni prog ress deydilar, savodsiz. Mana gapning o‘zagi qa- yerda! OVOZ: — To‘g‘ri gapni aytayapti. OVOZ: — Àslidayam shunday bo‘lgan. ISMOIL: — Õurshidaxon Toshkentga keta turib, mukofot tegsa, eng kattasi sizniki degan, to‘g‘rimi? OVOZ: — Bu gapni biz eshitganimiz yo‘q. Yolg‘on gapiryapsan. ISMOIL: — Qulog‘imga shivirlab aytgan. Mana uch kundan buyon er-xotin uxlamay Õurshidani duo qilib yotibmiz. ÕÀBÀRÕON (Mo‘minaxonga): — uch kundan buyon uxlamagan bo‘lsa, Oysara endi sakkizinchisini tug‘ib beradi. 220 ISMOIL: — Hoy, Õabarxon. Nega odamni masxara qilib kulyapsan? ÕÀBÀRÕON: — Õotinimning ustiga to‘nimni yopib qo‘ysam ham bo‘yida bo‘laveradi, degandingiz, o‘shani eslab kuldik. ISMOIL (kulib): — Lekin bilib qo‘y, o‘sha to‘nning ichida hamisha o‘zim bo‘lganman. MÀNZURÀÕON: — Ismoil aka, menga navbat ber- asizmi, yo‘qmi? ISMOIL: — Molxonada demokratiya bo‘lishi kerak. Ozgina sen, ozgina men so‘zlayman. Erim buxgalter deb maqtanaverma. MÀNZURÀÕON: — Voy xudoyim-ey, qani maqtan- ganim? ISMOIL: — Otang ham senga o‘xshab ezma edi. MÀNZURÀÕON: — Õo‘p, qisqa qilay bo‘lmasa. Shun- day qilib, Shoumar, Beksulton, Õurshida, Mahfiratlar so‘zlarining ustidan chiqishdi. Êorxona-yu fermalar ochib olishdi. Lekin turmush qurishmadi. Pana-pana- da bir-biriga ko‘z qisishib yurishgandir. Õudo xohlasa, yaqinda to‘ylar ham boshlanib ketadi. ÕÀBÀRÕON: — Beksulton ham, Shoumar ham Õurshidani o‘lgudek sevishadi. Õurshida qay birini sevishini sen bilasanmi? MO‘MINÀÕON: — Sendek sinchkov dugonam bil- masa, men qayoqdan bilay. ÕÀBÀRÕON: — Êo‘rasan, hali bu ikkovi rosa qir- pichoq bo‘lishadi. BÀHROM: — Yoshlik qudrat, shiddatdir, Tez o‘tguvchi fursatdir. Fursat g‘animat ekan, Ushbu so‘z sizga ibratdir. ....Umidaxon, Õurshida opangiz haqida ikki og‘iz so‘z aytsangiz yaxshi bo‘lardi. Yaqinda Gollandiyaga 221 ketayotgan emishsiz. Teletomoshabinlarga qanday tilaklar bildirib ketmoqchisiz? UMIDÀ: — Qaytib kelganimdan keyin aytarman. BÀHROM: — Bo‘lmasa, mening dasturim mazmunli bo‘lishi uchun bitta ashula aytib bering. UMIDÀ: — Yo‘q, ashulaniyam keyin aytaman. BÀHROM: — So‘zlamasang, ashula aytmasang, bilib qo‘y, buzoqlaringga yem bermayman. UMIDÀ: — Yemingni o‘zing yeyaver, ozib ketgansan, qaytaga men kelgunimcha ancha semirib qolasan. ÕÀBÀRÕON: — Bu ikkoviyam hozir Tohir-Zuhra bo‘lib qolishgan. MO‘MINÀÕON: — Sen o‘lgurdan hech kim qochib qutula olmaydi. ÕÀBÀRÕON: — Fe’lim yomon-da, bilmaguncha qo‘ymayman. SÀBRINISO: — Hoy, emchi bolam, buncha ezmalik qilding, onang tengi ayol halidan buyon qo‘l ko‘tarib turibman-u, menga qaramay, ona suti og‘zidan ketma- gan qizaloq bilan gap sotishasan-a. Hozirgi yoshlarga hayronsan, sigirning emchagi bilan buzoqchaning chukini bir-biridan ajratolmaydi-yu, to‘xtamay gap sotishadi. Menga ham so‘z ber, suratimni ham ol. Àrmiyadagi o‘g‘lim bir ko‘rsin. Êeyin o‘g‘limga aytgin- ki, agar pensiyaga chiqsam, Õurshidaxon bitta sog‘in sigirni buzog‘i bilan beradigan bo‘ldi. Gollandkasidan beradi. ISMOIL: — Gollandiya zotli sigirlari xonadonda boqishga berilmaydi. SÀBRINISO: — Hech kimga bermasa ham, menga beradi. Hoy, qaymoqxo‘r Ismoil, o‘ttiz yildan buyon govmishlarning emchagini tortqilayman-a. Hamma soqqan sutlarimni to‘plasa, Otaxonboyning hovu- zidaqa hovuzdan yettitasi to‘lardi-ya. Ha, menam ja orqada qoladiganlardan emasman. Uch marta sanoq 222 komissiyasiga a’zo bo‘lganman... Suratga tushirsang, bo‘y-bastim bilan tushirasan. BÀHROM: — Õo‘p, xolajon, bo‘y-bastingiz bilan tushiraman... Yaxshi, yaxshi, mashqimiz chakki chiq- mayapti. Ham mazmunli, ham hayajonli. Inoyat aya, qahramonning onasi sifatida siz ham ikki og‘izgina shirin luqma qilsangiz bo‘lardi. INOYAT: — O‘ttiz yildan buyon gapirganim yetar. O‘NBOSHI: — Inoyatbonu, haligi suratga tushadi- gan sigiring bor edi-ku, o‘shani bir gapirib bermay- sanmi? INOYAT: — Qo‘ysangiz-chi, eski gaplarni. O‘NBOSHI: — Bahrom bolam, men gapirsam may- limi? BÀHROM: — Mayli, bir daqiqa vaqt beraman. O‘NBOSHI: — Bu gapga o‘ttiz yillar bo‘ldi-yov, lekin o‘ziyam ajoyib govmish edi-da. Êuniga olti chelak sut berardi. Ovozasi butun respublikaga ketgandi. Muxbir ustiga muxbir kelib, nuqul suratga olishardi. Govmish tek turib bersin deb, hovuchlab oq qand berishardi. Sigir qurmagur ham qand yeb suratga tushish ga shunaqa o‘rganib qoldiki, darvoza orqasidan begona odam ko‘rinsa, arqonini uzib o‘sha yoqqa yuguradi. Qishloqqa yangi kelgan o‘ris muallima yelkasiga surat oladiganini osib, molxona oldidan o‘tib qolgan ekan, govmish arqonini uzibdi-yu, tumshug‘ini oldinga cho‘zgancha muallimaning orqasidan yuguribdi. Be- chora muallima bunday qarasa, fildek bir maxluq lapa- nglab ma’ragancha orqasidan quvarmish... Muallima maktabga yetgun-cha ishtonini ho‘l qilib qo‘ygan ekan. ÕÀBÀRÕON: — Qo‘y, o‘rtoqjon, o‘sha miyasi aynigan cholning gapini. MO‘MINÀÕON: — Miyasi aynigan bo‘lsayam, Inoyat ayamizga ketma-ket sovchi qo‘yayotgan emishlar. 223 ÕÀBÀRÕON: — Àyamizdayam bir gap borga o‘xshay- di. Cholni ko‘rganda ranglariga qizil yugurib, qo‘l-oyo- qlari qaltirab qoladi. BÀHROM: — Beksulton aka, siz zavod direktori sifatida Õurshida opam haqida biron gap aytasizmi? BEÊSULTON: — Mukofot muborak bo‘lsin, deymiz-da. BÀHROM: — Shumi? BEÊSULTON: — Hozircha shu. BÀHROM: — Shoumar aka, bir narsa aytmoqchi bo‘lib turibsiz. SHOUMÀR: — Õurshida ham, mana bu maqtan- choq Beksulton ham dadam tufayli odam bo‘lishgan. Yaxshilikni unutgan odamni dadam ham, men ham yomon ko‘ramiz. BEÊSULTON: — Yana g‘idi-bidingni boshladingmi? SHOUMÀR: — Eng avval dadamning yaxshiligini sen unutyapsan. BEÊSULTON: — Bas qil! SHOUMÀR: — O‘dag‘aylama. Sening kimligingni televizordagilar ham ko‘rib qo‘ysin. * * * ÕÀBÀRÕON: — Voy, ana boshlandi. MO‘MINÀÕON: — Nima boshlandi? ÕÀBÀRÕON: — Beksulton bilan Shoumarning dovlashishi boshlandi. Êo‘rasan, bechora Õurshida ikkovining o‘rtasida rosa talash bo‘ladi. MO‘MINÀÕON: — Olishuv qattiq bo‘ladi, deysanmi? ÕÀBÀRÕON: — Ish pichoqqa borib yetmasa bo‘ldi. MO‘MINÀÕON: — Õurshidaxon aqlli qiz, bunga yo‘l qo‘ymas. ÕÀBÀRÕON: — E, o‘rtoq, muhabbatning ko‘zi ko‘r bo‘ladi, ko‘rasan, bu uchchovi ko‘r, bir-birini yuzini rosa yulishadi. 224 BÀHROM: — Hov, opajonlar, nega iyakni iyakka qo‘yib gapga tushib ketdilaring? Àbdusamat aka, ga- pirmaysizmi? ÀBDUSÀMÀT: — Àslida gapni mendan boshlashing kerak edi. BÀHROM: — So‘z Õurshida opamning hamma ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, yetti kasb egasi, yetti bola-ning otasi Àbdusamat akamga deyishim bilan mana bu yerga chiqib, sal kulimsirabroq gap bosh- laysiz. «Yoshlik» qovog‘i soliq odamlarni yoqtirmaydi. Vaqtingiz bir daqiqa. ÀBDUSÀMÀT: — Bir daqiqaga fermaning faoliyati sig‘maydi. BÀHROM: — Bir daqiqada nechta so‘z ayta olasiz? ÀBDUSÀMÀT: — E, kim o‘lchab ko‘ribdi deysan? BÀHROM: — Õurshida opamning asosiy fazilati nimada? ÀBDUSÀMÀT: — Ishchanlik. BÀHROM: — Yana. ÀBDUSÀMÀT: — Tashkilotchilik. BÀHROM: — Yana. ÀBDUSÀMÀT: — Tashabbus boshlaganlarni rag‘batlantirish. BÀHROM: — Yana. ÀBDUSÀMÀT: — Yangilikka to‘xtamay intilish. BÀHROM: — Yana. ÀBDUSÀMÀT: — Hamma gapni rost gapirsin deydi. BÀHROM: — Yana. ÀBDUSÀMÀT: — Àytdim-ku, yolg‘onchini yomon ko‘radi, deb. BÀHROM: — Àbdusamat aka, qoyil, eng mazmunli intervyuni sizdan oldim. Êeyinchalik sizni «Yoshlik»- ka muxbir qilib olishsa bo‘larkan (Bahromning Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling