B a k t e r I o f a g


BAKTERIOFAGNING CHIDAMLILIGI


Download 23.18 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi23.18 Kb.
#195634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bakteriofaglar

BAKTERIOFAGNING CHIDAMLILIGI

Bakteriofagning ximiyaviy va fizikaviy faktorlarga chidamliligi har xildir. Bakteriofagning issiqlikka chidamliligi xuddi viruslardagidek bo’lib, ko’pchilik faglar 65—80° issiqda bulonda kuchsizlanadi. 50—55° issiqda ba’zi fagning aktivligi pasayishi mumkin. Har xil faglarning temperaturaga chidamliligi turlicha bo’ladi. Masalan, stafilokokk fagi — 60—62°, ichak tayoqchasi fagi +70—75° issiqlikka chidashi mumkin. Fagning issiqda chidamliligi oziq muhitning rN iga va tarkibiga bog’liq bo’ladi. Ba’zan aktivligini yo’qotgan fagning kuchini qayta tiklash mumkin. Buning uchun kuchsizlangan fag o’z bakteriyasiga bir necha marta aralashtirilsa (mas­saj qilinsa) fag qaytadan kuchli bo’lishi mumkin.

Bakteriofaglar sovukka ancha chidamli bo’ladi — 185° sovukda ham uz aktivligini yo’qotmasligi mumkin. Bakte­riofag kurgoqchilikka ham ancha chidamli bo’ladi. Shundan foydalanib hozirgi vaqtda ichburukka qarshi ishlatiladigan fagni quruq holda qo’llanilmoqda. Ultrabinafsha nuri bakteriofagni 10—15 mino’tda, tik tushgan qo’yosh nuri esa 2—3 soatda o’ldiradi.

Bakteriyalarning vegetativ shakllariga qaraganda faglar ko’pchilik ximiyaviy dezinfektorlarga ancha chidamlidir. Ular kislotali muhitda tez nobud bo’ladi, kuchsiz ishkoriy muhitga esa ancha chidamlidir. Surmaning 0,5 % li eritmasi, 1% fenol bir necha kunda, ba’zan bir xaftada fagning aktivligini yo’qota oladi. Spirt, efir va xloro­form fagning kuchini juda kam o’zgartiradi. 1% li for­malin ta’sirida fag bir necha minut ichida aktivligini yo’qotadi. Tripsin fagni 24 soat ichida parchalaydi. Fag oshqozondagi xlorid kislota ta’siriga chidamsizdir. Yuqori darajada qontsentratsiyalangan glitserin ham fagni o’ldiradi. Bakteriofagning yana bir xususiyati shuki, u bakteriyaga spetsifik ta’sir etish bilan birga, boshqa mikrobni ham lizis qilishga moslana oladi. Uning bu xususiyati adaptatsiya deyiladi.



Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling