B a k t e r I o f a g


BAKTERIOFAGNING TARQALISHI VA UNI AJRATIB OLISH USULLARI


Download 23.18 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi23.18 Kb.
#195634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bakteriofaglar

BAKTERIOFAGNING TARQALISHI VA UNI AJRATIB OLISH USULLARI

Bakteriofag tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bakteriyalar bor joyda uchraydi. Bakteriofag chiqindi suvda, arik, daryo, kuduk, anxor suvlarida, ko’l va dengizlarda juda ko’p uchraydi. So’nggi vaqtlarda har turli patogenli mikroblarga qarshilik ko’rsatadigan bakteriofag topilgan.

Bakteriofag odam va hayvonlar ichagida ham doimo bo’ladi. Kasal odam va hayvonlarning qonida, balgamida, yiringida ham bakteriofag bo’ladi. Kasal odam va hayvon sogayganda ularning organizmida fag juda ham ko’paygan bo’ladi va uni bu davrda osonlik bilan topish mumkin. Bakteriofag so’tda va pishloqda ham uchraydi. Kasal organizmdan topilgan patogenli mikrobning kulturasi bir necha yil muzda saqlansa, bora-bora bunday kulturada ham bakteriofag paydo bo’ladi. Umuman kaerda mikrob bo’lsa usha yerda fag ham topilishi mumkin.

Bakteriofagni tashqi muhitdagi turli ob’ektlardan — qancha roq, suv, odam yoki hayvon chiqindilaridan (najas, siy­dik, yiring, balgam va boshqalar) ajratib olish mumkin. Ko’pincha oqar suvlarni odatdagi bakterial filtrlardan o’tkazish yo’li bilan ham bakteriofagni ajratib olsa bo’ladi. Erigan bakteriyalarning bulondagi kulturalarini filtrlash yo’li bilan bakteriofag tayyorlanadi. So’ngra filtrat tekshirilib, fagning ta’sir etishi aniqlanadi.

Bakteriofagni spetsifiklik xususiyatiga asoslangan holda aniqlash mumkin. Buning uchun bakteriofag ajratib olinadigan material (najas, siydik, yiring) avval bulon yoki peptonli suvga eqiladi va 37° issiqda 24 soat davomida ustiriladi. Shu bulonda aralash kultura o’sib chiqadi. So’ngra shu aralash kultura filtrlanib, undan 3—4 tomchisini bulonda usgan mikrob kulturasiga aralashtirib 24 soat termostatga qo’yib tekshiriladi. Masalan, agar filtratda bakteriofag bo’lsa, bulondagi kul­tura tiniklanib qoladi, bu esa fag ta’sirida kultura lizisga uchraganini bildiradi va tekshiriladigan materialda bakteriofag borligidan darak beradi.

Tekshiriladigan materialda bakteriofag borligini zich oziqli muhitda ham aniqlash mumkin. Buning uchun Petri kosachasidagi zich oziqli muhitga mikrob eqiladi, so’ngra zich oziqning betiga tekshirilayotgan materialning filtratidan 1—2 tomchi tomizilib bir oz kiya qilib qo’yilsa, oziq betiga tomizilgan filtrat bir tomonga oqib boradi. So’ngra kosacha 16—18 soat termostatga qo’yiladi, shu vaqtda mikroblar usadi. Tekshirilayotgan mate­rialning tomchilari oqib o’tgan joyda mikrob o’smasdan koloniya hosil qilmagan bo’lsa, yoki oziq muhitining betida to’tash sterill joylar hosil bo’lsa, bu tekshirilayotgan, materialda fag borligini ko’rsatadi. Agar tekshirilayotgan materialda fag bo’lmasa, oziq muhitining hamma yerida mikroblar rivojlanib koloniyalar hosil qiladi.

Tekshiriladigan patologik material qon yoki boshqa sterillangan holda olingan narsalardan iborat bo’lib, ularda fag borligini bilish uchun u materialning filtrlanmagan 3—4 tomchisi ma’lum mikrob kulturasiga aralashtirilib sinab kurilsa, fagning bor-yo’qligi tezda aniqlanadi.

Bakteriofagning sof kulturasini ajratish uchun agarning sterillangan joylari kirib olinib, muljallangan mikrob turining yosh kulturasi bilan aralashtiriladi. Laboratoriya sharoitida tayyorlangan bakteriofag bakterial filtrlardan o’tkazilgan tegishli bakteriya turining bulonda erigan kulturasidir. Bunday filtrat­da fag va bakteriya hujayrasining erigan elementlari bo’ladi va ular sariq bo’ladi. Ular flaqon yoki ampulaga qo’yilib, ogzi maxkam berkitiladi.

Bakteriofagning aktivligini tekshirish uchun uni titrlash (ya’ni kuchini aniqlash) kerak. Fagning titri ikki usul bilan aniqlanadi.

1. Appelman usuli. Bunda fag zarrachalarining ko’p-ozligini aniqlash uchun fag suyultirilib tekshi­riladi. Buning uchun bakteriofagni suyuqlik 1:10; 1:100 nisbatdan to 1:10—10-10 nisbatgacha va undan ham ko’p qilib suyultiriladi. So’ngra suyultirilgan suyuqlikning har biridan 0,1 ml olib, u suyuq oziqdagi mikrob kultu­rasiga aralashtiriladi. Shundan keyin probirkalar ter­mostatga 12—13 soat qo’yiladi, so’ng qaysi probirkada kulturalar lizis bo’lgani hisobga olinadi. Eng ko’p darajada suyultirilgan faglik va lizis yuz bergan probirkani topish kerak. So’nggi probirkadagi suyuqlikda fag qancha marta suyultirilgan bo’lsa, bakteriofagning titri shunga barobar bo’ladi. Bu kulturaning bir millilitrida 250 mln mikrob hujayrasi bo’lishi kerak.

2. Zich oziqda fagning titrini aniqlash. Tekshirilayotgan materialning filtrati 10-1 dan to 10-10 nisbatgacha suyultiriladi. Petri kosachasiga zich oziqli muhit qo’yiladi, u kotgandan so’ng kosachaning ostidan kalam bilan chizib, u 10—12 bulimga bo’linadi. Keyin Petri kosachasidagi oziqning satxiga yosh (12—18 soatli) kulturadan eqiladi. Shundan keyin tekshirilayotgan filtratdan kosachadagi agarning birinchi bulimiga filtratning 10-1 nisbatda suyultirgani, ikkinchisiga 10-2 nisbatda suyultirilgani, uchinchisiga 10-3 va qolgan bulimlariga ham shunday oshirib suyultirilgan filtratdan bir tomchidan tomizilib, 10-10 nisbat suyultirilgangacha yetkaziladi. Taxminan 18 soat davomida shu tomchilar tekkan oziqning ustida «sterill» joylar hosil bo’ladi va u yerda fagning ta’siri natijasida ayrim bulimlarda mikrob o’smaganini ko’rish mumkin. Filtrat juda ko’p suyulti­rilgan bo’limlarida fagning kuchi yetmay mikrob o’sishi mumkin. Qaysi bo’limda mikrob usa boshlasa, shunga qarab fagning titri aniqlanadi. Umuman ko’pchilik bakteriofaglarning titri 10-8 ga boradi. Bakteriofag uz titrini 2,5 yilgacha saqlaydi. Ba’zan bakteriofagning titri past, kuchsiz bo’lsa uni o’ziga mos keladigan bakteriyada bir necha marta ko’chirib ekib kuchini oshirish mumkin.



Download 23.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling